Qanday omillar firmaning tashqi tanlovlariga ta’sir etib
Download 23.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Presentation(1) (1)
Qanday omillar firmaning tashqi tanlovlariga ta’sir etib uni ichki moliyaviy kapitaliga qarshi qo’yadi. Reja • • • • Qanday omillar firmaning tashqi tanlovlariga ta’sir etib uni ichki moliyaviy kapitaliga qarshi qo’yadi Firma molyaviy siyosatining maqsadi. Notijorat asosida xo'jalik yuritish. Xulosa. Qanday omillar firmaning tashqi tanlovlariga ta’sir etib uni ichki moliyaviy kapitaliga qarshi qo’yadi? • Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda o'ziga xos omil bo'lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. • Bank va sanoat kapitalining real qo'shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo'lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish miqiyoslari o'sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o'zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar o'sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik ko'lamdagi moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda. • Tashqi omillarni tahlillash. Umumiy boshqaruv metodi qanday bo’lishidan qat’iy nazar u tashkilotga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni inobatga olmasa, kutilgan natijani bermaydi. Tashqi omillar – tashkilotga ta’sir qiluvchi barcha tashqi iqtisodiy, ijtimoiy omillar hisoblanadi. Strategiya tuzishda tashkilotga ta’sir qiluvchi omillarni inobatga olish muhim va bunda iqtisodchi olimlar G.Johnson va K.Scholeslar quyidagi modelni taklif qiladilar(Johnson and Scholes model): 1-qadam: Tashqi ta’sirlarning tabiyatini aniqlash(o’zgaruvchanmi yoki stabilmi?); 2-qadam: Tashkilotga avval ta’sir qilgan, ta’sir qilayotgan va kelajakda ta’sir qilishi mumkin omillarni aniqlab olish. 3-qadam: “Tashkilotga yaqin yoki raqobatdosh muhitning kuchli jihatlari”ni aniqlaydigan tizimli tahlil rejasini tuzish; Ushbu qadamlar asosiy vazifalarini belgilab beradi. So’ng quyidagi savollarga javoblar izlanadi: 4-qadam: Tashkilotning boshqa tashkilotlarga nisbatan pozitsiyasi qanday? 5-qadam: Tashqi omillar qanday tahdidlar yoki imkoniyatlar yaratadi? Firma molyaviy siyosatining maqsadi. • • Firma moliyaviy siyosatining maqsadi nimalardan iborat bo’lishi mumkin? firma moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom faoliyat ko’rsatishiga erishish; yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va kasodga (bankrotga) uchrashdan himoyalanganlik; raqiblar bilan kurashda yetakchi likka (lider bo’lishga) erishish; korxonaning bozor qiymatini ko’paytirish; korxona iqtisodiy salohiyatining barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash; mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish; foydani maksimallashtirish; xarajatlarni minimallashtirish; rentabelli faoliyatni ta’minlash va boshqalar Notijorat asosida xo'jalik yuritish. • Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususiyatlari Notijorat asosda xo'jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: • faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo'naltirilganligi; • e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish; • bozor xo'jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo'shib olib borish. Iqtisodiyotdagi muvozanat va tebranish jarayonlarini tavsiflovchi asosiy omillarni aytib bering. Iqtisodiy siklning asosiy fazalari ko'tarilish, inqiroz, depressiya va jo n lan ish d an iborat. Siklik tebranishlarni tadqiqot obyekti sifatida o'rgangan qator iqtisodchi olimlar sikllarning yuzaga kelishiga sabab bo'luvchi omillar sifatida muvozanat m odellari asosida yotgan omillarni ajratib ko‘rsatishadi Xulosa • • • • • Xulosa qilish mumkinki Texnologik taraqqiyotni uch turga bo'lish mumkin. a) kapitalni tejash: ishlab chiqarish birligi uchun kamroq kapital va bir xil mehnat sarfini talab qiladigan texnik taraqqiyot. b) neytral: mehnat va kapitalni avvalgidek nisbatda, har bir mahsulot birligiga kamroq sarflagan holda texnik taraqqiyot. v) mehnatni tejash: ishlab chiqarish birligiga nisbatan kamroq mehnat va bir xil miqdordagi kapital talab qilinadigan texnik taraqqiyot. • • Shunday qilib, texnologik taraqqiyot o'sishni rag'batlantirishi mumkin, lekin ayni paytda to'liq bandlik maqsadiga zid keladi. Buning yana bir oqibati shundaki, ishlaydigan odamlar iqtisodiy o'sishdan yuqori maosh ko'rinishida foyda ko'radilar, ammo yangi texnologiya tufayli ishsiz qolgan odamlar pastroq daromadga ega bo'ladilar. Shunday qilib, iqtisodiy o'sishga qaramay, boylar boyib ketish, kambag'allar esa qashshoqlashib ketish xavfi bor va ko'pchilik buni nomaqbul deb biladi. Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling