Nematodalarning anatomiyasi va fiziologiyasi kirish Aosiy qism
Download 97.68 Kb.
|
NEMATODALARNING ANATOMIYaSI VA FIZIOLOGIYaSI
NEMATODALARNING ANATOMIYaSI VA FIZIOLOGIYaSI Kirish Aosiy qism Izolyastion to’qima Ayiruv organlari. Nematodalarning nerv sistemasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Nematodalarning teri qoplami muskullarga jips yopishib, tananing dastlabki bo’shlig’ini o’rab turadigan teri-muskul xaltasini hosil qiladi. Teri qoplag’ichi ancha qalin va juda puxta sirtqi kutikula va uning ostiga joylashgan gipodermadan iborat. Ba’zi nematodalar (xususan yirik turlari) ning kutikulasida konstentrik holda joylashgan qatlamlar ko’rinib turadi. Kutikula xitinga o’xshash (hasharotlarning teri qoplag’ichlariga karalsin) moddalardan iborat, biroq kutikulaning ximiyaviy tarkibi jelatin yoki kollagen tarkibiga yaqinroq bo’ladi, bu bilan xitindan farq qiladi. Kutikulaning sirtida ko’pincha har xil tuzilishga ega bo’lgan tuzilmalar bor. Kutikula qatlamlarining ba’zi joylari qalinlashgan bo’ladi; ayniqsa erkak nematoda tanasining yon tomonidagi uzunasiga ketgan yon yo’llar va kloaka atrofidagi burma — bursa hosil qilgan qalin teri qatlami xarakterlidir. Kutikula puxta bo’lgani tufayli organizmni xar xil mexanik zararlanishdan himoya qiladi, bu esa, nematodalarda regenerastiyalanish xususiyati batamom yo’qligi tufayli juda muhimdir. Kutikula suyuqlikni o’zidan kam o’tkazgani va ximiyaviy jihatdan barqaror bo’lgani tufayli ostki to’qimalarni himiyaviy ta’sirotlardan ham saqlaydi. Shuning uchun, nematodalar spirtda va formalinda uzoq vaqt tursa ham halok bo’lmaydi, ammo o’yuvchi ishqorda eriydi. Shuning bilan birga kutikula juda elastik bo’ladi, bu xususiyati chuvalchang o’sganda kutikulaning cho’zilishiga imkon beradi. Gipoderma bir qavatli epiteliy bo’lib, uzunasiga joylashgan oz miqdordagi (6 yoki 8 qator) hujayralardan iborat. Nematodalar yosh vaqtida, odatda, hujayralari aniq ko’rinadi. Ko’pchilik nematodalar turlarida gipoderma qavati tana ichiga chuqur botib kiradi. Bu narsa ayniqsa teri qoplamining yon tomondagi yo’llari, uchun harakterlidir. Nematodalarning teri qoplamida har xil bezlari bo’ladi. Nematodalarning muskullari juda sodda va shuning bilan birga qavat muskul hujayralaridan iborat; ko’pchilik nematodalarda bunday hujayralar sakkizta, ba’zilarda esa bundan ham ko’proq bo’ladi. Bu hujayralar haddan tashqari katta va duksimon shaklda bo’ladn. Muskul hujayralarining gipodermaga yondoshadigan tomoni uzunasiga ketgan qisqaruvchi tolalar miofibrillardan iborat. Hujayralarning qolgan qismi esa pufakchaga o’xshagan protoplazma bilan to’lgan, bu protoplazmaga yadro joylashadi; hujayralar ko’pincha tana bo’shlig’iga protoplazmadan iborat o’simtalar chiqaradi. Ko’pchilik nematodalarning yon yo’llarida ko’pincha muskul hujayralari qatlami bo’lmaydi, natijada ikki bo’lak: ustki (elka) va o s t k i (qorin) muskullari hosil bo’ladi. Muskullarning bunday tuzilishi nematodalarning to’lqinsimon harakat qilishiga imkon beradi, nematodalar, odatda, halqasimon chuvalchanglar singari «chuvalchangsimon» harakat qila olmaydi. Elka va qorin tomondagi muskullar bir vaqtda qisqarsa yoki bo’shashsa, nematodaning tanasi sekin qisqaradi yoki uzunlashadi; agar bir tomondagi muskullar qisqarsa nematodaning tanasi egilib, uzun nematodalar kulcha bo’lib o’raladi. Erkak nematodaning labi va jinsiy sistemasi atrofida qo’shimcha, anchagina ixtisoslashgan muskullar bo’ladi. Nematodalarning muskullari juda ham sekin qisqara oladi. Shuning uchun ham ular bir oz bo’lsada, aktiv ravishda harakat qila olmaydi. Download 97.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling