1. Kovak ichlilar tipiga umumiy tavsifi Chuchuk suv gidrasi va uning hayoti


Download 111.5 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1415432
1   2   3   4   5
Bog'liq
kovakichlilar tipi

6. Madreparariyalar turkumi.

- Yakka yashovchi madreparariyalar tashqi ko‘rinishi jihatidan aktinialarga bir oz o‘xshasada, bularda tananing ostki qismi ektodermadan hosil bo‘luvchi ohak skelet bo‘lishi harakterlidir.


Kaloniya bo‘lib yashovchi madreporariyalarning individlari yonma-yon yashab tanasining ostki qismi (ohak) 1-1iga qo‘shilib ketadi.
Bularning bir avlodi o‘lib ketib bu avlod skeleti ustiga yosh kaloniya kelib joylashadi.
Yillar o‘tishi bilan bir necha avlod skeleti qoldig‘idan dengiz ostida juda katta ohak qatlamlari hosil bo‘ladi. Bulardan “rif”lar hosil bo‘ladi. Mazkur riflarning juda katta “qatori” Avstraliyaning sharqiy sohillarida, Tinch okeanida va Hind okeanda uchraydi.
7.Sakkiz nurli koralli poliplar.

Sakkiz nurli koralli poliplarning hamma avlodlari koloniya bo‘lib yashaydi. Ularning tuzilishida tananing og‘iz oldi diskida 8 ta shoxlangan paypaslovchilar, gastral bo‘shlig‘ida 8 ta entodermal iskanalar bo‘lishi, koloniyalarning poya va poliplardan tarkib toplanligi hamda mezogleya qavatida ichki skelet hosil bo‘lishi harakterlidir.


O‘rta Dengiz va Qizil dengizda ko‘p tarqalgan alsionium koloniyasi tashqi tomondan bo‘ta yoki daraxtga o‘xshaydi.


8.Kovak ichlilar filogeniyasi.

Qadimgi kovakichlilarning kelib chiqish masalasi ko‘p ho‘jayralilarning kelib chiqishi bilan bog‘liqdir.


Nemis olimi Gekkelning farazicha dastlabki eng qadimgi kovak ichlilar “suzib yuruvchi kipriklilardan” paydo bo‘lgan. Gekkelning tasviricha, gastral bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan ekto-entodermali ya’ni ikki qavatli organizm bo‘lgan. Uning o‘troqlikka ko‘chishi natijasida dastlabki kovakichlilar rivojlangan.


Bularning kelib chiqishi ustida ishlagan rus olimi I.I.Mechnikov kovak ichlilarni embrion rivojlanishini chuqur o‘rgangan. U kovak ichlilarning eng qadimgi vakillari gidropoliplar deb ataydi.
Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling