Referati tekshirdi: Odinayeva N. N. 2 023-o’quv yili
Download 0.71 Mb.
|
Muskularning turkumlari. Muskular ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-harakatlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan. To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo'ladi. Uning bunday tUzilishi tan a massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta'minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasi (gumbaz qismi) kengayib, o'yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba'zida esa oyoq yuzasining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo'lib qoladi. Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko'proq yurganda, yugurganda, og'ir yuk ko'targanda oyog'ining tovon-kaft va boldir muskullarida og'riq paydo bo'ladi. Yassioyoqlik umurtqa pog'onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo'ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to'g'ri tuta olmaydi; - yassioyoq odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo'llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining massasi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og'riq seziladi; - bunday odamlar ko’proq tik turganda va yurganida oyog'ining kaft yuzasi yana kengayadi va ertalab mos bo'igan poyabzal kunning ikkinchi yarmida oyoqni siqa boshlaydi; - yassioyoqlikda tananing massasi ko'proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.Yassioyoqlik tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Tug'ma bo'lishi bu nasldan-naslga berilishi yoki bola embrionining rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin. Yassioyoqlikning tug'ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat: - bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) bosh lab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog'ida tik turg'izish; - yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish; - o'quvchilar kun bo'yi poshnasiz sport, poyabzalida yurishi (sport poyabzalini faqat mashg'ulot vaqtida kiyish kerak); - poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo'lgan poyabzallarni kiyish; - og'ir yuk ko'tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ana shulami hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e'tibor berish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar Fayzulla Bahadirov «Odam anatomiyasi» - Toshkent 2005 yil Sagatov.T.A Mirsharopov.U.M-Odam anatomiyasi-2011yil S.S. Azimov “PLASTIK ANATOMIYA”. № 022853. 08.03.2022 “KAMOLOT” nashriyoti, BUXORO 2022 Mirsharapov U.M., Sagatov T.A.- Odam anatomiya -2014 yil Odam anatomiyasi: Bosh muskullari - Milliy Tibbiyot Portali http://odam8.narod.ru/tayanch-harakatlanish sistemasi Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling