Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari
Download 96.78 Kb.
|
4-ma`ruza 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kөnlүm
Egalik kategoriyasi. Predmet va predmetlik tushunchasining nutqdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini bildiruvchi qо‘shimchalar jami egalik kategoriyasini tashkil etadi. Egalik qushimchalari negizning til oldi va til orqa xususiyatiga hamda negizda lablangan unlilarning qatnashishiga qarab, turli fonetik kо‘rinishlarda qо‘llangan:
-m qо‘shimchasi. Unli bilan tugagan har qanday negizga qо‘shila oladi: atam, әkәm. -im qо‘shimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa unlilari mavjud negizlarga qо‘shiladi: Furqqqatiңdin za’farān uzra tөkәrmen lalalar \\ Lalalar ermәski bag‘rimdin erүr pargalalar (Nav.). -im qо‘shimchasi. Undosh bilan tugagan til oldi unlilari mavjud negizlarga qо‘shiladi: Mehrim otin hushu sabru aqlu his yashurmadi \\ Mehri lamie’ tөrt burqa’ keynidin pinhan emәs. -үm qо‘shimchasi. Undosh bilan tugagan va til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qushiladi: Ul labi unabgun kөnlүmgә ekkәn tuxmi mehr \\ Kөnlүm ichrә yashurun durdanadek unab ara. -um qо‘shimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qо‘shiladi: Bolmadim umrumda bir dam xatiri xurram bilә \\ Gar ilikdin kelsә bir damni kechүrmaң g‘am bilә. I shaxs kо‘pligi, II shaxs birlik va kо‘pligida ham yuqoridagi qoida о‘z kuchini saqlaydi. I shaxs kо‘pligida egalik qо‘shimchalari –miz\\ -miz,-imiz\\ -imiz, -umiz\\ umiz va –umuz\\ -umuz tarzida; II shaxs kо‘pligida –ңiz\\-ңiz, -iңiz\\-iңiz,-uңiz\\-uңiz,-uңuz\\-uңuz tarzida;III shaxs birlik va kо‘pligida – si\\-si (unlilardan sо‘ng), -i\\-i (undoshlardan sо‘ng) qо‘shimchalari qо‘shiladi. Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan sо‘zning fe’lga, ba’zan boshqa sо‘z turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski о‘zbek tilida hozirgi о‘zbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli bо‘lgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada qо‘llangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qо‘llanishi ancha chegaralangan bо‘lib, о‘zining grammatik xususiyatini yо‘qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste’moldan chiqqan. Shu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qо‘llangan sо‘zlar ravish kategoriyasiga о‘tgan yoki о‘tish jarayonida bо‘lib, payt, holat kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Āh urub, faryād etәr-men sensizin \\ bu vujudimdin qalibtur yalg‘uz үn (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin, qilg‘ay fig‘ān (Atoiy). Download 96.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling