Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet9/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Taqsim sonlar. Eski о‘zbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar,-rәr,-ar,-әr affiklari bilan hosil qilingan: Aylarda birәr-birәr kөrүnүr (Atoiy), Fusulni tөrtәr ay tayin qilibturlar(BN), Yүzәr misqal kumush (BN).
Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qо‘llanib, keyingi bir soniga -dәn,-din affiksi qо‘shilib, taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdәn gahi guftāra ach (Nodira). Bir chārdevar kәm bolsa, өtүz tishni bir birdin sindirur (Gulxaniy).
Bir va ikki sanoq sonlari grammatik kо‘rsatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan holda taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Neki kөrgүzdilәr saңa bir-bir (Navoiy SS), әgәr chun ikki-ikki qol tutub (Muqimiy).
Kasr sonlar. Eski о‘zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda surat sonlar asosida hosil bо‘lgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda о‘rin-payt kelishiklari affikslari qо‘shilishi orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat bо‘lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik kо‘rsatkichlarni ham qabul qilgan: Nechә өgsәm aytman miңda birin (Lutfiy GN). zdin biriki ma’rakaga yetib (Navoiy MQ). Yurt maliniң ondin birini alur (SH turk.). Berүrmәn bolsa yүz jānimu miңdin bir hisāb әylәb (Munis).
Kasr son yasalishida ba’zan maxraj va surat son orasida ayrim bog‘lovchilar qо‘llangan, grammatik kо‘rsatkichlar maxraj son yoki surat songa qо‘shilgan, ba’zan maxraj va surat sonlar distant holatlarda uchraydi: yuzdin g ә r birisigә yetsә (Navoiy SS).
Yarim sо‘zi ham kasr son ma’nosini anglatgan. Shuningdek, kelishik hamda egalik qо‘shimchalarini ham qabul qilgan: Yarim kechә yetib tүshtilәr (Navoiy MN). Bir y a r i m qari qazsa, suv chiqar (BN).
XVI — XIX asrlarga oid ba’zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan о‘zlashgan nim, du nim, chahāryәk, chāryәk sо‘zlari kasr sonlar ma’nosida qо‘llangan: ta’rif qilg‘anniң yarimi balke charekichә ashliq (BN); og‘lanlarni nim qiyat tedilәr (SH turk).


Olmosh

Olmosh ot, sifat, son va ba’zan boshqa sо‘z turkumlari о‘rnida qо‘llanib, predmet va unga xos bо‘lgan belgining mavjudligini kо‘rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan о‘rinlarda ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil sо‘z turkumi hisblansa-da, konkret ma’noga ega bо‘lmaydi.


Eski о‘zbek tilidagi olmoshlar ma’no xususiyatlariga quyidagi guruhlarga bо‘linadi: kishilik olmoshlari, о‘zlik olmoshlari, kо‘rsatish olmoshlari, sо‘roq olmoshlari, birgalik olmoshlari, belgilash olmoshlari, gumon olmoshlari, bо‘lishsizlik olmoshlari.
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma’lum sо‘z kategoriyasidir, hamda grammatik xususiyatlarga kо‘ra, turli affikslar bilan ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba’zi fonetik variantlarini hisobga olmaganda, kо‘pchilik qismi hozirgi о‘zbek tilida foydalanilmoqda.
Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi: men.
Kо‘pchilik yozma manbalarda men olmoshi mimu yo-yu nun orqali yozilgan, XVII —XIX asrlarga oid ba’zi yozma obidalarda mim-u nun bilan ifodalangan. Men olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibida old qator о‘rta keng e tovushi qо‘llangan:
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda ba’zan tarixiy-dialektal hodisa sifatida men olmoshining ben formasi iste’mol etilgan.
Yodgorliklarda men olmoshi funksiyasini boshqa sо‘zlar ham bajargan. Banda va bu banda formalari Alisher Navoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Maxmur asarlarida qо‘llanib, tinglovchiga nisbatan kamtarlik ma’nosida foydalanilgan: Banda shafaq-tek qan yig‘lab ke... (Yaqiniy). B a nd a ul vaqtda Buxarada edim (SHN). Banda bayan gәr qilsam (Maxmur).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling