P a r a z I t o L o g I ya
– mavzu: PARAZIT CHUVALCHANGALAR VA ULARNING
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
5 – mavzu: PARAZIT CHUVALCHANGALAR VA ULARNING SISTEMATIK HOLATI. YASSI CHUVALCHANGLAR TIPINING SO’RGICHLILAR ВА MONOGENIYALAR SINFIGA KIRUVCHI PARAZITLAR Mavzu rejasi: 1. Gel’mintologiya - parazit chuvalchanglar xaqidagi fan. 2. Skolesidalar katta tipining umumiy tavsifi va tasnifi. 3. Geogel’mintlar va biogel’mintlar xaqida tushuncha. 24 4. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi yassi chuvalchanglar tipi vakillarining tavsifi. 5. So’rg’ichlilar sinfi vakillarining tuzilishi va ko’payishi. 6. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi so’rg’ichlilarning biologiyasi. 7. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi so’rg’ichlilarning qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. 8. Monogeniyalar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va ularning baliqchilik xo’jaliklariga keltiradigan zarari. Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gel’mintlar deb ataladi. Gel’mintlarni o’rganuvchi fan gel’mintologiya va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gel’mintozlar deyiladi. Skolesidalar, ya’ni chuvalchanglar tabiatda eng ko’p tarqalgan hayvonlar guruxini tashkil qiladi. Ularning ko’pchilik turlari suvda va tuproqda erkin xolda yashaydi. SHu bilan bir qatorda o’simliklarning to’qimalarida, turli-tuman umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarning turli organlarida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham oz emas. Chuvalchanglarning barchasi ikki tomonlama simmetriyali va uch qavatli hayvonlar hisoblanadi. Ularning barchasida teri-muskul xaltasi mavjud. Skolesidalar katta tipi o’z navbatida yassi chuvalchanglar, tikanboshli chuvalchanglar, to’garak chuvalchanglar, nemertinlar va xalqali chuvalchanglar tiplariga bo’linadi. Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 ta tiplarida uchraydi. Yassi chuvalchanglar tipida 9 mingdan ortiq turi, tikanboshli chuvalchanglar tipida 500 ta turi va to’garak chuvalchanglar tipida 3 mingdan ortiq turi parazitlar hisoblanadi. Xalqali chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib hayot kechiradi. Jinsiy voyaga etgan parazit chuvalchanglar, ya’ni gel’mintlar asosan umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Ularning ko’pchiligi endoparazitlar, ya’ni hayvonlarning turli ichki organlarida parazitlik qiladi. Gel’mintlar rivojlanish sikliga ko’ra biogel’mintlar va geogel’mintlarga bo’linadi. Biogel’mintlarning rivojlanish siklida oraliq yoki qo’shimcha xo’jayinlar ishtirok etadi (barcha so’rg’ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshli chuvalchanglar sinflarining vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari). Geogel’mintlar guruxiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq xo’jayinlarsiz rivojlanadi. Askarida, ostrisa, trixosefala va boshqa nematodalar shular jumlasidandir. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling