P a r a z I t o L o g I ya
so’rg’ichlisi (Opisthorchis felineus)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
so’rg’ichlisi (Opisthorchis felineus) hisoblanadi.
Bu parazit asosan mushuk, it, tulki, sher, cho’chqa va odamning jigarida, o’t yo’llarida va o’t pufagida hamda oshqozon osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U asosan G’arbiy Sibirda ko’p tarqalgan. Ko’rinishi nashtarsimon ikki so’rg’ichliga o’xshaydi, lekin tanasi biroz kichik, ya’ni 8-13 mm uzunlikda bo’ladi. Bir juft urug’donlari va bir dona tuxumdoni gavdasining orqa tomonida joylashgan. Bachadoni ko’p shoxlangan bo’lib, tana bo’shlig’ining oldingi yarmini to’ldirib turadi. Mushuk ikki so’rg’ichlisining, ya’ni opistorxisning rivojlanishida uchta xo’jayin qatnashadi. YUqorida aytilgan sutemizuvchilar va odam definitiv (asosiy) xo’jayin bo’lsa, chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqli mollyuska - bitiniya (Bithynia leachi) birinchi oraliq xo’jayin, sazan (zog’ora baliq), karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki qo’shimcha xo’jayin hisoblanadi. Parazitning tuxumlari asosiy xo’jayini o’t suyuqligi orqali ichakka va undan axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. Mollyuska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va uning organizmida tuxumdan mirasidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporosistaga aylanadi va mollyuska jigariga o’rnashib oladi. Bu erda sporosistalardan rediyalar xosil bo’ladi. Rediyalar o’sishi bilan partenogenetik usulda ko’payib, serkariylarga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo’lib, mollyuska tanasidan suvga chiqadi va keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya’ni qo’shimcha xo’jayini - baliqlar terisi hamda jabralariga yopishib oladi. Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to’qimalari orasida pardaga o’ralib, taxminan 6 xaftadan keyin metaserkariyga aylanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo’jayinlar parazitni o’zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi qovurilmagan kasal baliqlarni esa, parazitni o’ziga yuqtiradi. Asosiy xo’jayini oshqozonida va ingichka ichagida metaserkariyning po’sti emirilib, parazit o’t yo’li orqali jigarga o’tadi. Bu erda 3-4 xaftadan keyin jinsiy voyaga etib, yana tuxum qo’ya boshlaydi. Umuman, opistorxisning tuxumdan tortib 34 to jinsiy voyaga etishigacha 4-4,5 oy vaqt kerak bo’ladi. Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi. Opistorxozni kasallik sifatida birinchi marta 1891 yilda Tomsk shaxrida shifokor K.N.Vinogradov aniqlagan. Bu kasallik Ukrainada, Perm va Kaliningrad viloyatlarida, Don, Volga daryolarining ba’zi xavzalarida borligi aniqlangan. Opistorxoz ayniqsa Ob va Irtish daryolarining xavzalarida keng tarqalgan. Asosiy xo’jayini organizmida opistorxis 25 yil yashaganligi fanga ma’lum. Bu kasallikdan o’lgan bir kishining jigarida 25320 dona parazit borligi aniqlangan. Opistorxoz bilan kasallangan odamlarda bosh aylanishi, bosh og’rig’i, asabiylashish va ko’ngil aynish kabi xolatlar kuzatiladi. Jigar va oshqazon osti bezining ishi buziladi, ba’zi xollarda bu kasallik jigar va oshqozon osti bezlarida rakning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bu kasallikka qarshi kurashish uchun avvalo opistorxoz bilan kasallangan odam va hayvonlarga xloksil va boshqa dorilar berib davolash kerak. Metaserkariy bilan kasallangan baliqlarni yaxshilab pishirish yoki muzlatish yo’li bilan yuqumsizlantirish, zararlangan xom baliqlarni asosiy xo’jayinlariga bermaslik, suv xavzalariga opistorxisning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik hamda axoli o’rtasida sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni targ’ibot qilish kerak. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling