Sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar shu kesim


Download 8.71 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi8.71 Kb.
#1436064
Bog'liq
Sodda gap tarki-WPS Office


Sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar shu kesim

atrofida birlashadi. Qo‘shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan)

kesim bo‘ladi.

Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik) va egasiz gaplar (Yangi

filmni tomosha qildik). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra:

sodda yig‘iq gaplar (bod qalmadï - urugʻ qolmadi), sodda yoyiq gaplar (Yağïmïz

tegrä učuq tägirti – dushmanimiz tegra (atrof)da qanot yoydi)ga bo‘linadi (Toʻn).

Turkiy tillarning ilk taraqqiyot davrida sodda gaplar faol qo‘llangan. Bir

grammatik asosga ega bo‘lgan gap sodda gap hisoblanadi. Sodda gapning asosini

kesim tashkil qiladi. Gapning asosiy mazmuni kesimda ifodalanadi. Sodda

gaplarning eng qisqa ko‘rinishi: ega+kesim modelida bo‘ladi: qan bertim – xon

berdim (Toʻn); Čan Saŋun kälti – Chan Cangun keldi (KT).

Qadimgi turkiy tilda, hozirgi zamon turkiy tillaridagidek, kesim qaysi turkum

bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: fe’l-kesim va ot-kesim.

Fe’l-kesim asosan fe’lning funksional shakllari orqali ifodalanadi: …azča

bodun täzmis ärti – ozgina xalq qochgan edi (Toʻn); Kütä tururlar – kutib turarlar

(Un); Közüg yumup ačqïnča - koʻzni yumib ochguncha (TT).

Ot-kesimli sodda gaplar qadimgi turkiy tilda keng tarqalgan boʻlib, murakkab

ot-kesim tarkibida bog‘lamalar ishtirok etadi. Ot-kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish

bilan ifodalanadi. Kesimlik ko‘rsatkichi vazifasida bog‘lamalar (-man, -san, -di, ol,

bol, tur, är) qo‘llanadi: Ozum tarduš üzä šad ärtim - o‘zim tardush eli ustidan shod

edim. Qarluq bodun . . . yağï boltï — qarluq xalqi yov bo‘ldi (KT). Ammo bu

belgilar bo‘lmasligi ham mumkin. Bunda kesim gapning mazmuni, intonatsiyasi,



o‘rnidan bilinib turadi. Türk bodun yämä bulğanč - ol, tämiš - Turk xalqi ham

sarosimadadir, - debdi (Toʻn).
Download 8.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling