Ko‘makchiga oid testlar qaysi qatorda bilan so‘zi ko‘makchi vazifasida qo‘llangan?


Download 21.42 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1343293
Bog'liq
Ko`makchi


KO‘MAKCHIGA OID TESTLAR
1. Qaysi qatorda bilan so‘zi ko‘makchi vazifasida qo‘llangan?
A. Do‘st bilan dushmanning farqiga bormagan bola edi
B. Ruboiy bilan tuyuqning nima farqi bor?
C. Nodira qizi bilan o‘g‘lini uyda qoldirdi
D. Aql birla qul bo‘lmish ozod
2. Maqsad ma’nosini anglatgan uchun ko‘makchisi qatnashgan gapni toping.
A. Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga burdi
B. Daftarni ukam uchun keltirdim
C. G‘o‘za erta ekilgani uchun hosil mo‘l bo‘ldi
D. Yig‘ilish uchun imkon yaralmadi
3. Qaysi qatorda ko‘makchilarga xos xususiyat no‘to‘g‘ri izohlangan?
A. ko‘makchilar ravishdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi
B. ko‘makchilar harakat nomidan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi
C. ko‘makchilar olmoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi
D. ko‘makchilar sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi
4. Vazifadosh ko‘makchilar qaysi qatorda keltirilgan?
A. ko‘ra, old, qadar B. oldin, bilan, uchun
C. atab, ust, avval D. uzra, deb, qarab
5. Qaysi qatorda vazifadosh ko‘makchilar berilgan?
A. so‘ng, qarab, orqali, sari B. ust, oldin, avval, qosh
C. ost, ro‘para, bilan, kabi D. avval, qadar, bo‘ylab, deb
6. Quyidagi qaysi gapda sof ko‘makchi ishtirok etmagan?
A. Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar.
B. Salima kitob ustida uzoq ishladi
C. A’zamjon qilmishi uchun undan uzr so‘radi
D. Temur tig‘i yetmagan joyni, Qalam bilan oldi Alisher
7. Qaysi gapda ustida so‘zi ko‘makchi vazifasida qo‘llangan?
A. Kitob stolning ustida turibdi B. Lolalar qirning ustida ochilgan
C. U kechgacha ish ustida o‘tirdi D. Qo‘ng‘iz yaproqning ustida o‘rmalardi
8. Vazifadosh ko‘makchi ishtirok etgan gapni toping.
A. Avval o‘yla, keyin so‘yla
B. Bu kitob qo‘liga tushgandan keyin bosh ko‘tarolmay mutolaaga tushdi
C. Ish bilan ovora bo‘lib, kunning o‘tganini ham sezmay qolasan
D. Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg‘oq boimogi darkor
9. She’riy asarlarda uchraydigan bilan va uchun ko‘makchilari o‘rnida ishiatiladigan -la, -chun shakllari qanday yoziladi?
A. -la shakli so‘zga qo‘shib, -chun shakli ajratilib yoziiadi
B. O‘zi birikib kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi
C. O‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi
D. O‘zi birikib kelgan so‘zdan keyin chiziqcha bilan yoziladi
10. Ko‘makchilar vazifasiga ko‘ra qaysi birliklarga o‘xshash?
A. Nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalarga B. Kelishik qo‘shimchalaiga
C. To‘liqsiz fe’llaiga D. Ko‘makchi fe’llarga
11. Qaysi qatorda sof ko‘makchilar berilgan?
A. so‘ng, ko‘ra B. qadar, uchun
C. oldin, avval D. ich, ost
12. Ko‘makchi ishtirok etgan gapni toping.
A. Kasbim sharofati-la qaysi jumlangiz yolg‘on ekanini gapingiz ohangidan bilib olaman. B. Bu xitobni eshitgan hech bir odam undan bo‘yin tovlashni o‘ziga munosib bilmaydi-da C. Barcha gaplarda ko‘makchi ishtirok etgan. D. O‘zga yurtlarning behisob mo‘jizalarini ko‘pchilik ko‘rgan, ammo hech kim ularga mahliyo bo‘lib o‘z yurtini unutib qo‘ygan emas-ku?!
Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling