Mustaqil ish mavzu: ovqat hazm qilish sistemasi fiziologiyasi va yoshga bog'liq xususiyati


Download 33.66 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1206868
Bog'liq
ovqat hazm qilish sistemasi fiziologiyasi va yoshga bog\'liq xususiyati



MUSTAQIL ISH


MAVZU: OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI FIZIOLOGIYASI VA YOSHGA BOG'LIQ XUSUSIYATI

BAJARDI:
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI FIZIOLOGIYASI VA YOSHGA BOG'LIQ XUSUSIYATI
Reja:
1. Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi.
2. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari.
3. Organizmda modda almashinuvi.

Ovqat hazm qilish sistemasi — odam va hayvonlar organizmida oziqmoddalarning qayta ishlanishi va hazm boʻlishini taʼminlaydigan organlar majmui. Koʻpchilik bir hujayralilar (mas, amyoba)da Ovqat hazm qilish sistemasi funksiyasini ovqat hazm qilish vakuollari bajaradi. Bundan tashqari, ayrim bir hujayralilarda oziq kiradigan (ogʻiz, halqum) va oziq qoldiqlari chiqadigan maxsus teshikchalar ham boʻladi. Tuban koʻp hujayralilar (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ichaksiz turbellariyalar)da oziq maxsus hujayralar ichida hazm boʻladi. Umurtqasiz hayvonlar Ovqat hazm qilish sistemasi juda xilma-xil. Eng oddiy tuzilgan hayvonlar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) Ovqat hazm qilish sistemasi ogʻiz teshigi bilan boshlanadigan va shu teshik bilan tamom boʻladigan gastral boʻshliqdan iborat. Koʻpchilik hayvonlar (nemertinalar, toʻgarak chuvalchanglar, mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, boʻgʻimoyoqlilar)rz- Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. oldingi, oʻrta va orqa boʻlimlardan tashkil topgan boʻlib, ogʻiz va anal. teshik or-qali tashqi muhit bilan bogʻlangan. Odam va umurtqali hayvonlar Ovqat hazm qilish sistemasiq.s.ning tuzilishi oziqlanish xususiyati va sharoitiga bogʻliq. Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. nayining ol-dingi qismi ixtisoslashib, ogʻiz boʻshligʻi, halqum va qiziloʻngacht hosil qiladi. Ogʻiz boʻshligʻida jagʻlar, tishlar, shilimshiq va soʻlak bezlari, til va boshqa joylashadi. Ovqat hazm qilish sistemasiq-S.ningoʻrta qis-mi hisobidan oshqozon, ingichka ichak, jigar, oshqozon osti bezi vujudga keladi. Ovqat hazm qilish nayining ke-yingi qismi yoʻgʻon ichak, toʻgʻri ichak va anal teshikdan iborat. Qiziloʻngach, oshqozon, ingichka ichak va yoʻgʻon ichak birgalikda ovqat hazm qilish nayini hosil qiladi; uning devori shilim-shiq, seroz va muskul qavatlaridan tashkil topgan. Evolyusiya jarayonida hayvonlar tanasining yiriklashuvi tufayli bilan ovqat hazm qilish nayi shilimshiq qavati yuzasi har xil yoʻl bilan (ichakning uzayib sirtmoq hrsil qilishi, burmalar paydo boʻlishi, shilimshiq qavat vorsinkalarining rivojlanishi, epiteliyning ichak devoriga yoki ichak boʻshligʻiga botib kirishi or-qali) kengayib borgan. Ana shu tariqa juda koʻp sonli mayda (ichak devori) yoki yirik (jigar, oshqozon osti) bezlar hosil boʻlgan. Ovqat hazm qilish nayi shilimshiq qavati ostida himoya funk-siyasini bajaradigan limfoid folli-kulalar joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. qon va limfa tomirlari bilan taʼminlangan. Ovqat hazm qilish sistemasiq.yening funksional faoliyati murakkab neyro-gumoral va gormonal mexanizmlar orqali boshqariladi. Bu jarayonda Ovqat hazm qilish sistemasiq.s.ning oʻz gormonlari asosiy ahamiyatga ega.  
Ovqat hazm qilish - organizm iste'mol qilgan oziq moddalarni tarkibiy jihatdan o‘zlashtira oladigan darajagacha fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridir. “Ovqat hazm qilish fiziologiyasi” “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”ning bir bo‘limi bo‘lganligi uchun mazkur fanga aloqador bo‘lgan barcha yo'nalishlar bilan yaqindan bo‘gliqdir. Hazm fermentlari tomonidan oziqa polimerlarining parchalanishi biokimyoviy usullar bilan, so‘rilish jarayonlari esa biofizikaviy va biokimyoviy yondashishlar orqali o‘rganilganligi va tushuntirilganligi uchun mazkur fanda ma’lumotlar faqat fiziologik usullardan tashqari biokimyoviy va biofizikaviy usullar asosida ham olinadi. Hazm fiziologiyasini o‘rganishda turli fizikaviy (ballonografiya, elektrogastrografiya va boshqalar), matematik (statistika, kimyoviy va fizikaviy yuklamalarni berish, matematik modellash, turli a’zolarning funksional sig‘imlarini aniqlash va boshqalar) usullar qollanganligi bu fanning flzika, matematika kabi fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tarixiy va individual rivojlanish davomida hazm tizimi organizm murakkablashuvi tufayli ham o‘zgaradi. Shuning uchun hazm fiziologiyasi evolutsion, solishtirma va yoshga oid fiziologiya bilan bog‘liq. Organizmning rivojlanish darajasiga qarab unda hazm jarayoni turlicha amalga oshadi. Eng sodda hayvonlarda oziq moddalaming gidrolizi, asosan, vakuola va sitoplazma ichida boisa, yuqori rivojlangan hayvonlarda oziq moddalaming hujayraviy parchalanish jarayoni lizosomalarda va vakuolalarda ro‘y beradi. Enterotsitlar va hazm kanali devoriningboshqa tt^qimalarida tarkibiy farqlar hazm jarayonining samaradorligini belgilaydi. Demak, hazm fiziologiyasi fanida sitologik va gistologik ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Odam va hayvonlar hazm tizimida 400 dan ortiq obligat, simbiont va parazit mikroorganizmlarning va qator gelmintlaming mavjudligi ovqat hazm qilish fiziologiyasi mikrobiologiya, tibbiy parazitologiya va gelmintologiya fanlari bilan bogiiqligini koisatadi. Hazm jarayonini amalga oshirishda hazm tizimidan tashqari asab va gumoral boshqaruv mexanizmlari, qon bilan ta’minlanish, muskullaming harakati, ayiruv a’zolan ishtirok etganligi uchun bu fan barcha funksional tizimlaming (asab, yurak-tomir, ayiruv, endokrin) fiziologiyasi bilan bogiiq boiib, ovqatlanish fiziologiyasining nazariy asosi sifatida xizmat qiladi. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi qator fanlar bilan bogiiq boiishiga qaramay, uning quyidagi xususiy vazifalari mavjud:
- Turli sharoitda hazm tizimidagi tarkibiy va funksional o'zgarishlar o‘rtasidagi bogiiqlikni aniqlash;
- Hazm tizimining boshqa funksional tizimlar bilan aloqasini oiganish;
- Hazm jarayonini oiganuvchi usullami takomillashtirib, yangi usullami yaratish;
- Hazm a’zolarining ovqatning assimilatsiyasi bilan bogiiq boimagan funksiyalarini oiganish;
- Ekologik omillar hamda kasalliklar ta’sirida hazm a’zolarining oziqaning оczlashtiri 1 ishidagi ishtirokini tekshirish, individual hayot davomida hazm tizimining ta’sirchanligini aniqlash;
- Hazm a’zolarining boshqa funksional tizimlar bilan aloqalarini aniqlash, amaliy diyetologiya va gastroenterologiya uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
- Hazm jarayonining biokimyoviy, biofizikaviy, molekular va genetik asoslarini yoritish;
- Hazm jarayonining tarixiy va individual evolutsiyasini oiganish, uning yanada rivojlanishi haqida aniq fikrlar ishlab chiqish.
Ovqatlanish haqidagi fan dunyo miqyosida “nutritsiologiya” nomi bilan (nutritio - ovqatlanish, logos - ta’limot) yuritiladi. Bu multidissiplinar fan o‘z ichiga fiziologiya, biokimyo, ovqatlanish gigiyenasi va boshqa biologik va tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli masalalarni oladi. Ovqatlanish fiziologiyasi esa odam va hayvonlar fiziologiyasining maxsus boiim i boiib, uning predmeti vujuddagi barcha hayotiy jarayonlarni (aqliy va jismoniy faoliyat, hamma a’zolar va tizimlaming ishlashi, to‘qima va hujayralarda to'xtovsiz davom etadigan yangilanish, o‘sish, rivojlanish va boshqalar) tegishli quwat (energiya) uchun zarur materiallar bilan ta’minlaydigan oziq-ovqat mahsulotlariga boigan ehtiyojni aniqlash boiib hisoblanadi. Ovqatlanish fiziologiyasining asosiy vazifalari qilib quyidagilami koisatish mumkin.
- Har bir organizmda uning yoshi, jinsi, qiladigan mehnatiga qarab asosiy va qo^shimcha oziq moddalarni o'zlashtirib olish xususiyatlarini o‘rganish va shularga asosan ularda oziq moddalarga boigan talabni aniqlash;
- Oziq-ovqat mahsulotlariga boigan ehtiyojning ekologik vaziyatga (harorat, bosim, namlik va boshqalar) qarab o‘zgarishini hisobga olish va har xil muhit sharoitida istiqomat qiluvchilar uchun ovqatlanish tamoyillarini belgilash;
- Iste’mol taomlarini tayyorlashda qoilaniladigan zamonaviy texnologik jarayonlaming oziq moddalar tarkibi hamda sifatiga ta’sirini aniqlash va shunga k o ia ovqatlanish me’yorlarga tegishli tuzatishlar kiritishni fiziologik asoslash;
- Keng xalq ornmasi orasida ratsional ovqatlanishning asosiy tamoyillari haqida tushuntirish ishlari olib borish uchun ilmiy asoslangan ma’lumotnomalar tayyorlash va shu asosda yuqori ovqatlanish madaniyatiga erishish;
- Iste’mol taomlarinmg kishining yoshi, jinsi, jismoniy faolligi hamda mavjud ekologik vaziyatga ko'ra kam qabul qilinishi har ikkala holatda ham surunkali yoki yuqumli kasalliklar chaqirishini va bunday jarayonlaming fiziologik mexanizmlarini aniqlash;
- Ovqatlanish fiziologiyasi bilan biologik, tibbiy, iqtisodiy va ekologik masalalaming uzviy bogiiqligini ilmiy asoslash.
Ovqatlanish haqidagi dastlabki tushunchalaming shakllanishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu borada kishilami dastlab oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mi, yedirimliligi, manbalari kabi tomonlari qiziqtirib kelgan boisa, olov ixtiro qilinib, unda har xil yeguliklaming qayta ishlanishi bilan iste’mol taomlarining mazasiga e’tibor kuchaygan. Bir vaqtning o‘zida termik ishlov berilgan oziq-ovqatlaming yaxshi hazm boiishi ovqatlanish va u bilan bogiiq masalalaming keng koiamda rivojlanishi ga olib kelgan. To‘g‘ri ovqatlanish haqidagi ilk ma’lumotlar qadimgi Xitoy, Hindiston, Rim, yunon, arab olimlarining ishlarida mavjud. Masalan, Hindistondagi Ayuverda ta’limoti bo‘yicha, turli kasalliklaming oldini olish va davolashda mijozga muvofiq ovqatlanish zarur. Vavilon va Assuriyada yozilgan tibbiyotga oid asarlarda qorindagi og‘riq, qayt qilish, gepatit, meteorizm, ich ketishi, ishtahaning o‘zgarishi va boshqa hazm organlarining kasalliklari haqida maiumotlar berilgan. Eramizdan awalgi III asrda Erazistrat hayvonlarda hazm a’zolarining funksiyalarini o‘rganib, me’da peristaltikasini kuzatgan. Uning fikricha, hazm jarayoni me’dada ovqatning mexanik maydalanishi tufayli ro'y beradi. U murdalaming jigar va o‘t yoilarini tekshirib, kasalliklar kelib chiqishining asosiy sababi ovqatni me'yoridan ko‘p iste'moi qilish, deb ko‘rsatgan. Erazistrat ovqat ko‘p iste'moi qilinganda hazm boimay, me’da va tomirlami ifloslantiradi hamda qator kasalliklami keltirib chiqaradi, degan fikmi ilgari surgan. Eramizning I asrida Klavdiy Galen o‘z ishlarida me’da yarasini umumiy tasvirlab, uni parhez bilan davolash kerakligini aytib o‘tgan. Oziq moddalaming inson organizmi uchun foydaliligi nuqtayi nazaridan ulaming bir-biridan farq qilishi, turli xil xastaliklarga chalinganida nima yeb, nima ichish lozimligi haqidagi dastlabki fikrlar Arastu (Aristotel), Suqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), A.Navegiy va boshqalarning bizgacha yetib kelgan asarlarida uchraydi. Chunonchi, Abu Ali ibn Sinoning jahonga mashhur “Tib qonun!ari”da ovqatlanish fiziologiyasining ilmiy asoslari ilk bor bayon etilgan, deyish mumkin. Asarda ovqatlanish me’yori haqida ovqatni ishtaha bilan yemoq va ishtahani qaytarmaslik lozim, deb qayd qilinadi. Ibn Sinoning fikriga koia, ovqatlanish organizmning mijoziga, yoshiga, iqlimga va boshqa sharoitlarga bogiiq. Me’yoriy ovqatlanish uning salomatlik falsafasida asosiy oiinni egallaydi. Buyuk mutafakkir: “Yana shunisi ham borki, juda to‘yib va toiib ovqat yeyish va ichish hamma holda ham oidiruvchidir. Ovqatlanganda ortiq yeyishga o iin qolmaydigan darajada to‘yib yemaslik, balki ovqatga yana ishtaha boisa, turib undan tortinmoq lozim” - deb ta’kidlavdi. Asarda qachon ovqatlanish kerakligi borasida shunday deyiladi: “Gavdaga eng zararli narsa me'dada ovqat yetilmasdan va hazm boimasdan turib yana ovqat kiritishdir”. Ovqat yeb turganda suyuqliklar aralashtirmaslik haqida esa: “Ovqat ustiga sharob ichish eng zararli narsalardandir. Chunki sharob tez hazm boiuvchi va tez oiuvchidir. U ovqatni ham hazm boimagan holda oikazib yuboradi” - deb aytilgan o4gitlar hozirgi kunda ham ratsional ovqatlanishning asosiy tamoyillariga kiradi. Olimning asarlarida homilador va emizikli ayollarning ovqatlanishiga ham alohida e’tibor berilgan. Yuqorida nomlari tilga olingan o^tmishdagi buyuk mutafakkirlarring ovqatlanish haqidagi dono flkrlarini vengriyalik olim Kun quyidagicha haqqoniy ta’riflagan: “Suqrot, Galen va Ibn Sinolaming keyingi avlodlarga qoldirgan buyuk merosiga muvofiq, sihat-salomatlikni saqlash va muhofaza qilishda eng afzal usul to4g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar bilan shugiillanishdir”. Tirik organizmdagijam! jarayonlaming ilohiy kuchlar tomonidan boshqarilishini hayotiy asos qilib olgan vitalistik dunyoqarash jonli tabiatning, shu jumladan, ovqatlanish borasidagi to ^ r i tushunchalaming shakllanishiga uzoq vaqt g‘ov boiib keldi. Faqat XVII-XVIII asrlarda ixtiro qilingan ilmiy yangiliklar bunday vitalistik tushunchaga chek qo'ydi. Buyuk ms olimi М.У.Lomonosov tomonidan moddalar va energiya saqlanish qonunining kashf qilinishi organizm iste'moi qilgan va unda o'zgarib sarflangan moddalar orasidagi miqdoriy bogianishni ilmiy asoslab berdi. M.V.Lomonosov Kamehatkaga qilingan ekspeditsiyada shaxsan qatnashib, safar qatnashchilari ovqatida singaga qarshi tabiiy oziqaning boiishi shartligi haqida taklif kiritgan. Organizmda oziqa moddalar almashinuvining kimyoviy asoslarini oiganishda R.Reomur va A.Spallansamning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega boidi. Shuningdek, A.Lavuazening nafas olish bo6yicha oikazilgan tadqiqotlari ham bu borada asqotdi. Ushbu olimlaming tadqiqotlariga tayanib, inson organizmi tomonidan turli xil sharoitlarda sarflangan energiyani miqdor jihatdan hisoblay oladigan asbob yaratildi va organizmning ovqatga boigan talabini aniqlash uchun imkoniyat yaratildi. Hazm jarayoniga tegishli boigan klinik kuzatishlar va uslublar XYII-XIX asrlarda shiddat bilan rivojlana boshladi. Bu davr ichida qator muhim ishlar va kuzatuviar amalga oshirildi. Ya.Baptista van Gelmont o‘zining “Ortus Medicinae” kitobida ovqat hazm qilish jarayoni kimyoviy jarayon boiib, “ferment” deb nom olgan moddalar tomonidan amalga oshirilishini koisatib oidi. M. Stoll o i pufagining rak (saraton) kasalligini tasvirlab berdi. L. Spallantsani oziq mahsulotlarining me’da shirasi bilan hazm boiishini koisatdi. F. Botssini birinchi boiib to4g‘ri ichakni tekshirish usullarini tavsiya etdi. F. Uden me’da yaralarini davolashning samarali yo‘llarini aniqladi. U. Praut m e’dada xlorid kislota borligini isbotladi. A. Kussmaul amaliy tibbiyotga gastroskopiya usulini kiritib, me’da ichidagi moddalaming holatini tekshirish uchun zond usulini tavsiya qildi. K. Shtyork ikkita metall nayli endoskopni yaratdi. К. I. Vilgelm fon Kupfer jigardagi maxsus hujayralarning xossalarini tasvirlab berdi. S. Meltser odam qizilo'ngachini monometrik yo'l bilan tekshirish usulini kiritdi. Yu. Libix birinchi bo‘lib oziq moddalaming kimyoviy tarkibini aniqlagan bo‘lsa, N.Lunin vitaminlar haqidagi ta’limotga asos soldi. XIX asrga kelib har xil mehnat turiga ko‘ra kishilarda oziq moddalarga nisbatan talab turlicha bo‘lishi aniqlandi va bu sohada K.Foyt, M.Rubner, A.Danilevskiy ishlari alohida o'rin egalladi. Aholi turli qatlamlarida ovqatlanishning o‘ziga xosligini A.Dobroslavin, F.Erisman va G.Xlopinlar o'rgandi. Nobel mukofotining laureati, immunitet nazariyasiga asos solgan buyuk fiziolog I.M.Mechnikov (1845-1916) hujayra ichidagi hazm jarayonlarini yoritdi. XIX asming ikkinchi yarmida hazm a’zolarini o‘rganishda eksperimental-jarrohlik yoii bilan yondashishlar keng tarqala boshladi. Bu usulda yondashishlarga, awalo, yirik ms gastroenterologi V.A. Basov asos solgan. U birinchi bo‘lib me’daga fistula o‘matdi va me’da shirasini surunkali tajribalarda o‘rganishga muvaffaq bo'ldi. Uning ishlarini L. Tiri, L. Vela (fistulalami ichakning bitta yoki ikkala uchiga qo‘yish), R.Gaydengayn (alohida kichik me’dachani yaratish va unga fistula qo‘yish), I.P. Pavlov (barcha hazm a’zolariga fistula qo‘yish uslubini mukammallashtirish) va boshqalar davom ettirdi. www.ziyouz.com kutubxonasi XIX asming ikkinchi yarmi va XX asming boshida hazm jarayonini o‘rganishda yangi uslublarni ishlab chiqish bilan birga eksperimental (tajriba) usullar ham keng qo'llanildi. G. Kroneker va D. Mak Klendon birinchi boiib me’da kislotaliligini in vivo (organizmda) sharoitda aniqladi.U.K. Alvares elektrogastrografik usul bilan odam va hayvonlar me’da harakatining egri chiziqlarini uzib oldi.So‘rilish jarayonlarining kimyoviy va mexanik tomonlari ham o‘rganila boshlandi. (E.S.London, B.P.Babkin, B.M.Beyliss, A.Ayvi va boshqalar). Rus fiziologiyasining otasi I. M. Sechenov (1829-1905) va shartli reflekslar nazariyasining asoschisi I.P.Pavlov (1849-1936) tadqiqotlari bilan hazm va ovqatlanish fiziologiyasi haqidagi taiimot bilvosita va bevosita rivojlandi, uning o‘sha davrlargacha noma’lum boigan mexanizmlarini tushunish imkoniyatlari tug‘ildi. I.P. Pavlov bir qator jarrohlik uslublarni qayta ishlab va yaratib, hazm fiziologiyasini qaytadan kashf etgandek boidi. Uning ilmiy maktabida hayvonlaming turli a’zolariga fistula o‘rnatilib, hazm funksiyasini o‘rganishdagi surunkali eksperimentlar mukammallashtirildi. Oator hazm a’zolari: soiak bezlari, me’da osti bezlari, me’da va o‘t pufagiga fistulalar o'rnatilib, hazm sekretor suyuqliklarini ajratib olish imkoniyatlari yaratildi. I.P. Pavlov tomonidan yaratilgan “Kichik me’dacha“ usuli yordamida tabiiy shiraga o‘xshash me’da shirasi olishga erishildi. Olim ezofagotomiva (volg‘on ovqatlantirish) model! asosida hazm jarayoni boshqaruvida shartli va shartsiz reflekslaming ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Go‘sht, non va sut mahsulotlariga javoban soiak bezlari, me’da va me’da osti bezida shiralaming ajralishi har xil ekanligini, sekretor jarayonda adaptiv mexanizmlar borligini aniqladi. Hazm jarayonlarini boshqarishda shartli va shartsiz reflekslar faoliyatining ahamiyatini ko‘rsatdi. U organizmdagi jarayonlarda asab tizimi yetakchi rol o‘ynashini ta’kidlab, nervizm 13 www.ziyouz.com kutubxonasi g'oyasini ilgari surdi. 1887-yilda l.P. Pavlov “nervizm” bo'yicha Ovro’pa olimlarining (K.Ludvig, K. Bernard, J. Purkine, R. Gaydengayn) fikrlari hamda o'zinirig kuzatuvlarini umumlashtirib, “Asosiy hazm bezlarining ishi haqida ma’ruzalar” nomli kitobini yozdi. U 1904-yilda hazm jarayonida oliy asab faoliyatining rolini ko‘rsatganiigi uchun xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. l.P. Pavlovning ishlarini E.S. London, l.P. Razenkov, G.V. Foltbort, B.P. Babkin kabi olimlar davom ettirdi. l.P. Pavlov maktabidan chiqqan qator olimlaming olib borgan tadqiqotlari ovqatlanish fiziologiyasining zamonaviy fan darajasiga ko'tarilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling