12 may 2020 yil Mollyuskalar (Mollusca) tipiga umumiy tavsif
Download 23.71 Kb.
|
6.Mustaqil ish tayor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aplacophora, Xitonlar (Polyplacophora)va Monoplacophora sinfi vakillari xilma-xilligi. Aplac о phora
- Polyplacophora
- Monoplacophora
- Qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi.
- Boshoyoqlilar (Cephalopoda) sinfi.
- “miyaga aylangan” “ miya”
- 1,5 m (200 kg
- Mollyuskalar filogeniyasi va evolyutsiyasi. Mollyuskalar – paleozoy erasining boshlari (kembriy davri
- Eleutherozoa kenja tipi. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfi umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi.
- Ilondumlilar (Ophiuroidea), Dengiz tipratikanlari (Echinozoa) va Dengiz ko‘zachalari (Holothuroidea) sinflari umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi.
- Pelmatozoa kenja tipi. Dengiz nilufarlari (Crinoidea) sinfi umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi.
- Ignaterililar paleontologiyasi va filogeniyasi.
12 may 2020 yil Mollyuskalar (Mollusca) tipiga umumiy tavsif. Mollyuskalarning umumiy ta’rifi; mollyuskalar tuzilishi va ichki organlari; sistematikasi; qorin oyoqli mollyuskalar; chig‘anoq tuzilishi; mantiya va mantiya bo‘shlig‘i; ovqat hazm qilish; qon aylanish; nerv sistemasi; o‘rchishi va rivojlanishi; Aplacophora; Xitonlar (Polyplacophora); Monoplacophora; Qorinoyoqlilar (Gastropoda); bosh oyoqli mollyuskalar; kalmar tuzilishi va hayoti; ikki pallali mollyuskalar; baqachig‘anoq tuzilishi; ichki organlar sistemalari; anadontaning ko‘payishi va rivojlanishi; dengiz ikki pallali molyuskalari va ahamiyati; Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda); mollyuskalar kelib chiqishi Aplacophora, Xitonlar (Polyplacophora)va Monoplacophora sinfi vakillari xilma-xilligi. Aplacоphora C Aplakoforalar – chuvalchangsimon dengiz moluskalari bo’lib, 300 dan ortiq turi bor. Kattaligi ko’pgina turlarining o’rtacha 5 mm dan oshmaydi. Ayrim turlari uzunligi 30 sm gacha boradi.Tanasida chig’anoq o’rnida ohakli snikula bilan qoplangan. Slindirsimon chuvalchangsimon gavdasida oyoqlar reduksiyalashgan. Dengiz tubida 200 metrdan 7000 metr chuqurlikkacha uchraydi. Substratga chala qo’shilgan holda yashaydi. Bioekalogiyasi yaxshi o’rganilmagan. Polyplacophora C Xitonlar yoki pansirli mollyuskalarni birlashtiradi. Suv ostidagi qattiq substratga yopishib yashaydi. Chig’anog’I 8 ta yonma - yon joylashgan.Yassi plastinkalardan tuzilgan muskulli oyog’i keng va yupqa shaklda. Bu substratga maxkam yopishish uchun hizmat qiladi. Hozirgi paytda 800 ta turi uchraydi. Ichki organlari tuzilishi tipik mollyuskalarga xos. Xitonlarni ko’pchilgi toshlarga yopishgan holda yashaydi, suv o’tlari va boshqa organizmlar bilan oziqlanadi. MonoplacophoraC Monoplakoforalar tipik mollyuskalar bo’lib mayda, dengiz yassi mollyuskalaridir. Chig‘anog‘i yassi shaklda. Kattaligi 3 mm dan 3 sm gacha boradi. O’tmishdan yaqin vaqtgacha ularning kelib chiqishi kembriy davri yotqiziqlardan topilgan qoldiqlaridan malum edi va 1952 –yilgacha bu takson qirilib ketgan deb hisoblanar edi. O’shanda Tinch okeanining Kosta – Rika qirg’oqlaridan okean qa’ridan olingan geonamunalardan 10 ekzemplyar tirik monoplankoformalar topilgan. Shundan buyon ularning 20 turi qayd qilingan. Detridlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Suv tubida 300-7000 m chuqurlikgacha qattiq substratda yopishgan holda yashaydi. Biologiyasi yaxshi o‘rganilmagan. Qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi. Qorin oyoqli mollyuskalar soni har xil manbalarda 40 000 dan 100 000 tagacha turi borligi qayd etilgan. Aslida ishonchli tarzda qayd etilgan turlar soni 60 000 atrofida. Qazilma gastropodalar 15 000 turni tashkil qiladi. Qorinoyoqlilar okean va dengizlardan tashqari turli chuchuk suvlarda va quruqlik muhitida yashashga moslashganligi bilan boshqa sinfga mansub mollyuskalardan farq qiladi. Mazkur mollyuskalarning tanasi qorin tomonini egallagan targcharmsimon – yapaloqlashgan, katta muskulli lug‘ut oyoq; tananing oldingi qismidagi bosh; oyoqning yelka tomonida joylashgan turli shakldagi (ko‘pincha konussimon buralgan) qattiq chig‘onoqdan tuzilgan. Gavdaning oldingi qismida oyoq bilan tutashgan boshida bir juft uzun va bir juft kalta paypaslovchilari bo‘ladi. Uzun paypaslovchilarining uchida ko‘zlari bo‘ladi. Kaltasi hid va teri sezuv organi bo‘lib xizmat qiladi. Boshning ostki qismida og‘iz, uning yon tomonida ikki juft qattiq o‘simta – jag‘lar joylshagan. Chig‘onog‘i turli rangda, turli shaklda bo‘lishi mumkin. Uning asosiy qismi fosfor qavatidan, ichki qismi sadaf qavatidan iborat. Chig‘onoq himoya vazifasini bajaradi.
Boshoyoqlilar (Cephalopoda) sinfi. Bosh oyoqli mollyuskalarni 700 dan ortiq turi bor. Bundan tashqari 10 000dan ortiq qirilib ketgan turlari ma’lum. Sakkizta yoki o‘nta oyoqlari boshida – og‘zining atrofida joylashganligi uchun shunday nom berilgan bu sinfning avlodlari harakatchan. yirtqich hayvonlar bo‘lib, dengiz va okeanlarning sohil zonasidan tortib, to 5 – 8 ming mm. chuqurlikkacha keng tarqalgan. Ularda tana, bosh, mantiya bo‘shlig‘i va yuqorida aytilgan oyoqlar yaxshi rivojlangan. Chig‘onoq ba’zi eng qadimgilarida saqlanib qolgan bo‘lib, ko‘pchiligida qoldiqqa aylangan. qon aylanish sistemasi “yopiq” qoni ko‘k tusda bo‘ladi. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i yaxshi rivojlangan. Oyoqlarining ichki tomonidan bir necha qator so‘rg‘ichlar (yopishish organlari) bo‘lib, bular ovni ushlashda katta yordam beradi. Sezuv organlari juda yaxshi rivojlangan. Ko‘zi katta. Bosh oyoqlilarning nerv sistemasi markazlashib “miyaga aylangan” “ miya” maxsus tog‘ay qobig‘i bilan himoyalangan. Umurtqasizlarda tog‘ay to‘qimasi faqat shularda rivojlangan. Ayrim jinsli, lichinkasiz rivojlanadi. Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi. Hozirgi paytda ikki pallali mollyuskalarni 8000 dan ortiq turi bo’lib shundan 1300 turi chuchuk suvlarda uchraydi. Kattaligi 2 mm dan tortib 1 m gacha bo’ladi. Ayrim turlari og’irligi 300 kg. Gigant tridakna Janubiy Afrika dengizlarida uchraydi. Hammasi ikki tomoni yapaloqlashgan tarozi ikki pallasiga o‘xshash ikkita chig‘onoq bilan qoplangan, sodda bosh yo‘qolgan, mantiya bo‘shlig‘ida varaqchasimon jabralar bor (bu “sifon” deyiladi) bu tashqari bilan tutashadi. (Maxsus naycha) Mazkur o‘zgarish – ikki pallalilarning hamma avlodlarini suv tubida yoki suv tubidagi biror narsaga yopishib yoki qum (balchiq) ni yorib kam harakat holda hayot kechirishi tufayli sodir bo‘lgan. Bu hayvonlar okean, dengizlar, chuchuk suv havzalarining tubida yashashga layoqatlashgan. Ba’zilarining uzunligi 1,5 m (200 kg og‘irlikdagi) katta formalari bilan bir qatorda 1 sm li mayda turlari uchraydi. (10 – 15 sm ).
Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda) sinfi. Kurak oyoqli mollyuskalarni hozirgi zamon faunasida 500 ta turi uchraydi. Barcha vakillari tipik dengiz hayvonlari hisoblanadi, qum va balchiqni yorib (dengiz tubida) hayot kechiradi. Chig‘anog‘i uzun trubkasimon bo‘lib sut emizuvchilar tishining tuzilurishiga o‘xshash. Shunung uchun bir paytlar tishsimon mollyuskalar ham deb atalgan. Turlari kattaligi 4mm dan – 30 sm gacha bo‘ladi. Mollyuskalar filogeniyasi va evolyutsiyasi. Mollyuskalar – paleozoy erasining boshlari (kembriy davri) dan boshlab yashab kelayotgan va bir zamonlar okean – dengizlarda nihoyatda keng tarqalgan eng qadimgi hayvonlarlardir (bularning tuxumi qurigan bir necha o‘n ming qazilma turlari fanga ma’lum). Hozirgi paytda ham bu tipning yuz mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, dunyoda eng ko‘p tarqalgan hayvonlardan hisoblanadi. Mollyuskalarning hozir yashayotgan avlodlarini qiyosiy o‘rganish va qazilma qoldiqlarning tekshirish xulosalaridan ma’lum bo‘lishicha, bularning eng qadimgi avlodlari qorinoyoqlilar va to‘rt jabrali boshoyoqlilar bo‘lgan (qorinoyoqlilar hozirgi zamonda ham mazkur tip turlarining yaqin beshdan to‘rt qismini tashkil etadi). Qorinoyoqlilarning ham ko‘p qadimgi turlari yo‘qolib ketib, ularning o‘rniga yangi – o‘zgargan muhitga muvofiqlashgan formalari paydo bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari chuchuk suv havzalarida, hatto quruqlikda yashashga moslashgan formalar hosil etgan. 6.2. Ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomata). Ignaterililar (Echinodermata) tipi umumiy biologiyasi. Umumiy biologiyasi. Ontogenezda besh nurli simmetriyani rivojlanishi. Eleutherozoa kenja tipi. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfi: tana shakli, devori va skeleti; ambulakral tizimi; lokomotsiya; gaz almashinuvi; nerv tizimi; ovqat xazm qilish tizimi va oziqlanishi; ichki transport; ekskretsiya; ko‘payishi va rivojlanishi; metamorfoz; turlar xilma-xilligi. Ilondumlilar (Ophiuroidea) sinfi: tashqi va ichki tuzilishi, xayot faoliyati. Dengiz tipratikanlari (Echinozoa) sinfi: tashqi va ichki tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari. Dengiz ko‘zachalari (Holothuroidea) sinfi: tashqi tuzilishi, tana devori, shakli, xayot tarzi, ichki tuzilishi va organlar faoliyati, ko‘payishi va rivojlanishi, turlari xilma-xilligi. Pelmatozoa kenja tipi. Dengiz nilufarlari (Crinoidea) sinfi: tana shakli, devori; muskulaturasi va lokomotsiya; ovqat xazm qilish tizimi va oziqlanish; ichki transport; gaz almashinuvi va ekskretsiya; nerv tizimi; ko‘payishi va rivojlanishi; turlari xilma-xilligi. Ignaterililar paleonto-logiyasi va filogeniyasi. Eleutherozoa kenja tipi. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfi umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi. Dengiz yulduzining tuzilishi va organlar sistemalari. Oddiy dengiz yulduzi – turli ochiq dengiz va okeanlarda, janubiy dengizlarda ko‘p tarqalgan. Dengizda sohil doirasida Rossiyada Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda tarqalgan. Dengiz yulduzi besh nurli yulduz shaklida, turli rangda (qizil, oqish, ko‘kimtir) o‘rtacha 10-25 sm, ba’zilari 50-60 sm kattalikda. U yirtqichlik bilan hayot kechirib dengiz tubidagi turli hayvonlar, ko‘pincha ikki pallali mollyuskalar bilan ovqatlanadi. Dengiz yulduzining beshta katta va harakatchan uchi ingichkalashgan o‘simtalari qo‘llar deb atalib, bularning uchida bir nechta kalta paypaslovchi (teri, sezuv organ)lari va ko‘zi joylashgan. “Qo‘llar” ni tutashtiruvchi markaziy (tana) qismi - disk deb nomlanadi. Diskni ostki qismi “oral” tomoni, ustini esa, “aberal” deb ataladi. Pastki “oral” tomonida og‘iz, “aberal” tomonida “anal” teshigi uning yonida esa suv bilan harakatlanadigan ambulakral organiga suv o‘tkazgich – madrepora plastinkasi joylashgan. Qo‘llarning oraliqlarida jinsiy organlarning yo‘llari ochilgan. Erkagi va urg‘ochisi bir xil. Oral tomonida diskdan boshlab “qo‘llar” ning uchiga qarab yo‘nalgan, “ariqcha” bo‘lib, ariqchaning ichki va yon tomonida yuzlarcha harakatchan o‘simtalar – ambulakral oyoqchalar joylashgan. Dengiz yulduzlarining hozirgi okean va dengizlarda tarqalgan 1500 turi bor. (10000 m chuqurlikda yashaydigan turlari ham bor). Asosan shimoliy dengizlarda, Barens dengizida tarqalgan. Janubiy dengizlarda yashaydigan dengiz yulduzlarida qo‘llar soni 8,16,45 tagacha, kattaligi 50-80 sm keladi. Dengiz tubidagi ikki pallalilar, qorin oyoqlilar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Bular foydali mollyuskalarni yeb zarar keltiradi.
Ilondumlilar (Ophiuroidea), Dengiz tipratikanlari (Echinozoa) va Dengiz ko‘zachalari (Holothuroidea) sinflari umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi. Tashqi tuzilishi. Ofiuralar tashqi ko‘rinishidan dengiz yulduzlariga o ‘xshab ketadi. Lekin ulardan ko‘pchilik belgilari bilan farq qiladi. Tanasi besh nurli simmetriyaga ega bo‘lib, markaziy diskdan va nurlardan iborat. Dengiz yulduzlaridan o'laroq ofiuralaming nurlari markaziy diskdan keskin ajralib turadi. Nurlari uzun va ingichka, ba’zan dixotomik shoxlangan. Nurlari ichida ichak yoki jinsiy bezlari bo‘lmaydi. Tanasining ostki tomonida og‘zi bor; chiqarish teshigi bo‘lmaydi. Nurlarining skeleti yaxshi rivojlangan. Skelet plastinkalari nurlarida 4 qator bo‘lib Dengiz tipritikanlari - tanasi qattiq ohak ignalar bilan qoplangan dengiz tubida yashovchi bentos hayvonlar. Shakli sharsimon bo‘lib, tanasining diametri 2-3 sm dan 15-20 sm gacha yetadi. Normal sho‘rlangan ochiq dengizlarda tarqalgan. Tashqi tuzilishi. Sharsimon tanasi besh nurli simmetriyali bo‘ladi. Pastki biroz yassilashgan oral tomonida og‘iz teshigi, qarama- qarama 438 aboral tomonida anal teshigi, jinsiy organlarining beshta teshiklari va raadreopor plastinkasi joylashgan. Tanasini qoplovchi ignalari turlicha tuzilgan. Birqancha vakillarida ignalari kalta, ingichka va o'tkir bo‘Isa, boshqalarida - yo‘g‘on va uzun bo‘ladi. Og‘iz teshigidan tana sirti bo‘ylab beshta egatcha o‘tadi. Bu egatchalarda ambulakral oyoqchalar joylashgan. Dengiz tipritikanlarining nurlari bo'lmasada, organlarining joylanishi ulaming besh nurli simmetriyali hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Tipritikanlar skeleti kuchli rivojlangan. Tanasining og‘iz va anal teshigi atrofidan tashqari hamma qismi ohak plastinkalardan iborat qattiq sovut bilan qoplangan. Sovut skelet teri ostida ikki qator bo‘lib joylashgan o ‘n juft meridional plastinkalar qatoridan iborat. Bu plastinkalar qatorining 5 juftida juda ko‘p teshikchalar bo‘ladi. Teshikchalardan ambulakral oyoqchalar chiqib turadi. Ambulakral plastinkalar o ‘rtasida birmuncha yirikroq, interambulakral plastinkalar yotadi. Har bir interambulakral plastinka aboral tomonida joylashgan bitta jinsiy plastinka bilan tutashadi. Bu plastinkalarda jinsiy teshigi bo‘ladi. Jinsiy plastinkalardan birida juda ko‘p teshikchalar bo‘lib, u madreopor plastinkasihisoblanadi. Goloturiyalar, ya’ni dengiz ko‘zachalari skeleti reduksiyaga uchragan, bilaterial simmetriyali hayvonlar 600 ga yaqin turi ma’lum. Tashqi tuzilishi chuvalshangga o'xshash cho‘ziq. Ayrim vakillarming uzunligi 1 m ga yetadi. Tanasi bir uchida paypaslagichlar bilan o‘rgan og‘iz teshigi, qarama-qarshi tomonida esa anal teshigi joylashgan. Asosiy tana o‘qi gorizontal joylashganligidan oral qutbi tanasining oldingi tomoni, aboral qutbi esa keyingi tomoni hisoblanadi. Oldindan orqaga beshta egatchalar ketgan. Har qaysi egatchada ikki qatordan ambulakral oyoqchalari yaxshi rivojlangan bo‘lib, so‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan. Ikkita ustki egatchalardagi ambulakral oyoqchalari yaxshi rivojlanmagan. Ayrim goloturiyalaming oyoqchalari umuman bo‘lmaydi. Goloturiyalar og‘iz teshigi atrofida beshta oddiy yoki shoxlangan murakkab paypaslagichlari bor. Paypaslagichlar ambulakral oyoqchalarining o'zgarishidan kelib chiqqan bo‘lib, har xil tuzilgan. Ayrim turlarining paypaslagichlari kalta bo‘ladi. Ular yordamida hayvon balchiq yoki qumni qamrab olib, undan oziqni ajratib oladi. Boshqalarining paypasligichlari kuchli shoxlangan bo‘lib, ular yordamida turli mayda jonivorlami tutadi.
Pelmatozoa kenja tipi. Dengiz nilufarlari (Crinoidea) sinfi umumiy tuzilishi va turlar xilma-xilligi. Dengiz nilufarlari - o ‘troq yashovchi eng qadimgi hayvonlar; Ignaterililar tipining eng yuksak, lekin hozir yo'qolib borayotgan sinfi. Paleozoy va Mezozoy eralarida dengizlarda keng tarqalgan. Hozirgi turlari soni 700 ga yaqin.Tashqi tuzilishi. Qadimgi dengiz nilufarlari o ‘troq yashagan, tanasi suv ostiga yopishib turadigan poyacha ustida joylashgan. Hozirgi ко‘pchilik nilufarlaming poyachasi bo‘lmaydi. Maxsus mo‘ylovlar yordamida suv tubiga yopishib oladi yoki erkin suzib yuradi. Dengiz nilufarlarining tanasi kosachaga o‘xshaydi. Kosachadan beshta qo‘li boshlanadi. Qo‘llar kosacha yaqinida shoxlanganligi tufayli ulaming soni o ‘nta bo‘lib qoladi. Ayrim nilufarlaming qo‘li ketma-ket bir necha marta shoxlangan. Poychasi bir necha qator bo‘lib joylashgan, o ‘zaro harakatchan qo‘shilgan ohak b o ‘g ‘imlardan iborat. Ayrim b o ‘g ‘imlarida harakatchan va bo‘g ‘imlarga bo'lingan mo‘ylovlari ham bor. Pastki mo‘ylovlari suv ostiga yopishish vazifasini bajaradi. Poyasiz nilufarlarda bunday mo‘ylovlar aboral tomonida joylashgan markaziy plastinkadan chiqadi. Aboral tomonining o ‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan. Og‘iz teshigidan qo‘llar tomonga ambulakral egatlar chiqadi. Egatlar ham qo'llar singari ikkiga ajralib, qo‘llar bo‘ylab ketadi. Nilufarlaming ikki yonida pinnulalardeb ataladigan o ‘simtalar bo‘ladi. Ambulakral egatlar pinnullalarda ham bor. Egatlar ichida juda ko‘p so‘rg‘ichsiz ambulakral paypaslagichlar joylashgan. Paypaslagichlar nafas olish va tuyg‘u vazifasini bajaradi.
Ignaterililar paleontologiyasi va filogeniyasi. Ignaterililar tuzilishining xilma-xilligi ulaming kelib chiqishini tushuntirishni qiyinlashtiradi. Anal tesliigining blastopor o ‘mida paydo bo'lishi, mezodermaning kelib chiqishi va nihoyat uch bo‘g‘imli lichinkasi ulami ikkilamchi og'izli hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Ignaterililaming kelib chiqishini ulaming hammasi" uchun umumiy bo‘lgan diplevrula lichinkasi orqali tushuntirish mumkin. Diplevrulaning tuzilishi ignaterililaming ajdodlari ikki tomonlama simmetriyali oligomer (kam bo‘g‘imli) erkin harakatlanadigan hayvon bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ulaming og‘iz teshigi tanasining oldingi tomoniga, anal teshigi keyingi tomoniga yaqinroq joylashgan; selom bo‘shlig‘i 3 juft xaltachalarga ajralgan. Bunday gipotetik organizm faqat ignatanlilamigina emas, balki hamma ikkilamchi og'izlilaming ham ajdodi bo‘lishi mumkin. Chunki Chalaxordalilar va Pogonoforalar voyaga yetgan davrida ham tanasi uchta bo‘g‘imdan iborat. Ayrim chalaxordalilar lichinkasi ignatanlilaming diplevrula lichinkasiga о ‘xshash bo ‘lib, selomi uchga bo‘lingan. Xordalilar, xususan lansetnikning embrional rivojlanishida ham selom uchta bo‘limdan iborat bo‘lgan davmi o ‘tadi. Voyaga yetgan hayvondan tana bo’limlari oxirgi juft selomni ikkilamchi tarzda bo ‘linishi natijasida kelib chiqadi. Bilateral erkin yashovchi ajdodlarning o ‘troq yashashga o‘tishi bilan dastlabki radial simmetriyali ignaterililar kelib chiqqan. Dastlabki hayvonlar oldingi og‘iz tomoni bilan suv tubiga yopishganligi tufayli og‘iz teshigi orqaga, ya’ni substratdan uzoqroq tomonga asta-sekin ко‘chib o‘tib, orqa tomoni oral qutbiga aylangan. Selom xaltalari ham o ‘z joyini o'zgartirib, organlarning bilaterial joylashishi o ‘miga asimmetrik joylashish kelib chiqqan. Terida ohak plastinkalardan iborat himoya skeletining paydo bo‘lishi bilan qirilib ketgan dastlabki ignaterililardan karpoidlar(Carpoidea ) va keyinroq sharsimon ignaterililar - sistoidlar(Cystoidea)kelib chiqqan. Haqiqatan ham silur davrida keng tarqalgan sistoidlar asimmetrik tuzilishga ega bo'lgan. Ulaming oral tomoni markazida og‘iz teshigi, og‘izdan chetroqda asimmetrik tarzda anal, jinsiy va madreopor teshiklari joylashgan. O'troq yashashga о ‘tgan hayvonlar og‘iz teshigi atrofida keyinchalik suvdan oziq zarralarini yig‘ishga moslashgan kiprikli radial ambulakral egatchalar paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlash tufayli bu egatchalar eng qulay holatni egallagan va ulaming soni doimiy 5 ta bo‘lib qolgan. Evolyutsiya 447 jarayonida skelet plastinkalari va ichki organlaming joylashishi ham egatchalaming joylashishiga, ya’ni radial simmetriyaga moslasha borib, besh nurli simmetriya kelib chiqqan. Eng so'nggi navbatda ovqat hazm qilish va jinsiy sistemasi radial simmetriya holatiga ega bo‘lgan. Chunki hozirgi ignaterililar orasida goloturiyalar, dengiz tipritikanlari va nilufarlaming ichagi naysimon tuzilgan, goloturiyalaming jinsiy bezlari esa bitta bo‘ladi. Hozirgi ignaterililar tuzilishining bir qancha xususiyati, xususan tosh kanali, o ‘q organi va madreopor plastinkasining ekssentrik joylashishi nurli simmetriyaga mos kelmaydi. Download 23.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling