Mavzu: Shaxs-son qo’shimchalari


Download 225.96 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi225.96 Kb.
#1255791
Bog'liq
3-21 Shohjahon Razzoqov - 2.Shaxs-son qo\'shimchalari


Mavzu: Shaxs-son qo’shimchalari
Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi yoki bajarilmaydi. Grammatik shaxs so’zlovchi (I shaxs), tinglovchi(II shaxs) va o’zga shaxs(III shaxs yoki predmet) bo’lishi mumkin. Fe’l shaxs-son qo’shimchalari bajaruvchini kimligini va miqdorini ko’rsatadi. Ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni o`z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar ( qo’shimchalar) shaxs-son qo’shimchalar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan o`zgarishi esa tuslanishdeyiladi. Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi qo’shimchalar deb ham yuritiladi. Tuslovchi qo’shimchalar uch guruhga bo`linadi.
1. Birinchi guruh tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi –di, -sa qo`shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so`ng va edi to`liqsiz fe’liga qo`shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.





Shaxs Son

Birlik


Ko`plik


I




yozdim, yozsam, yozgan edim



zdik, yozsak, yozgan edik

II




yozding, yozsang, yozgan eding



yozdingiz, yozsangiz, yozgan edingiz

III




yozdi, yozsa, yozgan edi



yozdi(-lar), yozsa(-lar), yozgan edi(-lar)

2. Ikkinchi guruh tuslovchi qo’shimchalar –b(-ib), -a(-y) qo`shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (-yotgan qo`shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda, -yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so`ng qo`shiladi.




Shaxs Son

Birlik


Ko`plik


I




yozib-man, yozayotib-man, yoza-man yozyap-man



yozib-miz, yozayotib-miz, yoza-miz, yozyap –miz

II




yozib-san, yozayotib-san, yoza-san, yozyap -san



yozib-siz, yozayotib-siz, yoza-siz, yozyap –siz

III




yozib-di, yozayotib-di, yoza-di, yozyap -ti



yozibdilar, zayotibdilar, yozadilar, yozyaptilar

3. Uchinchi guruh tuslovchilar buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so`ng qo`shiladi.
Fe’llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:

Shaxs


Son


Birlik


Ko`plik


I




yozay, yozayin, o`qiy, o`qiyin



yozaylik, o`qiylik

II




yoz, yozgin, o`qi, o`qigin



yozingiz, o`qingiz,

III




yozsin, o`qisin



yozsinlar, o`qisinlar,

Uy ishi
Topshiriq-1:
1.Borib so’rasang . o’shqirib beradi, qo’rqadi odam.
So’rasang: 2-shaxs birlik shakli.
2.O’zicha bir balolarni gapiradi, qochib ketging keladi.
Ketging: 2-shaxs birlik shakli.
3.Xo’p, dedik-ku, opasi, batta gapdan qolsak, o’libmizmi..
O’libmizmi: 1-shaxs ko’plik shakli.
4.Biz ham tushunamiz, akaxon, ishingiz nozik.
Tushunamiz: 1-shaxs ko’plik shakli.
5.Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi?
Qiladimi: 3-shaxs birlik shakli.



Download 225.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling