Referati tekshirdi: Odinayeva N. N. 2 023-o’quv yili
Download 0,71 Mb.
|
Muskularning turkumlari. Muskular ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskullaming ishlashi
Muskul qisqarishiMuskul qisqarishi - normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi, muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kaltalanishi yoki taranglanishida namoyon boʻladi. Muskul qisqarishi, odatda, biror ish bajarilishini taʼminlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar: miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chogʻida har ikki oqsil oʻzaro taʼsir etib, aktomiozin kompleksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi uchun zarur energiya, aktomiozin va adenozintrifosfat kislotattt oʻzaro taʼsirlashuvidan yuzaga keladi. Bundan tashqari, muhitda maʼlum miqdorda kalsiy ionlari Sa+2 boʻlgandagina Muskul qisqarishi roʻy berishi aniqlangan. Muskullaming ishlashi Odam tanasining harakatlari ma'lum muskullar guruhining ishlashi natijasida bajariladi. Muskullar maxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan. Muskullarni harakatga keltiruvchi nerv hujayralari, ya'ni motoneyronlarning har biri o'z tolalari orqali o'nIab va yuzlab rnuskul tolalari bilan tutashadi. Nerv tolasi rnuskul tolasi bilan tutashadigan joyda yupqa pardadan iborat maxsus plastinkalar bo'lib, ular sinaps deb ataladi. Motoneyron, uning tolasi va u tutashgan muskul tolasi birgalikda muskul-nerv harakat birligini hosil qiladi. Motoneyron qo'zg'alganda uning tolasi uchidan kimyoviy moddalar (atsetilxolin, adrenalin) ajralib, sinaps bo'sWig'iga o'tadi. Ular muskul tolasiga ta' sir etib, uni qo'zg'atadi, natijada rnuskul qisqaradi. Qisqargan rnuskul harakatlanadi va ish bajaradi. Skelet muskullarining ishi ikki xii bo'ladi: statik va dinamik. Muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari ma'lurn vaqt davomida zarur bo'lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qo'lni. oldinga yoki yuqoriga ko'tarib turish, start oldi holati kabilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirrnaydi, balki uning yuqorida ko'rsatilgan zarur vaziyatlarda rna'lurn vaqt saqlanishini ta'minlaydi. Sportchining bursda mashq bajarish oldidagi stalik holali. Muskulning dinamik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari har xil harakatlarni bajaradi. Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va hokazo. Yelka muskullari dinamik harakatining tasviri. yelkaning oldingi ikki boshli muskuli; yelkaning orqa qismidagi uch boshli muskul. yelkaning ikki boshli muskuli qisqarganda qo'lning tirsak bo'g'imi bukiladi; yelkaning uch boshli muskuli qisqarganda qo'lning tirsak bo'g'imi yoziladi. Sportchining yugurish vaqtidagi dinamik harakati. Download 0,71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling