P a r a z I t o L o g I ya


so’rg’ichli (Dicrocoelium dendriticum)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

so’rg’ichli (Dicrocoelium dendriticum) hisoblanadi. U ham jigar qurti kabi chorva 
mollari va boshqa umurtqali hayvonlarda, ba’zan esa odamlarning jigar va o’t 
yo’llarida parazitlik qiladi. Bu so’rg’ichlining tanasi jarroxlik pichoqchasi (lanset)ga 
o’xshaganligi uchun lansetsimon ikki so’rg’ichli deb ataladi. Tanasi cho’ziq, uzunligi 
5-15 mm keladi.
So’rg’ichlari bir-biriga yaqin joylashgan. Tuzilishi jixatidan jigar qurtiga 
o’xshasada, ayrim farqlari ham bor. Jumladan, ular tanasining cheti bo’ylab 
joylashgan naysimon ko’rinishdagi ichaklari shoxlanmay gavdaning oxirida ko’r 
o’simta bilan tugaydi. YUmaloq shakldagi 2 ta urug’doni qorin so’rg’ichining 
orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdon joylashgan. Lansetsimon ikki 
so’rg’ichlining rivojlanish siklida uchta xo’jayin qatnashadi. Definitiv, ya’ni asosiy 
xo’jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam, birinchi oraliq xo’jayini 


31 
quruqlikda yashovchi mollyuskalar (Helicella, Zebrina va boshqalar) va qo’shimcha, 
ya’ni ikkinchi oraliq xo’jayini chumolilar (Formica, Proformica) hisoblanadi. 
Mollyuskalar ovqatlanganda o’t bilan birga tashqi muhitga tushgan nashtarsimon ikki 
so’rg’ichlining tuxumlarini ham yutib yuboradi. 
Mollyuska tanasida parazit tuxumlaridan mirasidiy chiqadi va sporosistaga 
aylanadi. Sporosistalar partenogenetik yo’li bilan ko’payadi. Birinchi tartibdagi 
sporosistaning embrioni hujayralaridan ikkinchi tartibdagi sporosistalar chiqadi, 
bulardan o’z navbatida serkariylar taraqqiy etadi. SHunday qilib, nashtarsimon ikki 
so’rg’ichlida rediya davri bo’lmaydi. Serkariylar faol harakatlanib, mollyuskaning 
nafas olish organlariga kirib oladi. Mollyuskaning nafas yo’lida serkariylarning 100-
300 tasi to’planib, umumiy bir po’stga (qopchaga) o’raladi. Bu to’plam shilliq 
tugunchalari deyiladi. Keyinchalik bu tugunchalar mollyuskaning nafas olish teshigi 
orqali tashqi muhitga chiqib, o’simlik va boshqa narsalarga yopishadi.
Parazit lichinkalarining mollyuska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha 
davom etadi. Ikkinchi oraliq xo’jayini - chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni, 
ya’ni to’plam sistalarni eb, ularni o’zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 26-62 
kundan keyin serkariylar metaserkariylarga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari (chorva 
mollari va boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o’simliklar bilan birga zararlangan 
chumolilarni yutib yuborish orqali parazitlarni o’zlariga yuqtiradi. Odam ham xuddi 
shu yo’l bilan zararlanishi mumkin. Asosiy xo’jayini organizmiga o’tgan 
metaserkariylar jigar va o’t yo’llarida taraqqiy etib, 1,5-3 oydan keyin jinsiy voyaga 
etadi.
Nashtarsimon ikki so’rg’ichlilar keltirib chiqaradigan kasallik dikroselioz 
deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o’rtasida deyarli hamma joyda uchraydi. 
Respublikamizda mollarning dikroselioz bilan kasallanishi ko’pincha tog’ va tog’oldi 
mintaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq 
xo’jayinlarning yashashi va ko’payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda katta 
yoshdagi qo’ylar dikroselioz bilan 93%gacha, 1-2 yoshdagi qo’ylar esa 87 %gacha va 
bir yoshgacha bo’lgan qo’zilar - 66 %gacha kasallanganligi kuzatilgan. Birinchi 
oraliq xo’jayini -mollyuskalarning parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi 5 - 
5,8 %ni tashkil qiladi. Dikroseliyning ikkinchi, ya’ni qo’shimcha xo’jayini - 
chumolilarning zararlanish darajasi 28-43 %ni tashkil qilib, ayrim chumolilarda 
metaserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo’y jigaridagi parazitning soni 50 
mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og’irlashib, xatto o’limga olib 
keladi. Dikroseliozni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallangan chorva 
mollarni geksaxlor-paraksilol va boshqa dorilar bilan degel’mintizasiya qilinadi. yosh 
mollarni dikroseliy tarqalgan yaylovlarda boqmaslik, vaqti-vaqti bilan yaylovlarni 
almashtirib turish va oraliq xo’jayinlariga qarshi kurash chora - tadbirlarni amalga 
oshirish lozim. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling