1. Kovak ichlilar tipiga umumiy tavsifi Chuchuk suv gidrasi va uning hayoti
Download 111.5 Kb.
|
kovakichlilar tipi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ishlatilgan”
1. Gidroidlar sinfi
2. Stsifoidlar 3. Korall poliplar Gidroidlar sinfi – bu sinf avlodlari o‘zining sodda tuzilganligi va bularda “gonada” jinsiy bezlar ektodermada joylashganligi bilan harakterlanadi. Bularga ko‘pincha o‘troq holda yashovchi chuchuk suv gidralari, kaloniyali gidroid poliplar yakka va erkin yashovchi gidromeduzalar va suzib hayot kechiruvchi sifonofaralar kiradi. 2.Chuchuk suv gidrasi, uning tuzilishi va hayoti. Ko‘llar, buloqlarning sohilida suv o‘simliklari va mollyuskalar tanasiga yopishib, o‘troqlik bilan hayot kechiruvchi chuchuk suv gidrasini uchratish mumkin. 2-5 mm keladigan gidra cho‘ziq tanasining ostki ingichkalashgan (tovon) qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Ustki qismida esa 6-8 ta ancha uzun paypaslovchilarining o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan. Gidra tanasining ko‘p qismini gastral bo‘shliq egallab olgan. Bu – ichak va tana bo‘shlig‘i vazifasini bajaradi. Mana shu bo‘shliq, ichakka og‘izcha orqali suv bilan birga oziq moddalar ham kirib turadi, ortiqchalari esa shu og‘izcha orqali tashqariga chiqarib turiladi. Gidraning tanasi va paypaslovchilari ikki qavat epiteliya to‘qimasidan hamda tayanch o‘rta qavatdan iborat. Ektoderma qavatda sanchuvchi –otiluvchi ho‘jayralar bo‘lishi harakterlidir. Sezuvchi maxsus mayda ho‘jayralarning ichki qismida “kapsula” degan maxsus orgonoid o‘zida spiral shaklida “o‘ralgan” zaharli tola saqlaydi. Otiluvchi ho‘jayra ta’sirlanishi bilan ho‘jayra ichidagi spiral tola otilib chiqadi va yaqinlashgan hayvon “dushman” tanasiga sanchilib uni zaharlaydi. Himoya va hujum vazifasini o‘taydigan bunday otiluvchi ho‘jayralar, ayniqsa paypaslovchilar va og‘iz atrofida ko‘p bo‘ladi. “Ishlatilgan” ho‘jayralar o‘rniga yangilari hosil bo‘ladi. Mezogleyada muskul ho‘jayralari joylashgan bo‘lib, ular gidra tanasi bo‘ylab uzunasiga joylashgan. Bularni qisqarishi natijasida gidra tanasi qisqaradi. Ektoderma qismida yana mayda yulduzsimon shoxlangan tanachalar mavjud, bu nerv ho‘jayralaridir. Entoderma-gidra gastral bo‘shlig‘ini qoplagan bo‘lib, g‘o‘lasimon yirik va xivchinli ho‘jayralardan tarkib topgan. Bu ho‘jayralar ko‘pincha yolg‘onoyoq o‘simtalar hosil qilib, tanaga kirgan ovqatni o‘zlashtiradi. Gidra – sodda hayvonlar, kolovrotkalar, tuban qisqichbaqalar, mayda hashorat lichinkalari va ba’zan mayda baliq chavaqlari bilan oziqlanadi. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling