P a r a z I t o L o g I ya
MONOGENIYaLAR (MONOGENOIDEA
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
MONOGENIYaLAR (MONOGENOIDEA) vakillari fanga qadimdan
ma’lum. 1858 yili Van Beneden trematodalar sinfini saqlab qolgan xolda uning tarkibida monogenetik va digenetik so’rg’ichlilar guruxlarini joriy qildi. Keyinchalik 1863 yili I.Karus ana shu guruxlarni kenja sinf darajasiga ko’tardi. Akademik B.E.Bixovskiy monogenetik so’rg’ichlilarni chuqur o’rganib, bu guruxga kiruvchi hayvonlar mustaqil sinf ekanligini ilmiy jixatdan asoslab berdi. Umuman, monogeniyalar ustida ishlagan olimlar qatoriga yana T.Odner (1900), K.I.Skryabin (1913), O.Furman (1930), V.A.Dogel va boshqalar kiradi. 1937 yildan buyon monogeniyalar aloxida sinf sifatida o’rganib kelinmoqda. Monogeniyalar sinfiga 2000 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar va suvda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Monogeniyalar asosan ektoparazitlardir. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta endoparazitlikka o’tgan. Monogeniyalarning tanasi bo’yiga cho’zilgan, yassi yaproqsimon ko’rinishda bo’lib, kattaligi 0,3 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Parazitning katta yoki kichik bo’lishi parazit xo’jayinining gavdasiga bog’liq. Xo’jayinning gavadasi qanchalik katta bo’lsa, parazit ham shuncha yirik bo’ladi. Monogeniyalarning rivojlanishida ularda xo’jayin almashmaydi. Barcha hayotiy jarayoni bitta hayvonda o’tadi. Bu sinfga kiruvchi hayvonlarning asosiy xarakterlik xususiyatlariga yana quyidagilarni aytib o’tish mumkin. 1. Og’iz so’rg’ichi ko’pincha bo’lmaydi. 2. Tanasining orqa uchida muskulli so’rg’ichlardan tashqari ilmoq va ilgakchalardan iborat yopishuv organlari yaxshi 39 rivojlangan. 3. Ko’pchiligining ko’zi bo’ladi. 4. Ular ba’zan bitta, ba’zan bir nechta tuxum qo’yishi mumkin. Monogeniyalarning gavdasi ikki qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostida xalqali va bo’ylama muskul qavatlari yotadi. Teri-muskul xaltasidan keyin gavda bo’shlig’i parenxima hujayralari bilan to’lgan. Monogenetik so’rg’ichlarda yopishuv organlari juda ham yaxshi rivojlangan bo’lib, ular tananing bosh va orqa uchlarida joylashgan. Ularning bosh qismidagi yopishuv organlari parazit oziqlanayotgan paytda xo’jayini tanasiga yopishib turish vazifasini bajaradi. Gavdaning orqa uchida esa ancha takomillashgan va murakkab tuzilgan yopishuv organi - disk joylashgan. Diskning ichida xitinli, har xil katta-kichiklikdagi 10 tadan 16 tagacha ilmoqchalar bor. Ba’zi vakillarida disk va ilmoqchalardan tashqari tananing orqa uchida bir nechta so’rg’ichlari ham bo’ladi. Monogenetik so’rg’ichlilarda ovqat xazm qilish organlari yaxshi rivojlangan. Og’iz teshigi gavdasining oldingi qismida joylashgan. Monogeniyalarning katta yoki kichikligiga qarab ichaklari shoxlangan yoki shaoxlanmagan bo’ladi. Yirik turlarida ichaklari shoxlangan bo’lib, gavdasining eng chetki qismigacha boradi. Bu guruxga kiruvchi monogeniyalar xo’jayinining shilimshiq moddalari, epiteliya hujayralari va qoni bilan oziqlanadi. Ayirish organlari boshqa yassi chuvalchanglardagi singari protonefridiya tipida tuzilgan. Nerv sistemasi tomoq oldida joylashgan bir juft nerv gangliyasi va ulardan gavda bo’ylab ketadigan uch juft nerv tomirlaridan iborat. Bu nerv tomirlarini ko’ndalang joylashgan nerv tomirlari tutashtirib turadi. Sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan, faqat ayrim turlari tanasining oldingi qismida ko’zlari bo’ladi. Jinsiy organlarining tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglarnikiga o’xshash bo’ladi. Urug’donlari bitta yoki ko’p bo’ladi, tuxumdonlari esa bitta bo’ladi. Ular oraliq xo’jayinsiz rivojlanadi, ya’ni hayotiy jarayonida xo’jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo’lmaydi. Odatda ikki individ jinsiy teshiklari tashqariga ochilgan old tomoni bilan bir- biriga yopishadi va spermalarini almashishadi. Monogeniyalarning tuxumlari sharsimon, ovalsimon va ipsimon bo’ladi. Urug’langan tuxum hujayralari suvga chiqariladi. Tirik tug’uvchi turlari ham mavjud. Otalangan tuxumninig suvda rivojlanishi natijasida ustki tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan cho’ziq gavdali lichinka chiqadi. Lichinka kiprikchalari yordamida suvda harakat qiladi. Lichinka tanasining orqa uchida disk va ilmoqchalar, oldingi uchida esa ko’zlar, bezlar va og’iz joylashgan. Ularda nerv va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Lichinkalarning keyingi taraqqiyoti xo’jayini organizmida ketadi, ya’ni ular ma’lum vaqt suvda erkin suzib yurib hayot kechirgach, o’z xo’jayini tanasiga yopishadi va kiprikchalarini yo’qotib, jinsiy voyaga etadi. SHuni ham aytib o’tish kerak-ki, lichinkalarning voyaga etish muddati hamma tur monogeniyalarda ham bir xil bo’lmaydi. Masalan: daktilogirus avlodining lichinkalari 7-9 kunda voyaga etib, tuxum qo’ya boshlaydi. Baqaning siydik pufagida parazitlik qiluvchi baqa ko’p so’rg’ichlisining lichinkalari o’z xo’jayinlariga o’xshab 3 yildan keyin jinsiy voyaga etadi. Monogeniyalarning ayrim turlari baliqlarda ko’plab parazitlik qilib, baliqchilikka katta zarar keltiradi. 40 MDX mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada baliqchilik xo’jaliklarida ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus avlodining turlari (Dactylogyrus vastator) ko’p tarqalgan bo’lib, daktilogiroz kasalligini keltirib chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib ketadi. Daktilogiruslar baliqlarning jabralarida parazitlik qilib, jabraning epiteliya to’qimasini emiradi. Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. o’sish va semirishdan to’xtaydi. Bir necha kun ichida ko’plab baliqlar nobud bo’ladi. Daktilogirusning uzunligi 1-3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o’sha joyga tuxum qo’yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga etadi. SHuningdek, monogeniyalardan yana bir avlodi - girodaktilusning vakillari (Gyrodactylus elegans) ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktilyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Girodaktilus biologik jaxatdan juda g’alati. Ular ham germafrodit bo’lib, bitta urug’doni va tuxumdoni bor, tirik lichinka tug’adi. SHuning uchun parazit bachadonida doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo’ladi, ya’ni voyaga etgan chuvalchang bachadonida faqat bitta tuxum bo’lib, bundan Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling