Mavzu: kesim va uning ifodalanishi


Download 22.07 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi22.07 Kb.
#1563929
Bog'liq
KESIM VA UNING IFODALANISHI


MAVZU:
KESIM VA UNING IFODALANISHI


Reja



  1. Kesimlik ma'nolari

  2. Fe'l kesim va ot kesim

Kesimlik (shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, yu modal) ma 'nosini ifoda etgan gapning markaziy bo 'lagi kesim deyiladi.
Kesimlik ma'nolari kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Har bir kesimlik ma'nosi alohida-alohida ifodalanishi mumkin. Masalan, yoz-ma (tasdiq-inkor)-say (mayl)-di (zamon)-m (shaxs-son). Bitta kesimlik shakli bir necha kesimlik ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, kel-di (o'tgan zamon, III shaxs, tasdiq, aniqlik mayli) yoki o 'quvchi-man (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli). Ba'zan kesimlik ma'nolari nol shakl orqali ifodalanadi. Masalan,

Kel (kelasi zamon, II shaxs, tasdiq-buyruq mayli) yoki Men o'quvchi (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik).
Kesim nima qildi? nima bo'ldi? nima qilmoqda (qilyapti)? kirn (dir)? nima (dir)? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Masalan, Ishlasang, tishlaysan maqoli ikkita kesimdan tashkil topgan. Birinchisi nima qi 1 sang? Ikkinchisi nima qilasan? so'roqlarigajavob bo'ladi. Otam — o'qituvchi gapida o'qituvchi bo'lagi kesim sanalib, kim (dir)? Kim hisoblanadi! so'roqlariga javob bo'ladi.
Fe'l kesim va ot kesim
Kesimlar ifodalanishiga ko'ra ikki xil bo'ladi:
1) fe'l kesimlar;
2) ot kesimlar.
Fe’ldan fodalanib, nima qilmoq? nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'Igan kesimlarga fe’l kesim deyiladi.
Masalan, kitob o'qiyapman gapida o'qiyapman nima q i 1 y a p m a n? so'rog'iga javob bo'lib, fe'l kesim sanaladi.
Opam — vrach gapida vrach kim (dir)? so'rog'iga javob bo'lib, ot kesim hisoblanadi.
Ot, sifat, ravish, son, olmoshdanfoydalangan kesimlarga ot kesim deyiladi.
Fe'l kesimlar shaxs-son, zamon tasdiq-inkor, mayl (modal) ma'nolarni kesimlik (fe'l) shakllari orqali ifodalaydi. Ot kesimlarda esa otni kesim qilib shakllantirish uchun maxsus vositalar (-man,-san,-dir; bo'la (-man,-san,-di), hisoblana (-man,-san,-di), sanala (-man, -san,-di) qo'shiladi. Masalan: U o'quvchi(dir)
U o'quvchi hisoblanadi U o'quvchi sanaladi.
Bunday ot kesimni shakllantiruvchi vositalar bog'lama deyiladi.
Bog'lama ba'zan qo'llanilmasligi mumkin. Bunday vaqtda kesim ohang yordamida shakllanadi. Masalan, U o'quvchi.


Sodda va qo'shma kesimlar
Kesimlar tuzilishiga ko'ra sodda va qo'shma kesimlarga bo'linadi.
Faqat bir so'z bilan ifodalangan kesimga sodda kesim, ikki va undan ortiq so'z bilan ifodalangan kesimga esa qo'shma kesim deyiladi. Masalan, qirlarda lolalar ochildi gapida ochildi sodda kesim, " Lolazor " romanini o 'qib chiqdim gapida o 'qib chiqdim bo'lagi qo'shma kesim sanaladi.
Sodda va qo'shma kesimlar ifodalanishiga ko'ra sodda fe'l kesim va sodda ot kesim hamda qo'shma fe'l kesim va qo'shma ot kesimlarga bo'linadi. Masalan, 1. Dugonam tashqariga ko'zqirini tashladi; 2. Dadam kasalxonaning bosh vrachi hisoblanadi. Birinchi gapda ko'z qirini tashladi bo'lagi nima qildi? so'rog'iga javob bo'lib, qo'shma fe'l kesim, ikkinchi gapda esa kasalxonaning bosh vrachi hisoblanadi bo'lagi kim hisoblanadi? so'rog'iga javob bo'lib qo'shma ot kesim vazifasini bajaradi.

Download 22.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling