Referati tekshirdi: Odinayeva N. N. 2 023-o’quv yili


Tayanch-harakatlanish sistemasining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli


Download 0.71 Mb.
bet6/8
Sana18.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1707440
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muskularning turkumlari. Muskular ishi

Tayanch-harakatlanish sistemasining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli
Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o'sishi, rivojlanishida, qad-qomatning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish natijasida muskul to'qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko'payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Tekshirishlardan ma'lum bo'lishicha, jismoniy mashq bilan shug'ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (kapillyar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko'p bo'ladi. Bunday odamlarmuskullarining, qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta'minlanishi yaxshi bo'lganligi uchun muskul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogen miqdori ko'payadi. Bu esa muskul tolalarining yo'g'onlashuviga va ular mustahkam bo'lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat, mustahkam bo'lishi, o'z navbatida, suyaklarning yaxshirivojlanishiga, ulaming mustahkam bo'lishiga irnkon beradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug'ullansa, tayanch harakatlanish sistemasining o'sishi, rivojlanishi, shakllanishi yaxshi bo'ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim organ va sistemalari (o'pka, yurak, qon tomir, jigar, buyraklar, oshqozon-ichak, nervlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta'siriga chidamli va chiniqqan bo'ladi. Ma'lumki, bunday kishilar kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko'radi. Mashhur fiziolog I. P. Pavlov 87 yil umr ko'rgan. U juda ishchan, sog'lom, o'tkir zehnli, harakatchan, tetik odam bo'lgan, chunki u muntazam ravishda jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullangan. U jismoniy mehnatning ahamiyati haqida: «Men butun umrim bo'yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini, hatto ortiqroq sevaman» deb yozgan edi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling