Nematodalarning anatomiyasi va fiziologiyasi kirish Aosiy qism


Download 97.68 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi97.68 Kb.
#1499204
1   2   3   4   5
Bog'liq
NEMATODALARNING ANATOMIYaSI VA FIZIOLOGIYaSI

Embrional rivojlanish. Nematodalarning deyarli hammasi bo’lingan (ayrim) jinsli ekanligi, partenogenetik (urug’lanmasdan) ko’payish faqat ozgina formalarida uchrashi yuqorida aytib o’tilgan edi. Tuxum urug’langandan keyin urg’ochisining jinsiy sistemasida embrion rivojlanadi yoki tuxum urug’lanishi bilanoq tashqariga quyiladi. Ba’zi nematodalar tirik bola ham tug’adi, bunday hollarda embrional rivojlanishning hamma stadiyalari urg’ochining jinsiy yo’lida o’tadi. Urug’lanish prostessi tuxum va spermatozoid yadrolari hamda plazmasining qo’shilishidan iborat, bundan so’ng tuxum hujayralar bo’lina boshlaydi.
Nematodalar uchun shu narsa xarakterliki, tuxum hujayraning bo’linishidan keyin hosil bo’lgan hujayralarning dastlabki rivojlanish stadiyalaridayoq ma’lum organlar sistemasi hosil bo’la boshlaydi; bunday rivojlanish determinlangan rivojlanish deb ataladi.
Urug’langan tuxum hujayra dastlab biri kattaroq, ikkinchisi esa kichikroq bo’lgan ikkita hujayraga — ikkita blastomerga bo’linadi. Katta hujayradan keyinchalik embrion ektodermasi, kichik hujayradan esa ento va mezodermahosil bo’ladi. Hosil bo’lgan har ikkala hujayra yana yangidan bo’linadi: katta hujayra uzunasiga, kichik hujayra esa ko’ndalangiga bo’linadi; natijada 4 ta blastomerdan iborat embrion hosil bo’ladi. Blastomerlar avvalo
T-simon, keyinchalik rombasimon plas­tinka tarzida joylashadi. Kichik hujayradan hosil bo’lgan blastomerlarning biri keyinchalik bo’linishi natijasida kelajakdagi jinsiy hujayralar murtagini hosil qiladi. Yirik hujayralardan hosil bo’lgan blastomerlar keyinchalik uzunasiga, boshqalari esa ko’ndalangiga bo’linadi.
Uchinchi bo’linishda (ya’ni to’rt hujayrali embrion blastomerlarining bo’linishidan) hosil bo’lgan blastomerlarning biridan keyinchalik ento­dermahosil bo’ladi. Shu vaqtda, kelajakda mezoderma hosil qiluvchi hujayralar ham aniqlanib qoladi. Bir necha marta bo’linish natijasida markaziy bo’shliq atrofiga joylashgan blastomerlar gruppasi hosil bo’ladi; embrion rivojlanishining bu davri blastula deb aytiladi. Bundan so’ng to’rt hujayradan iborat bo’lgan entodermal plastinka keyinchalik mezoderma beruvchi 4 ta blastomerlar bilan birga blastula bo’shlig’iga botib kiradi; bunda mezoderma murtagi hosil bo’lgan chuqurchaga yaqinroq holatni egallaydi.
Embrion rivojlanishining bu ikki qavatli davri gastrula deb aytiladi. Embrionning sirtqi qavati ektoderma, ichki qavati e n toderma deb aytiladi. Embrionning bu ikki qavatidagi hujayralar miqdori keyinchalik oshadi. Mezodermal blastomerlar bo’linuvchi hujayralarning ko’payishi tufayli mezoderma hosil qiladi. Ektodermadan keyinchalik nematodalar terisi, ichakning oldingi qismi va nerv sistemasi hosil bo’ladi. Nerv sistemasi dastlab gastrulada paydo bo’lgan chuqurlikda ektoderma qalinlashmasi tarzida nerv halqasini hosil qiladi bu chuqurlik keyinchalik og’iz teshigiga aylanadi.
Entodermadan ichakning o’rta qismi hosil bo’ladi; ichak uchida keyin­chalik tashqariga ochiladigan anal teshigi ochiladi. Qolgan organlar (muskullar, jinsiy naychalar) mezodermadan hosil bo’ladi.
Embrion asta-sekin bo’yiga o’sadi; bunda embrionning orqa uchi tuxum pardasi ichida qorin tomonga qarab egiladi, bir qancha turlari hatto spiral shaklda o’ralishi mumkin.

Download 97.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling