Oshqozon ichak-kasalliklarida bemolarning psixologik xususiyatlari Reja


Download 223.36 Kb.
bet4/5
Sana22.12.2022
Hajmi223.36 Kb.
#1042402
1   2   3   4   5
Bog'liq
(T) Oshqozon ichak

Abdominal og‘riqlar. Qorin sohasidagi og‘riqlar xuddi bosh va
yurak sohasidagi og‘riqlar kabi dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Bu sindrom bilan bemorlar, odatda, tez-tez doktorlarga murojaat
qilib turishadi (terapevtdan tortib, to onkologgacha). Bolalarda qorin
sohasida psixogen xususiyatga ega bo‘lgan o‘tib ketuvchi og‘riqlar 2
foizni, kattalarda 40 foizni tashkil qilarkan (Silverberg М., 2002). R.B.Teylorning (2002) ma’lumotiga ko‘ra, tez yordam bo‘limiga olib kelingan bemorlarning kamida 20 tadan bittasi qorin sohasidagi
og‘riqlardan shikoyat qilarkan. Shunisi e’tiborliki, bu bemorlarning
41 foiziga «qorin sohasida sababi aniqlanmagan og‘riq» deb yakuniy tashxis qo‘yilarkan. Moskva klinikalarining birida qilingan ilmiy tahlil shuni ko'rsatganki, «appenditsit» tashxisi bilan operasiya qilinganlarning har uchtasidan bittasida, olib tashlangan o‘simta gistologik tekshiruvdan o ‘tkazilganda, normal holatda bo‘lgan. Rossiyadagi vegetativ patologiya markazida o'tkazilgan tekshiruvlarga muvofiq,
qorin sohasidagi og‘riqlar sababli qo‘yilgan «ganglionevrit», «solyarit» kabi tashxislar keyinchalik noto‘g‘ri bo‘lib chiqib, bemorlarda og'riqlar affektiv buzilishlar natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Psixogen abdominalgiyalarni M.I.Astvatsaturov (1934) umumiy
psixogen giperesteziyaning bir turi, bu impulslar ongdaaks etmasada, og‘riq shaklidaqabul qilinadi, degan.Umumiy psixogen giperesteziyaga glossalgiyalar (glossodiniya) yaqqol misol bo‘la oladi:
bemorlar tilida paydo bo‘ladigan, gohida chidab bo‘lmas darajada
kuchli bo'lgan og‘riqlardan shikoyat qilishadi. Ularning jig‘ildoni va
qizilo'ngachi juda sezgir bo‘ladi: tez-tez kekirish natijasida oshqozondagi kislotali moddalarning yuqoriga ko'tarilib turishi bemorlarning jig‘iga tegib, ovqat yeyishdan bosh tortishgacha olib keladi.
Bunday bem orlar sal issiq choyni, issiqroq ovqatni ham icha olmaydilar; chunki bu darrov ularning jig‘ildonini «qaynatadi» va ko'krak sohasida qattiq og‘riq paydo qiladi, shuning uchun ular
doimo suyuqliklarni iliq holatda qabul qilishadi. Har qanday tashqi va ichki ta’sirlarga ortiqcha e’tibor qilaveradigan bu bem orlar o ‘ta injiq bo‘lib qolishadi: «Е xudoyim-yey, bu qanaqasi, nega men
boshqalarga o ‘xshab ishtaha bilan ovqat tanow ul qila olm ayman,
qornim doim o to ‘q yuradi, ochiqm aym an, bir tishlam nonni og‘zimga solsam ham qornim shishib ketadi, og‘riy boshlaydi» deb yig‘i qilishadi. Shuning uchun bu bemorlarda ovqatlanish vaqti keldi
deguncha qo‘rquv boshlanadi, ularga birov ovqat yeng deyishi
shart emas, soatga qarab ham «tushlik payti bo'ldi, mening esa ishtahamyo‘q, ana yanajig‘ildonim qaynay boshladi, ovqat yemasam o‘lib qolaman-ku» deb aziyat chekishadi. Och yurish natijasida har
ikki-uch soatda oshqozon-ichak sistemasining peristaltikasi kuchayib,
qorin sohasida og'riqlar paydo qiladi va borib-borib bu holat teztez takrorlanadigan bo‘lib qoladi. Mana shundan keyin bem orda qattiq azoblar boshlanadi, u ovqat yemaganimdan «yara kasaliga»
duchor bo‘ldim deb jarrohlarga murojaat qila boshlaydi, zondlar
yutib, oshqozonini bir necha marta tekshirtiradi ham. Bemorni birinchi bor tekshirganda: «Sizda yara yo‘q, bor-yo‘g‘i oshqozon shilliq qavatida ozgina o'zgarishlar bor, bunaqa o'zgarish hozir kimda yo‘q deysiz» deb doktorning tinchlantirishiga qaramasdan, u «men rejim
bilan ovqatlanmayapman, bunaqada oshqozonim yara bo‘lib qolishi hech gap emas, meni yana tekshirib ko‘ring» deb iltimos qiladi.
Zond yutish ular uchun o'lim bilan barobar bo‘lsa-da, ba’zi bemorlar aytganidan qolmaydi. Bitta bemor qornini uch marta operatsiya qildirgan va hech narsa topishmagach, boshqa bir jarrohning
maslahatiga binoan ovqat yaxshi o‘tishi uchun maxsus ballon yordamida qizilo'ngachi «kengaytirilgan».
Abdominal og‘riqlar, ayniqsa, hissiy zo‘riqishlardan keyin,
kayfiyat buzuq paytlarda va asosan kunning ikkinchi yarmida paydo bo‘ladi. Ba’zan og‘riqlarning aniq bir soatlarda boshlanishi e’tiborga loyiq. Masalan, ertalab bemorlar o'zlarini yaxshi his qilib
turishadi, kechga borib qorinda og‘riqlar paydo bo‘ladi yoki buning
aksi kuzatiladi. Parhyez saqlash ularning ahvolini battar og‘irlashtiradi, ya’ni ular faqat parhyezni buzib qo‘ymaslik, ovqat vaqtiga amal qilish, parhyez uchun zarur bo‘lgan masalliqlarni qanday
topish haqida o‘ylab yurishadi. Asabning bunday zo'riqib ishlashini
albatta ular ko‘tara olmaydilar va parhyezni ham buzib yuborishadi va hatto, biroz yengil ham tortishadi. Natijada ular tibbiyotdan bezib, yangi antiqa usullar bilan davolaydigan «doktorlarni», tabiblarni izlay boshlashadi.

Download 223.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling