P a r a z I t o L o g I ya


SO’RG’IChLILAR (TREMATODA)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

SO’RG’IChLILAR (TREMATODA) sinfi vakillari xaqidagi dastlabki 
ma’lumotlar 17-asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Taniqli italiyalik olim Redi 
birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o’rganadi. 
SHved olimi K.Linney trematodalarning 40 dan ortiq turini o’rganib birinchi marta 
trematodalar sinfiga asos solgan. 1819 yili mashxur gel’mintolog olim K.A.Rudol’f 
220 dan ortiq trematodalar turini o’rganadi. 
Trematodalarni har tomonlama o’rganishda rus olimlari etakchi rol o’ynaydi. 
Akademik K.I.Skryabin o’z shogirdlari bilan trematodalar bo’yicha "Тrематодo` 
жiвотno`x i чеlовеqа" degan 26 tomlik kapital asarlar yozgan. Xozirgi vaqtda 
trematodalar, ya’ni so’rg’ichlilar sinfiga 5000 dan ortiq tur kiradi. Ularning deyarli 
hammasi odam va hayvonlarning turli to’qima va organlarida parazitlik qiladi. Bu 
sinfga kiruvchilarning hammasi endoparazitlar hisoblanadi. 
Trematodalar tanasi elka-qorin tomoniga yassilangan, shakli bargsimon, 
nashtarsimon, noksimon bo’lib, uzunligi 0,1 mmdan 15-18 smgacha boradi. 
Baliqlarda parazitlik qiladigan ba’zi bir turlarining uzunligi xatto 1,5 mgacha boradi. 
Bu ulkan parazitlar qo’shaloq - qo’shaloq bo’lib, sista ichida joylashib, akulalarning 
og’iz bo’shlig’ida yashaydi. 
Trematodalarda 2 ta so’rg’ich mavjud, ulardan bittasi tanasining oldingi uchida 
o’rnashgan bo’lib, uning ichida og’iz teshigi joylashgan. Buni og’iz so’rg’ichi 
deyiladi. Og’iz so’rg’ichi so’rish, oziqlanish va ayirish vazifalarini bajaradi, ikkinchi 
so’rg’ichi tanasining o’rta yoki orqa qismida joylashib, uni qorin so’rg’ichi deyiladi. 
Bu so’rg’ich faqat yopishib turuvchi organ vazifasini bajaradi. Umuman, parazit 
so’rg’ichlarining qanchalik darajada rivojlanganligi, ularning qaysi organ yoki 
to’qimada parazitlik qilishiga bog’liq. Oshqozon-ichakda yashovchi trematodalarning 
so’rg’ichlari sermuskul, yirik va kuchli rivojlangan, shuning uchun ham ular ichak 
devorlarida maxkam o’rnashib, ichakdan o’tayotgan oziq moddalar harakatlari 
qarshiligini engib turadi. Aksincha, qonda yoki tana bo’shlig’ida uchraydiganlarida 
so’rg’ichlari kam rivojlangan, ba’zan butunlay bo’lmasligi ham mumkin. 
Trematodalarning tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan va tana qoplag’ichlarida 
kiprikchalari yo’q. Ularning tanasi sirtidan tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliy 
bilan qoplangan. Tegumentning ostida bazal membrana va uning ostida bo’ylama 
muskul qat-qat bo’lib joylashgan. Bular teri qoplag’ichlari bilan birga teri-muskul 
xaltasini xosil qiladi. Ularda tana bo’shlig’i bo’lmaydi. Tana ichida joylashgan 
organlar atrofini parenxima hujayralari to’ldirib turadi.
Trematodalar ovqat xazm qilish sistemasi yaxshi rivojlangan. Ularning ovqat 
xazm qilish sistemasiga og’iz so’rg’ichi asosida joylashgan og’iz teshigi, ektodermal 
xalqum, qisqa qizilo’ngach va endodermal ko’r o’simta bilan tugallanuvchi ikkiga 
shoxlangan o’rta ichak kiradi.
Yirik 
turlarida 
o’rta ichagi ko’p shoxli bo’ladi. Hamma yassi 
chuvalchanglardagi kabi trematodalarda ham orqa chiqarish teshigi bo’lmaydi. Xazm 
bo’lmagan oziq qoldiqlari og’iz teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yirik 


27 
xajmdagi trematodalar (jigar qurtida) ichaklari gavda yuzasi bo’ylab shoxlangan 
bo’ladi. Ularda qon aylanish sistemasi bo’lmaganligi tufayli xazm bo’lgan oziq 
moddalar to’qima va organlarga bevosita ichakning o’zidan so’riladi. Ba’zi juda 
mayda trematodalarda ichak rudiment xolda saqlanib qolgan yoki butunlay 
bo’lmaydi. Trematodalar asosan xo’jayini ichagidagi oziq moddalari, shiralari, qattiq 
to’qimalari va qoni bilan oziqlanadi. 
Ayirish sistemasi yassi chuvalchanglar uchun tipik bo’lgan protonefridiya 
tarzida tuzilgan, ya’ni bir juft yig’uvchi naylar va ulardan tarqalgan juda ko’p 
naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, siydik pufagi esa tashqariga ochiladi. 
Nerv sistemasi anchagina xilma-xil tuzilgan. Ularning tomog’i atrofida 2 ta 
yirik nerv gangliyalari bo’lib, ulardan gavda bo’ylab oldinga va orqaga 3 juft 
bo’ylama nerv tolalari ketgan. Bu nerv tolalari ham o’z navbatida shoxlanib, tananing 
eng chekka qismlarigacha etib boradi va ular o’zaro ko’ndalang nerv tolalari bilan 
qo’shiladi. Bo’ylama nerv tolalari orasida ayniqsa qorin nervlari yaxshi rivojlangan. 
Parazitlarning, jumladan endoparazitlarning qorong’i sharotida yashashi 
natijasida ularda ko’rish organlari reduksiyalashgan. Faqat erkin yashovchi 
lichinkalarida primitiv xolda tuzilgan ko’rish organlari bo’ladi. 
Trematodalar shistosomatidalar turkumiga kiruvchi vakillaridan tashqari 
barchasi germafrodit. Erkak va urg’ochi jinsiy teshiklari qorin so’rg’ichi yonida 
aloxida-aloxida joylashgan. Ko’pincha jinsiy teshiklar bitta umumiy teshik-kloaka 
orqali tashqariga ochiladi. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda 
joylashgan. 
Erkaklik jinsiy organlari sistemasi asosan 2 ta urug’dondan iborat bo’lib, 
ularning kuchli shoxlangan qismi tananing markazini qoplab 2 ta urug’ yo’liga 
tutashgan. Urug’ yo’li naychalari bitta urug’ chiqarish nayiga birlashadi. Bunday 
urug’lantiruvchi organ qorin tomonida boshga yaqin joylashgan kloakaga ochilgan. 
Muskullashgan 
urug’ 
chiqarish 
nayi 
tashqariga 
qayrilib 
chiqa 
oladi. 
Trematodalarning urg’ochilik jinsiy organlari sistemasi bitta tuxumdondan iborat. 
Tuxumdon urug’donlardan keyinroqda joylashgan. Tuxumdondan tuxum yo’li 
chiqadi va ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ayrim endoparazitlarda ootip 
bo’lmaydi. Ootipga yoki tuxum yo’liga (ootipi bo’lmaganlarida) sariqdonlar yo’li 
ham qo’shiladi. Trematodalarning sariqdoni juda rivojlangan bo’lib, ular tananing 2 
yoniga joylashgan juda ko’p pufakchalardan iborat. Ootipdan uzun egri-bugri 
bachadon boshlanadi. Bachadon etilgan tuxum hujayralari bilan to’lgan bo’lib, jinsiy 
kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa Laurerov nayi ham ochiladi. 
Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Trematodalar shu 
jumladan jigar qurti ham spermatozoidlarini almashtirib urchiydi. Tuxum ootip 
bo’shlig’ida spermatozoidlar bilan qo’shilib otalangach, atrofida sariqlik hujayralari 
to’planadi. SHundan so’ng har bir otalangan tuxum juda qalin qobiq bilan o’ralib 
bachadonga o’tadi. Bachadonda minglarcha tuxumlar bo’ladi. So’ngra bu tuxumlar 
xo’jayinining o’t yo’llari orqali ichakka o’tadi va hayvon tezagi bilan tashqariga 
chiqadi. Trematodalarning tuxumlari ovalsimon, yumaloq bo’lib, rangi sarg’ish, 
qo’ng’ir va tilla rang tusda bo’ladi. Ko’pchilik vakillarida tuxumining qutblaridan 
birida kichkina qopqoqcha bo’ladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinka ana shu 
qopqoqchadan tashqariga - suvga chiqadi. Umuman trematodalar tuxumi keyingi 


28 
rivojlanishi uchun suvga (xovuz, ko’l, daryoga) tushishi kerak. Tuxum suv yoki 
sernam tuproqqa tushsagina unda embrion rivojlanadi. Ma’lum vaqtdan keyin 
tuxumdan usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan lichinka - mirasidiy chiqadi. 
So’rg’ichlilar ko’plab tuxum qo’yish bilan bir qatorda, lichinkalik davrlarida 
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling