Defektologiya yo’nalishi 1-2 guruh talabasi Ashurova Munisaning Anatomiya. Odam genetikasi REFERATI
Tekshirdi: Odinayeva N.N.
2 023-o’quv yili Muskularning turkumlari. Muskullar ishi Reja:
Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari.
Muskullarning ishlashi.
Tayanch harakatlanish tizimi rivojlanishida jismoniy tariya va mehnatning roli.
Foydalanilgan adabiyotlar
Muskullar
Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq M.ga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi.
Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi. Baʼzi M.ning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). M.ning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. M.da kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan M. sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |