Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatlari Reja
Download 223.36 Kb.
|
(T) Oshqozon ichak
Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatlari Reja Oshqozon-ichak sistemasining psixogen buzilishlari Psixogen anoreksiya va shu bilan bog‘Iiq bo‘Igan boshqa simptomlar. Me’da ichak tarkti Ruhiy siqilishlarda oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish, qorindaog‘riqlar) Gippokrat davridan buyon m a’lum. Tanada kechadigan har qanday jarayon miya ishtirokisiz bo‘lmasligi Gippokrat, Galen va Dekart asarlaridaqayd qilingan. Galen va Ibn Sino «qora o‘tning» o‘t pufagida ko‘payib ketishi ipoxondriyagaolib kelishini aytib o'tishgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida oshqozon-ichak sohasida asab buzilishlari sababli uchraydigan turli belgilar va ularni davolash usullari haqida yozib qoldirgan. «Vujud ruh amriga voojibdir» degan edi Ibn Sino. Hozirgi davrda o‘tkir va surunkali asab buzilishlaridan keyin rivojlanadigan oshqozon-ichak sohasidagi buzilishlarga ta’rif berish uchun turli atamalar taklif qilingan: «abdominal ipoxondriya», «abdominal depressiya», «psixogen gastrointestinal sindrom», «somatogen depressiya» va hokazo. Lekin shuni alohida ta ’kidlash lozimki, agar yurak va nafas olish sistemalarining psixogen buzilishlarida bem orlar nisbatan nevropatologga ko‘proq murojaat qilishsa, oshqozon-ichak kasalliklari to‘g‘risida bunday xulosa qilish juda qiyin. Negaki, aksariyat bemorlar (hatto doktorlar ham) oshqozon-ichak sistemasining faoliyati buzilganda nevropatolog yoki psixologga murojaat qilishmaydi. Buni tushunish mumkin albatta, chunki odamlarning tasawurida «oshqozon miyadan uzoqda joylashgan va ularning bir-biriga aloqasi yo‘q». 0 ‘tgan asrning boshlarida mashhur nevrolog olimlardan biri (Strumpel A., 1902) dispepsiyalarning 70 foizida hissiy zo‘riqishlarning ahamiyati kattadir, degan edi. Ovqat hazm qilishning funksional buzilishlari, abdominalgiyalar, umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi kabi simptomlar, xuddi bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi simtomlari kabi nevrasteniyaning asosiy simptomlaridir (Silverberg М., 2002). 0 ‘tkir yoki doimiy ruhiy jarohatlar, jinsiy muammolar, qattiq qo‘rquv kabi omillar oshqozon-ichak faoliyatining funksional buzilishlariga olib kelishi mumkin. Bunday paytlarda mutaxassislar «gastrointestinal beqarorlik» haqida so‘z yuritishadi. Bu toifa odam - larda ruhiy siqilishlar paytida albatta oshqozon-ichak faoliyati buziladi, biroq bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, nafas yetishmovchiligi kabi simptomlar kuzatilmasligi mumkin. Shuning uchun ham ipoxondriyada o‘t yoMlari diskineziyasi, doimiy anoreksiya (ular ovqatni qorin ochganda emas, soatga qarab yeyishadi), qabziyat yoki diareya ko‘p uchraydi. Bu simptomlar bemorning kayfiyatiga qarab, goh kuchayib, goh pasayib turadi. Aynan ana shu bemorlar terapevtik muolajalar uzoq vaqt yordam bermaganligidan tabiblarga murojaat qilishadi. Har bir gastroenterolog psixolog bo'lishi davr talabidir, deb yozgan edi R.A.Luriya (1941). Uning bu so‘zlari hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Bemorlarning tabiblarga va antiqa davolash usullariga bo‘lgan qiziqishi sabablarini biz «Deontologiya» bo'limida yoritganmiz. Download 223.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling