Nematodalarning anatomiyasi va fiziologiyasi kirish Aosiy qism
Download 97.68 Kb.
|
NEMATODALARNING ANATOMIYaSI VA FIZIOLOGIYaSI
Izolyastion to’qima. Teri-muskul xaltasida, ichki organlar oralig’ida joylashgan tana bo’shligi har xil kattalikdagi mezenximato: hujayralar va oqsil suyuqliklari bilan to’lgan; bu suyuqli izolyastion to’qima deb ataladi. Bu to’qima muskul hujayralari o’rtasidagi bo’shliqlarga kirib, gipodermaga qadar boradi, ichak vg jinsiy sistemalarni o’rab oladi; bu to’qimada ekskretor vazifani bajaruvchi hujayralar joylashgan.
Nematodalarning ovqat hazm qilish sistemasi og’iz teshigida boshlanib, orqa chiqaruv teshigiga qadar boradigan ancha qisqa va bir qavat hujayralardan iborat nay shaklida bo’ladi. Nematodaning ovqat hazm qilish sistemasi tubandagi bo’limlar: s t o m a, qizilo’ngach, o’rta ichak va orqa ichakka bo’linadi. Stomalab bo’shligi, og’iz kapsulasi va tomoqdan iborat. Lab bo’shligi sirtqi teri qoplamining ichgga botib kirishidan hosil bo’lgandir. Og’iz kapsulasi stomapipg oldingi qismining kengayishidan hosil bo’ladi va qalin kutikula qavati bilan qoplanadi. Bu kutikula qavati lab bo’shligining ichini qoplagan kutikuladan farq qiladi. Og’iz kapsulasi har xil: ko’pinchi yumaloq, oval yoki tuvak shaklida bo’ladi. Bir qancha nematodalar og’iz kapsulasining yuzasi silliq bo’ladi, ammo ko’pgina nematodalarda, shu jumladan o’simliklarga zarar etkazadigan nematodalar og’iz kapsulasining ichida har xil kattiq tuzilmalar bor, bular yordami bilan parazit nematodalar xo’jayin (o’simlik yoki hayvon) to’qimasini zararlaydi. Bunday tuzilmalardan: harakatsiz t i sh l a r (onchi) va ko’ndalangiga harakat qiladigan tishlar (dentes); ko’ndalangiga harakat qiladigan, birmuncha murakkab tuzilgan j a g ; (gnathi); uzunasiga harakat qiladigan tikanlar (spinae) bo’ladi. Ko’pgina nematodalarning, shu jumladan o’simliklarga zarar etkazadigan barcha nematodalarning og’iz bo’shligida uchi o’tkir nashtar (hasta) bo’ladi. Bu nashtarning katta-kichikligi va tuzilishi ayrim tur nematodalarni bilib olish uchun katta ahamiyatga ega. Tikanlarning, tishlarning va nashtarning ingichka tomoni oldinga og’iz teshigi tomonga qaragan va ular nematodalar og’iz bo’shlig’i bilan biror narsaga yopishayotgan vaqtda ishlaydi. Nematodalar jarohatlangan va teshilgan to’qimalarning shirasini so’radi; ular ko’pincha qattiq zarrachalarni yuta olmaydi. Nematodalar butun tananing, tomoq va qizilo’ngach muskullarinish qisqarishi bilan to’qimani teshadi; og’iz bo’shligida to’qimalarni teshuvchi apparatlarni harakatga keltiruvchi maxsus muskullar bo’lmaydi. Qisqa nay shaklidagi qizilo’ngachda radial joylashgan muskullar bo’ladi. Qizilo’ngachning ichki tomoni kutikula bilan qoplangan. Ba’zi nematodalarning qizilo’ngachi oldingi — muskulli bo’limga va orqa — muskul kardiy deb ataladigan bezli bo’limga bo’linadi. Qizilo’ngachga fermentlar chiqaradigan uchta bir hujayrali bez ochiladi. Ba’zi nematodalarning qizilo’ngachida kengaygan qism bo’lmaydi, ba’zilariniki esa bir oz kengaygan bo’ladi. Qizilo’ngachning ichi kutikula bilan qoplangan va radial muskullar joylashgan, kengaygan joyi b u l b u s deb ataladi; bulbusning joylashgan joyi va uning shakli sistematika uchun katta ahamiyatga ega. Download 97.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling