Qushlarning individual rivojlanishi


Download 0.62 Mb.
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717373
Bog'liq
Qushlarning individual rivojlanishi


Qushlarning individual rivojlanishi

Qush embrionining rivojlanishini o‘rganishdan oldin tuxum tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Tuxum qobig‘i kalsiy va magniy tuzlaridan iborat, tuzilishi g‘ovakdir. Qobiqning bunday tuzilishi havo hamda suv bug‘larining tashqariga yoki ichkariga o‘tishini taminlab beradi. Tuxum sarig‘i aslida tuxum hujayrasidir. Tuxum urug‘langandan so‘ng undagi nuqtadan embrion rivojlanadi. Tuxum sariqligi soriqlik qopi bilan o‘ralgan bo‘lib, uni vitellin membranasi deb ataladi. Hosil bo‘lgan ushbu embrion uchta qavat o‘ralgan bo‘lib, ular – amnion, xorion va allantois.


Amnion – oxir-oqibat embrionni o‘rab turgan amniotik suyuqlikni hosil qiladi, va uni amniotik membrana o‘rab turadi.
Xorion va allantois qatlamlari birlashib, embrion uchun nafas olish va chiqarish tizimlari vazifasini bajaradigan xorioallantoisni hosil qiladi.
Embrionni barqarorlashtirish va uni tuxum ichidagi holatida saqlash uchun ikkita o‘ralgan albumin iplari mavjud. Ular tuxumning har ikki uchiga biriktirilgan. Tuxumning kattaroq uchida havo xaltasi bo‘lib, u tug'ilgan individga (jo‘jaga) qisqa vaqt davomida nafas olish imkonini beradi.
Embrion rivojlanish jarayoni asosan barcha qushlarda bir xil, faqat bir nechta istisnolardan tashqari.
Erta voyaga yetadigan (precocial) qushlar, tovuqlar kabi ko‘zlari ochiq bo‘lgan qushlardir va tuklar qalin bo‘lib, uyasini bir yoki ikki kunda tark etishga qodir bo‘lgan qushlardir.
Martinlar - bu qushlar, ya'ni ular tuklarsiz va ko‘zi yopiq dunyoga keladi hamda uyasini tark eta olmaydi.
Shunday qilib, (precocial) erta voyaga yetadigan qushlar kattaroq tuxum qo‘yadi, jo‘jalarining chiqishi ko‘proq vaqtni oladi. Masalan: tovuqlar uchun 21 kun
Martinlar uchun esa 15 kundan ortmaydi.
Embrion rivojlanishida organogenez (organlarning shakllanishi) bilan birga jami 42 bosqich mavjud bo‘lib, undan tana rejasini ishlab chiqish birinchi 33 bosqichda amalga oshiriladi. Hamda miya va ovqat hazm qilish tizimi shakllanadi, suyak tizimi ohaklanadi, va patlar rivojlanadi. Bu butun jarayon davomida embrion tuxumdagi mavjud tuxum sarig'i va albumin bilan oziqlanadi.
Inkubatsiya davrida asosiy embrion rivojlanishi sodir bo‘ladi. Birinchidan, oshqozon-ichak tana tuzilishi bilan birga shakllana boshlaydi. Keyinchalik bosh miya, asab tizimi va ko‘zlar. Sarig‘lik qopchasida juda kichkina embrionning qon tomirlari ko‘rinadi. Yurak tomirlar kabi shakllana boshlaydi va u tez orada ura boshlaydi.
Keyinchalik qanotlar, burun, til va oyoqlar shakllanishi boshlanadi. Bu vaqtda amniotik qop embrionni to‘liq o‘rab oladi. Allantois nafas olish va chiqindilarni ajratishda ishtirok etuvchi boshqa qopsimon tuzilma bo‘lib, bu bosqichda ham faoliyat yuritadi. Keyinchalik, qorin bo‘shlig'i va jinsiy a’zolar rivojlanadi. Bu paytda tumshug‘i, oyoqlari va qanotlari shakllana yanada aniqroq ko‘rinadi. Embrionda ixtiyoriy harakat boshlanadi. Erta tug‘ilgan qushlarda bu bosqichda patlarning shakllanishi boshlanadi. Bundan keyin, og‘iz teshigi paydo bo‘la boshlaydi, oyoq barmoqlari to‘liq shakllanadi va tumshug'i qattiqlasha boshlaydi.
Tug‘ilishdan oldin embrion boshi tuxumning to‘mtoq aylanadi. Bu paytda ebrion tashqarisida shakllanga ingichka ichak tana ichiga o‘tadi. Tuxum qobig‘idan ichiga o‘tkazilayotgan havo endi embrion uchun yetarli bo‘lmaydi, shuning uchun tuxum qobig‘ining to‘mtoq tomoni sindirilishi kerak bo‘ladi. Bundan keyingi bir ikki kun vaqt ichida tuxumdan qushcha yorib chiqadi.






Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling