Bajardi: Ekologiya va atrof muxit 1.1 guruh Ibragimov F Satimov R Qabul qildi: Madaminov Rashid
JUFT KUCHLAR
REJA Juft kuch - Ta’sir chiziqlari bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan, parallel va qarama-qarshi yo‘nalgan ikki kuch juft kuch deb ataladi. Juft F1 , F2 ko‘rinishda belgilanadi.
Juft kuch - Juft tashkil etuvchi kuchlarning ta’sir chiziqlari orasidagi eng qisqa masofa juftning yelkasi deyiladi va h bilan belgilanadi. Juft yotgan tekislik juftning ta’sir tekisligi deyiladi.
- Juftni bitta kuch bilan almashtirish yoki muvozanatlash mumkin emas, ya’ni juft teng ta’sir etuvchiga ega bo‘lmaydi. Shu sababli faqat juft ta’siridagi jism ilgarilanma harakat qila olmasdan aylanma harakatga keladi.
- Juftning momenti deb, mos ishora bilan olingan juft tashkil etuvchilaridan birining modulini juft yelkasiga ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalikka aytiladi va quyidagicha aniqlanadi:
M = ± F1· h = ± F2 · h Juft jismni soat milining aylanishi bo‘yicha aylantirishga intilsa uning momenti musbat va aksincha, manfiy bo‘ladi. Juft kuchning momenti - Juftning aylantiruvchi ta’siri juftning kuchlari miqdoriga hamda ular orasidagi masofaga bog‘liq ekanligini tiskga mahkamlangan rezba ochish jarayonida osongina tushunish mumkin.
Juft kuchning momenti - Juft momenti vektor kattalik bo‘lib, uning yo‘nalishini «parma» qoidasi bilan aniqlash mumkin: parma dastasini juftni tashkil etuvchi kuchlar yo‘nalishida, juftning ta’sir tekisligi bo‘ylab aylantirgand parmaning ilgarilanma harakatiga qarab juftning momenti musbat yoki manfiy ishorali bo‘ladi.
Juft kuchning momenti Statik holatda aytilganda: - juftni o‘zining ta’sir tekisligida yoki unga parallel tekislikda ixtiyoriy holatga ko‘chirish mumkin bo‘lganidan, juft momenti vektorini jismning ixtiyoriy nuqtasiga qo‘yish mumkinligi;
- bir tekislikda yotuvchi juftlar tizimi bitta juftga teng kuchli bo‘lib, uning momenti berilgan juftlar momentlarining algebrai yig‘indisiga ya’ni
ekanligi isbotlangan.
Tekislikdagi juft kuchlarning muvozanati - Tekislikdagi juftlar tizimi muvozanatda bo‘lishi uchun berilgan juftlar momentlarining algebraik yig‘indisi nolga teng bo‘lishi zarur va yetarli ekanligi kelib chiqadi:
Foydalanilgan adabiyotlar - Texnik mexanika; Kasb-hunar kollejlari uchun darslik A.Nabiyev, J.Shosalimov, M.Ergashev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, ta’limi markazi. T.: Sharq, 2011. — 272 b.
- Ziyo.NET
- Kutubxona.uz
- https://uz.khanacademy.org/science/physics/torqueangular-momentum/
- https://uz.wikipedia.org/wiki/
RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |