13 – mashg’ulot


Download 1.8 Mb.
bet1/2
Sana12.05.2020
Hajmi1.8 Mb.
#105484
  1   2
Bog'liq
3.2.Trematoda-amaliy mashgulot (2)


13 mashg’ulot.

Mavzu: So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi. Jigar qurtining tashqi, va ichki tuzilishi, rivojlanish sikli.

Ishning maqsadi: Jigar qurtining tuzilishi va rivojlanish siklini о‘rganish.

Kerakli materiallar va jihozlar: Jigar qurti (tirik yoki fiksasiya qilingan). qо‘l lupalari, binokulyar, qisqichlar, buyum va qoplagich oynalar, jigar qurtini aks ettiruvchi tablitsalar.

Ishning mazmuni : Jigar qurti keng tarqalgan bо‘lib, har xil mayda va yirik qoramollarda, shuningdek boshqa о‘txо‘r hayvonlarning jigarida parazitlik qilib hayot kechiradi. Ba’zan odamlar ham uchraydi. Jigarning о‘t yо‘llarida yashab, qon va jigarda hosil bо‘ladigan mahsulotlar bilan ovqatlanib hayot kechiradi. Tanasi ikki tomonlama simmetirik bо‘lib, uzunligi 3-4 sm ga yetadi. Konussimon chо‘zilgan oldingi qismining uchida og‘iz sо‘rg‘ichi, undan pastroqda esa qorin sо‘rg‘ichi bor. Bu sо‘rg‘ichlar о‘t yо‘llariga yopishib, ushlab turish vazifasini bajaradi.

27 - rasm. Jigar qurtining tuzilishi:

1 - og‘iz sо‘rg‘ichi; 2 - og‘zi; 3 - qorin sо‘rg‘ichi; 4 - ichak; 5 - jinsiy sistemasi.


Tana qoplag‘ichi (tegument) deb atalgan kipriksiz epitiliydan iborat. Tegumint ikki ya’ni yadrosiz tashqi va yadroga ega bо‘lgan ichki qavatdan iborat. Tegumentning tashqi va ichki qavati plazmatik menbrana orqallli ajralib turadi. Tashqi qavat hujayralari juda kо‘p metoxondiriyalar va vakuolalarga ega, lekin hujayralar о‘rtasida yо‘qolib, (sinstiy) hosil qiladi. Bu qavatning ostki tomoni bazal membrana bilan qoplangan, uning mayda teshikchalari orqali sitoplazmatik ipchalar о‘tib, tegumentning ikala qavatini bir-biri bilan tutashtirib turadi. Tegument ostida halqa va vо‘ylama muskullar joylashga. Jigar qurtining ovqat hazim qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi og‘ich sо‘rg‘ichining о‘rtasida joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘izdan keyin haqum oldi bо‘shlig‘i va muskilli tomoq joylashgan. Bular ovqat sо‘ruvchi apparatni hosil qiladi. Yendodermadan rivojlangan о‘rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bо‘linadi, ular yesa bir necha yon kо‘r о‘simtalar hosil qiladi. Anal teshigi yо‘q, ovqat qoldiqlari og‘iz teshigi orqali chiqariladi chiqish naychasiga aylanadi. U yesa qо‘shilish organi sirrusga ochiladi. Sirrus sirrus xaltasining ichida joylashgan, u faqat qо‘shilish vaqtidagina tashqariga buralib chiqariladi.


28 - rasm. Jigar qurtining rivojlanishi:

1 - voyaga yetgan davri; 2 - suvdagi tuxum-lari; 3 - kiprikli lichinka;

4 - chuchuk suv shillig‘i; 5 - 6 - dumli lichinka; 7 - о‘simlikka yopishgan sista; 8 - qoramol.
Jigar qurtining tuxumlari qalin pо‘st bilan о‘ralgan bо‘lib. 0.13-0.15 mm uzunlikda bо‘ladi. U boshlang‘ich rivojlanish davrini bachadonda о‘tkazadi. Tuxumlar jigar qurtining tanasidan chqqandan keyin xо‘jayinning jigar yо‘llaridan о‘t yо‘llariga о‘tib, undan ichakka о‘tadi va najas bilan tashqi muxitga chiqadi. Bu vaqt davomida undan lichinka rivojlanadi. Bunday tuxumlar suvga tushganda va qulay sharoitda ulardan lichinka – (mirasidiylar) chiqadi. Uning usti kiprikchalar bilan qoplangan. Anna shu kiprikchalar yordamida mirasidiy suvda yerkin suzib yuradi. Mirasidiyning bosh tomonida (X) shaklida ikkita (kо‘zchasi) bor, ular yorug‘likni sezish uchun xizmat qiladi. Mirasidiy tanasining keyingi qismida yembirion hujayralar deb ataluvchi yoki urug‘lanmasdan rivojlanish xususiyatiga yega bо‘lgan partenogenitik tuxumlar yetishadi. Mirasidiy oziqlanmaydi, u yembirion taraqqiyoti vaqtida yig‘ilgan glshikogin hisobiga yashaydi. Suvda 30-40 soat davomida suzib yurgandan keyin u tanasining oldingi uchida joylashgan muskilli xartumchasi yordamida mollyuska tanasini teshib, unga kirib oladi. Bunda uning xartumchasi asosida joylashgan maxsus bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik muxim ahamiyatga yega, chunki u mirasidiy kirayotgan joyda molluyuska tana tо‘qimasining parchalanishini ta’minlaydi.

Mirasidiy fizialogiyasi va yekalogiyasiga kо‘ra xо‘jayinni axtarib topish va uning ichiga kirishga muofiqlashgan. Ular jigar qurtining tarqalishiga asosiy manba hisoblanadi.

Mirasidiy mollyuska tanasiga kirib olgandan sо‘ng, kiprikchalarni tashlab, noaniq shakildagi harakatsiz sporosistaga aylanadi. Sporasistada bezlar, nerv organlari va kо‘zlar redulsiyalanib faqat ayirish organlari va yembirion hujayralari о‘zgarishsiz saqlanib qoladi. Sporasista tobora rivojlanib, о‘sadi va partenogenitik yо‘l bilan kо‘payadi. Undagi yembirion hujayralar soni bir necha martaga oshadi va yembirion sharlari hosil bо‘ladi. Bularning xar bittasidan (rediyalar) yetishadi. Shakillangan rediyalar sporasista pо‘stini teshib undan chiqadi va mollyuska jigariga о‘tib riaojlanishni davom yettiradi. Rediyalar harakatchan, chо‘ziq haltasimon shakilda. Ciporistaga nisbatan yuqori tuzilishga yega. Ularda teri- muskil xaltasi, og‘iz, tomoq, kо‘r о‘simtali ichak, neriv sistemasi va ayirish organlari ancha rivojlangan. Gavda bо‘shlig‘ida yembirion hujayralari joylashgan. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashab, aktiv hayot kechiradi. Ularning partenogenitik kо‘payishidan keyingi avlod – (serkariyalar) xosil bо‘ladi.

Serkariyalar mollyuska tanasidan tashqariga chiqadi. Ularda og‘iz va qorin sо‘rg‘ichlari, halqum, qizilо‘ngach, ichak shakillangan: ayirish va neriv sestemasi yaxshi rivojlangan.Gavdasining orqa uchida harakat organi – muskulli dum joylashgan. Bu dum yordamida serkariyalar suvda suzib yuradi. Keyin ular suv havzasi qirg‘oqlaridagi о‘tlarga о‘tirib oladi., dum uzilib tushadi va qalin pо‘st bilan о‘raladi. Vunday lichinkalar (adoleskariya) deb ataladi.

Adoliskariyalar ham og‘iz va qorin sо‘rg‘ichlari, ikki shoxchali ichak rivojlangan bо‘ladi. Adoliskariya invazion- yuqumli sitadiya hisoblanadi. О‘txо‘r hayvonlar ulani о‘t yoki suv bilan yutmaguncha tabiatda saqlanadi. Odamlar ham adoleskariya mavjud bо‘lgan suv havzalaridan suv ichish paytida uni о‘zlariga yuqtiradilar. Oxirgi xо‘jayinning ichagida adoleskariyalardan kichik jigar qurti chiqadi va qon oqimi bilan jigarga borib rivojlanadi.

Ishning bajarish tartibi: 1. Jigar qurtining lichinkalarini miratsidiy, sporatsista, rediya, serkariyalarning bо‘yalgan mikroreparatlarini mikroskopning kichik va katta obyektivlari orqali kuzatib, ularning tuzilishini о‘rganing va rasmini chizing.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Jigar qurtining sistematik obzori.

2. Jigar qurtining yashash muhiti va tashqi tuzilishi.

3. Hazm qilish va ayirish organlarini ta’riflang.

4. Jigar qurtining jinsiy sistemasi va kо‘payishini tushuntiring.

5. Jigar qurtining rivojlanish sikli.




14 mashg’ulot.

Mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi. Vakillar: Qoramol solityori, Cho‘chqa solityori, exinokok. Tasmasimon chuvalchanglarni ayrim vakillarini rivojlanishi.
Ishning maqsadi: Tasmasimon chuvalchanglardan qoramol, cho’chqa solityori va exinokokkning tuzilishi va rivojlanish siklini о‘rganish.

Kerakli materiallar va jihozlar: Fiksatsiya qilingan qoramol, cho’chqa solityorlari va exinokokk prеparatlar, mikroskoplar, Pеtri kosachasi, soat va buyum oynalari, binokulyarlar, lupalar, tablitsalar va boshqalar.

Ishning mazmuni: Qoramol solityori voyaga yetgan davrida odamlarning ingichka ichagiga (oxirgi xо‘jayin), uning lichinkalari esa qoramollarning (oraliq xо‘jayini) muskillari orasida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-12 metrgacha bо‘lib, bosh (skoleks), bо‘yin va mingga yaqin proglottidlardan iborat. 1,5-2 mm kattalikdagi skoleks noksimon shaklda bо‘lib, tananing oldingi uchida joylashgan. Unda 4 ta sо‘rg‘ichlar mavjud. Sо‘rg‘ichlar о‘rtasida ridimept kо‘rinishdagi xartum bо‘lib, unda xitinli ilmoqchalar bо‘lmaydi. Sо‘rg‘ichlar yordamida solifyor ichak devoriga yopishib oladi. Bosh qismining pastki bо‘g‘inlariga (proglottidlarga) bо‘linmagan qismi bо‘yini tashkil qiladi. Bо‘yin qism kо‘ndalang bо‘linib, Yangi yosh bо‘g‘inlarni hosil qiladi. Bu jarayonni strobilyasiya solityorning uzun zanjirsimon tanasi esa strobila deyiladi. Qoramol solityorining tanasi (strobilasi) о‘n mingdan ortiq proglottidlardan iborat. Bо‘g‘inlar xar xil tuzilishig ega. Bо‘yin qismidan keyin bevosita boshlanadigan bо‘g‘inlarning bо‘yi eniga qaraganda ancha kichik, ularda jinsiy organlar rivojlanmagan bо‘ladi. Solityor tanasining о‘rta qismidagi bо‘g‘inlar (200-250 bо‘g‘inlardan boshlanadi)tо‘rtburchak shaklida bо‘ladi. Bularda erkaklik va urg‘ochilik jinsiy organlar sistemalari rivojlangan.




Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling