7- laboratoriya mashg'uloti. Mavzu: So‘rg‘ich


Download 58.86 Kb.
bet2/2
Sana02.04.2023
Hajmi58.86 Kb.
#1321160
1   2
Bog'liq
7-Lab Yangi Zoo

Rivojlanishi. Jigar qurti - germafrodit hayvon. Uning urug’langan tuxumlari xo’jayin jigari o’t yo’llaridan ichakka va undan tezak bilan tashqi muhitga chiqadi. Agar tuxumlari suvga tushib qolsa, ulardan mikroskopik mayda “miratsidiy” deb ataladigan kiprikli lichinkalar chiqadi.
Lichinkalar suvda bir muncha suzib yuradi. So’ngra ular chuchuk suv shillig’ini to’pgach, uning tanasiga kirib oladi, kipriklarini tashlab ikkinchi lichinkalik davri rediylarga o’tadi. Lichinkalar shilliq ichida rivojlanish bilan birga ko’paya boshlaydi. Bu lichinkalar esa o’sib uchinchi lichinkalik davri - serkariylarga aylanadi. Serkariylar dumli bo’ladi.

Jigar qurtining rivojlanishi
Qoramol tanasidagi voyaga

Chuchuk suv Kiprikli lichinka
Shilliqqurt
17-rasm. Jigar qurtining rivojlanish sikli

Ular mollyuska tanasidan suvga chiqadi, bir muncha suzib yurgach, dumini tashlaydi qalin qobiqqa o’ralib, sistaga aylanadi. Sistalar suv yuzasida qalqib yurishi yoki o’simliklarga yopishib olishi mumkin. Bu sistalar suv yoki oziq bilan hayvonlarning ichagiga tushib qolganida sista qobig’i eriydi. Lichinkalar ichak bo’shlig’iga chiqadi. Ular ichak devoridan qon orqali jigarga boradi, o’t yo’llariga yopishib, parazitlik qilishga o’tadi .


Shunday qilib, jigar qurti ikkita organizmda rivojlanadi. U jinsiy voyaga yetgan davrida turli chorva mollari va yovvoyi hayvonlar, ba'zan odam jigari o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Shuning uchun odam va sut emizuvchi hayvonlar jigar qurtining asosiy xo’jayini hisoblanadi.
Parazit lichinkasi suv shillig’i tanasida parazitlik qiladi. Suv shillig’i jigar qurtining oraliq xo’jayini bo’ladi. Jigar qurti chorva mollari va uy hayvonlarining keng tarqalgan xavfli paraziti hisoblanadi. Odam ham dalada ko’lmak suvlardan ichganida yoki yaylovdagi o’tlardan tatib ko’rganida jigar qurti yuqtrishi mumkin.
Ish tartibi:
1.Fiksatsiyalangan jigar qurtini soat yoki buyum oynasi ustiga qo'yib, qo'l lupasi yoki stol lupasi yordamida qo'zg'atiladi. Bunga jigar qurtining ikki tomonlama semmetrik ekanligiga, yelka qorin tomondan yassilashgani kuzatiladi. Og'iz va qorin so'rg'ichlarini va ular orasidagi jinsiy teshikni topish.
2.Ichki organlarini ko'rish uchun ovqat hazm qilish, ayiruv va jinsiy organlarini sistemasini ko'rsatuvchi alohidabo'yalgan preparatdan foydalaniladi. Buning uchun tayyorlangan mikropreparat lupa yordamida kuzatiladi.


Mavzu yuzasidan topshiriqlar.
1.Jigar qurtining tashqi tuzilishini kuzating rasmini albomga chizing.
2.Jigar qurtining ichki tuzilishida kuzatganlaringizni daftarga yozing va rasmini chizing.
Nazorat savollari:
1.Jigar qurtining sistematik o'rni?
2.Jigar qurtining tuzilishi qanday?
3.Jigar qurti qayerlarda parazitlik qiladi?
4.Jigar qurtining ko'payishini tushuntiring?
5.Jigar qurtining oziqlanishini tushuntiring?
Download 58.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling