1. Kovak ichlilar tipiga umumiy tavsifi Chuchuk suv gidrasi va uning hayoti


Download 111.5 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1415432
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kovakichlilar tipi


Kovakichlilar tipi

Reja:



1. Kovak ichlilar tipiga umumiy tavsifi
2. Chuchuk suv gidrasi va uning hayoti
3. Chuchuk suv gidrasining ko‘payishi va rivojlanishi
4. Marjon poliplar yoki koralli poliplar
5. Aktinia tuzilishi va hayoti
6. Madriporariyalar turkumi
7. Sakkiz nurli koralli poliplar
8. Kovak ichlilar filogeniyasi va evolyusiyasi


1.Kovak ichlilar tipiga umumiy tavsifi.

Kovak ichlilar deb shunday hayvonlarga aytiladiki ular tanasining katta qismini egallagan markaziy bo‘shliq bir vaqtning o‘zida ichak va tana bo‘shlig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ichak tana (gastral) bo‘shlig‘i og‘iz teshikchasi orqali tashqi muhit bilan tutashgan. Gastral bo‘shliqning devori ektoderma va entoderma epiteliya to‘qimasidan tuzilgan. Bularning orasida turlicha rivojlangan mezogleya qavati joylashgan. Og‘iz teshigi atrofida yoki tanasining sirti boshqa qismida joylashgan paypaslovchilari oziqni ushlab olish va himoya vazifasini bajaradi.


Ektodermada joylashgan maxsus otiluvchi ho‘jayralar mazkur tip uchun harakterli bo‘lib, bulardan chiqadigan zaharli ip hujum (ovqatni olish) va himoya vazifasini bajaradi.
Garchi kovak ichlilar haqiqiy ko‘p ho‘jayralilar bo‘lsada ularni koloniya bo‘lib yashaydiganlari murakkab tuzilgan. O‘troq va koloniya holda yashovchi turlari har xil katta kichiklikda bo‘lib, xilma-xil shakllarda bo‘lishi mumkin. Yakka yashovchi o‘troq turlari bir muncha sodda bo‘lsa suzib yuruvchilari-meduzalar murakkab tuzilgan.
Kovakichlilarning avlodlari orasida bir necha 10 mmli mayda formalaridan tartib tanasi bir necha metrli formalari ham mavjud.
Hozirgi davrda fanga ma’lum bo‘lgan kovakichlilarning 10 mingga yaqin turi bo‘lib 3 sinf 18 ta turkumga bo‘linadi.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling