Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet1/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4


Morfologiya. Ot so‘z turkumi
Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Reja:



  1. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot.

  2. Grammatik son kategoriyasi.

  3. Egalik kategoriyasi.

  4. Kelishik kategoriyasi

  5. Sifat so‘z turkumi

  6. Son so‘z turkumi

  7. Olmosh so‘z turkumi

Hozirgi о‘zbek tilida bо‘lganidek, eski о‘zbek tilida ham sо‘z turkumlarining yirik uch guruhi qayd qilinadi. Bular mustaqil sо‘zlar, yordamchi sо‘zlar va undovlar. Lekin bu sо‘z turkumlarining ichki kategoriyalari uzoq davrlar mobaynida о‘ziga xos ravishda taraqqiy etib keldi. Professor SH.Shukurov bu tarixiy taraqqiyotni uch bosqichga ajratadi:


Birinchi bosqich. Bu bosqichni XIV asrning oxirigacha bо‘lgan davr tashkil etadi. Bu davr eski о‘zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bо‘lib, bu davr tilida qadimgi turkiy tilga oid kо‘pgina formalar yangi formalar bilan parallel qо‘llanib kelgan hamda yozma yodgorliklarda dialektal hodisalar kо‘plab aks etgan. Shuningdek, bu davr tilida boshqa turkiy tillarga oid bо‘lgan sо‘z formalari ham iste’molda bо‘lgan.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqich XIV asrning oxiri va XIX asrning 2-yarmigacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi. Bu davrda eski о‘zbek adabiy tili vujudga keldi va ma’lum darajada adabiy meyorga ega bо‘ldi.
Uchinchi bosqich. XIX asrning 2-yarmidan boshlanadi. Uning xarakterli xususiyatlari adabiyotda demokratik oqimning paydo bо‘lishi, vaqtli matbuotning vujudga kelishi, kitoblarning nashr etilishi va shularning natijasida esa adabiy til bilan xalq sо‘zlashuv tilining yaqinlasha borishidir. Demak, о‘zbek adabiy tili xalq jonli sо‘zlashuv tili hisobiga boyib bordi.
Ot va uning ichki kategoriyalari.
Ma’lumki, ot predmet va predmetlik tushunchasini ifodalaydigan sо‘z turkumi bо‘lib, u grammatik son, kelishik va egalik kategoriyalariga ega bо‘ladi.
Grammatik son kategoriyasi. Eski о‘zbek tilida ham hozirgi о‘zbek tilidagidek, birlik son sо‘z negiziga muvofiq keladi. Kо‘plik esa maxsus grammatik kо‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Eski о‘zbek tilida kо‘plik ma’nosini quyidagi qо‘shimchalar ifodalagan:
-lar\\-lәr. Bu qо‘shimchaning qо‘llanishi hozirgi о‘zbek tilidagidek, keng bо‘lgan: Ul kennddagi kishilәr kelib turur (QR). Tashlarni tamam bu tag‘din eltәrlәr (BN).
Bu qо‘shimcha eski о‘zbek tilida ham ayrim holat va mavhum tushunchani bildiruvchi otlarga qо‘shilganda kо‘plikni emas, balki kuchaytirish, ta’kidlash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Aniң dushmanlari kөp qayg‘ular tapti (О‘N).Ahmad Yusuf beg iztirablar qilib aytadur kim... (BN).
Shu bilan birga, bu qо‘shimcha hurmat ma’nosida ham qо‘llangan: Atalari ezgү kishi erdi (Taf.). Qabrlari Balxdadur (MN).
-at\\-әt. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilda bu qо‘shimcha -t variantida (qiyin (azob)- qiyit (azoblar)) qо‘llanib, kо‘plik va jamlik ma’nolarini ifodalagan. Eski о‘zbek tili yodnomalarida, xususan, «Bobirnoma»da bu qо‘shimcha –at\\-әt tarzida qо‘llanib, xuddi shu ma’nolarni ifodalagan: Mahallat, begәt, tumanat, bөlүkәt, bag‘at.
Shuni aytish kerakki, qadimgi turkiy tilda og‘lan, erәn sо‘zlarida uchraydigan kо‘plik ma’nosi eski о‘zbek tilida kо‘plik ma’nosida emas, balki birlik ma’nosida qо‘llangan: Yig‘g‘g‘g‘iңiz beglәrү og‘lanlarni (SHB).Erәnlәr ayturlar (Taf.).
Ma’lumki, hozirgi о‘zbek tili leksikasida arab sо‘zlari ma’lum о‘rin tutadi. Bu hol eski о‘zbek adabiy tilida kuchliroq bо‘lgan. Shu munosabat bilan kо‘plik shaklida о‘zlashtirilgan sо‘zlar kо‘plik ma’nosida qо‘llangan: shuarā (shoirlar), ulama (olimlar), salātin (sultanlar). Ayrim hollarda bunday sо‘zlar birlik ma’nosida о‘qilib, ularga –lar\\-lәr qо‘shimchasi qо‘shilavergan: Yolda ajayiblar kөrdilәr (QR). Burung‘i shuarā va akābirlar zaylida mazkur bolg‘aylar (MN).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling