7- laboratoriya mashg'uloti. Mavzu: So‘rg‘ich


Download 58.86 Kb.
bet1/2
Sana02.04.2023
Hajmi58.86 Kb.
#1321160
  1   2
Bog'liq
7-Lab Yangi Zoo


7- Laboratoriya mashg'uloti.

Mavzu: So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi vakili - Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) ning tashqi va ichki tuzilishi hamda so‘rg‘ichlilar jinsiy sistemasining tuzilishi va rivojlanish jarayonlari. So‘rg‘ichlilar sinfi ayrim vakillarini tuzilishi va rivojlanishi
Tip:Yassi chuvalchanglar – Plathelmintes
Sinf: So'rg'ichlilar – Trematoda
Kenja sinf: Digenetik so’rg’ichlilar- Digenea
Vakil: Jigar qurti - Fasciola hepatica
Ishning maqsadi:
Jigar qurtining tashqi va ichki tuzilishi tasvirlangan plakatlar va tayyor preparatlardan foydalanib, bilimlarni mustahkamlash
Kerakli jihozlar:Jigar qurtining tuzilishini aks ettiruvchi tablitsalar, jigar qurtining bo'yalgan mikropreparati, fiksirlangan (spirtdagi) jigar qurti, pereparoval nina va qo'l lupalari, mikroskop, soat va buyum oynasi, to'g'nag'ich nina, pinset.
Nazariy qism:Jigar qurti yoki fassiolahar xil mayda va yirik qoramollarda, shuningdek boshqao'txo'r hayvonlarning jigarida parazitlik qiladi. Ba'zan odamlarda xam uchrashi mumkin. Jigarning o't yo'lida yashab, qon va jigardahosil bo'ladigan mahsulotlar bilan ovqatlanib hayot kechiradi.
Tanasi ikki tomonlama simmetrik bo'lib, uning uzunligi 2-3 sm ga yetadi. Konussimon cho'zilgan oldingi qismdagi so'rg'ichining o'rtasidaog'iz joylashgan, undan pastroqda esaqorin tomonidaqorin so'rg'ichi bor. Bu so'rg'ichlar o't yo'llariga yopishib, ushlab turish vazifasini bajaradi. So'rg'ichlarning teri-muskul qopchasi ham kiprikli chuvalchanglarnikigao'xshaydi, lekin trematodalar, shu jumladan, jigar qurtining tanasi ham tegument deb ataluvchi sitoplazmatik po st bilan qoplangan. Bu ikki ya'ni yadrosiz tashqi va yadroga ega bo'lgan ichki qavatdan iborat.
Tegumentning tashqi va ichki qavati plazmatik membranaorqali ajralib turadi. Membranaostidagi sitoplazmada bir necha mayda vokuolalar, shuningdek mitoxondriyalar va kutikuladan iborat kichik tukchalar mavjuddir.
Tegument tashqi qavatining ostki tomoni bazal membrana bilan qoplangan, uning mayda teshikchalari oreali sitoplazmatik ipchalar o'tib, tegumentning ikkalaqavatini bir-biri bilan tutashtirib turadi.
Jigar qurtining ovqat hazm qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi so'rg'ichining o'rtasida joylashgan og'iz teshigidan boshlanadi. Og'izdan keyin tomoqoldi bo'shligi va tomoq bular hammasi birgalikdaovqat so'ruvchi apparatni hosil qiladi. Endodermadan rivojlangan o'rta ichak ikkitaasosiy shoxchaga bo'linadi, ular esa bir necha yon ko'r o'simtalar hosil qiladi.
Anal teshigi yo'q, ovqat qoldiqlari og'iz teshigi orqali chiqariladi.
Tegument tashqi qavatining ostki tomoni bazal membrana bilan qoplangan, uning mayda teshikchalari oreali sitoplazmatik ipchalar o'tib, tegumentning ikkalaqavatini bir-biri bilan tutashtirib turadi.
Jigar qurtining ovqat hazm qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi so'rg'ichining o'rtasida joylashgan og'iz teshigidan boshlanadi. Og'izdan keyin tomoqoldi bo'shligi va tomoq bular hammasi birgalikdaovqat so'ruvchi apparatni hosil qiladi. Endodermadan rivojlangan o'rta ichak ikkitaasosiy shoxchaga bo'linadi, ular esa bir necha yon ko'r o'simtalar hosil qiladi. Anal teshigi yo'q, ovqat qoldiqlari og'iz teshigi orqali chiqariladi.
Ayiruv organlari protonefridiy tarzida tuzilgan. Tananing o'rtaqismida toqayiruv naychasi bo'lib, unga bir necha mayda yig'uvchi naychalar kelib qo'shiladi. Asosiy ayiruv naychasi tananing orqa uchidan tashqarigaochiladi.
Qon aylanish va nafas olish organlar sistemasi rivojlanmagan. Nerv sistemasi kiprikli chuvalchanglarga nisbatan sust rivojlangan. Halqum oldi nerv tugunidan og'iz so'rg'ichiga va tananing orqa uchigaqarab uch juft (qorin, yelka va yon) bo'ylama nerv tolalari tarqalgan. Bu nervtolalari o'zaro komissuralar bilan bog'langandir. So'rg'ichlilarning ko'pchiligida, shu jumladan, jigar qurtida ham ootip bo'lmaydi. Bunday holatdaootip vazifasini bajaruvchi tuxumdonning oxirgi uchidagi kengaygan qismiga sariqdonlarning chiqarish
naychasi kelib qo'shiladi. Tuxumdonning bu qismini ustki tomondan qoplab turgan birhujayrali mayda bezlar esa Melis tanachasini hosil qiladi. Urug'langan tuxumlar shu yerda sariq moddagao'raladi va post bilan qoplanadi.
Tuxumdonning shu qismida juda ko p buralgan organ - bachadon boshlanadi. U qorin so'rg'ichi oldida ingichkalashib borib jinsiy kloakagaochiladi. Jigar qurtlari qo'shilishi paytida bachadon orqali spematozoidlar o'tadi, demak u qin vazifasini ham bajaradi. Yetilgan jigar qurtida urug'langan tuxumlar bachadonda saqlanadi va dastlabki rivojlanish davrini shu yerdao'tkazadi.
Erkaklik organlar sistemasi juda kop mayda shoxchalar hosil qiladigan va jigar qurti tanasining markaziy qismida joylashgan juft urug'dondan iborat. Har bir urug'dondan chiqqan urug' yo'llari qorin so'rg'ichiga yaqin joydao'zaroqo'shilib, urug' pufagini hosil qilib, keyin ingichka urug' chiqarish naychasigaaylanadi. U esaqo'shilish organi sirrusgaochiladi. Sirrus odatda sirrus xaltasining ichida joylashgan, u faqat qo'shilish vaqtidagina tashqariga buralib chiqadi.

Download 58.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling