Embrionlarda tadqiqotlar o‘tkazish masalasining axloqiy-etik jihatlari. Embriologiya (qadimgi yunoncha: ἔμβρυον embrion va -λογία logiya) — embrion (murtak, pusht) ning hosil boʻlishi va rivojlanishi qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan


Download 400.64 Kb.
bet1/18
Sana28.03.2023
Hajmi400.64 Kb.
#1302237
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
bioetika Maxmudov Sharif


Buxoro innovatsion tibbiyot instituti

Mustaqil ish



Fan nomi:Bioetika
Tayyorladi: Mahkmudov Sharif
Tekshirdi: _______________

Embrionlarda tadqiqotlar o‘tkazish masalasining axloqiy-etik jihatlari.
Embriologiya (qadimgi yunoncha: ἔμβρυον - embrion va -λογία logiya) — embrion (murtak, pusht) ning hosil boʻlishi va rivojlanishi qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Odam va hayvonlar Embriologiyasi hamda oʻsimliklar embriologiyasi farqlanadi.

(1) morula (2) Blastula
Odam va hayvonlar Embriologiyasi old embrional taraqqiyot (oogenez, spermatogenez), uruglanish, embriogenez, yaʼni tuxum va embrion parda ichidagi rivojlanish, shuningdek, lichinkalik (koʻpgina umurtqasizlar va amfibiyalarda), postembrional (baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarda) yoki postnatal (sut emizuvchilarda) davrlarni oʻrganadi.
Odam Embriologiyasi embrionning erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasi (tuxumhujayra)ning qoʻshilib urugʻlanishi (murtak boshlangʻichi) paytidan boshlab to organlarning vujudga kelishi (organogenez)gacha boʻlgan rivojlanish davrlarini oʻrganadi. Akusherlik amaliyotida tuxumhujayra urugʻlangach, 8 haftagacha embrion, 9haftadan keyin rivojlanishi homila deb ataladi, shuning uchun embrionning 9 haftadan keyingi rivojlanishidan to tugʻilgunicha boʻlgan davr homiladorlik davri qisoblanadi.
Erkak va ayol jinsiy hujayralari bachadon nayi (tuxum yoʻli)da bir-biriga qoʻshiladi; uruglangan tuxumqujayra nay orqali bachadonga qarab intiladi va taxminan bir qaftada bachadonga yetib boradi. Bachadonning shilliq pardasi murtakni qabul qilib olishga tayyor turadi. Murtak bachadon devoriga payvandlanib oladi (implantatsiya) va shundan boshlab oʻsib, taraqqiy etadi.
Embriologiyada murtakning bir necha taraqqiyot bosqichi farq qilinadi: otalangan tuxum hujayraning boʻlinishi, murtak varaqlarining paydo boʻlishi, organlarning shakllanishi va rivojlanishi.
Vazifasi va tadqiqot usullariga koʻra, umumiy, qiyosiy, eksperimental, populyatsion va ekologik Embriologiya ajratiladi. Qiyosiy Embriologiya dalillari hayvonlarning tabiiy sistemasini ishlab chiqish uchun asos boʻladi. Eksperi.msntal Embriologiya aʼzo va toʻqimalarni olib tashlash, koʻchnrib oʻtqazish va suiʼiy muhitda oʻstirish orqali ularning kelib chiqishi mexanizmlari va ontogenezda rivojlanishini oʻrganadi. Embriologiya sitologiya, genetika, biokims, molekulyar biologiya va boshqalar fanlar bilan birgalikda rivojlanishi natijasida individual rlvojlanish qonuniyatlari haqidagi fan — rivojlanish biologiyasi yoki ontogenetika vujudga keldi.

Download 400.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling