Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari
Download 96.78 Kb.
|
4-ma`ruza 4
Tartib sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar asosan sanoq sonlarga affikslar qо‘shilishi orqali hosil qilingan. Arab, fors-tojik tillaridan о‘zlashgan sonlar leksik-semantik usul bilan ham tartib son ma’nosini anglatgan, ba’zan о‘zlashgan tartib sonlar formasi ham qо‘llangan.
-nchi,-inchi,-unchi,-unchi,-nchi,-nchi affiksi variantlari asosida tartib sonlar hosil qilish keng qо‘llangan. -nchi, -inchi,-unchi, -үnchi affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq sonlarga, unli tovush bilan tugagan sanoq sonlarga -nchi, -nchi affiksi varianti qо‘shilgan: ikkinchi, yetinchi,үchүnchi, tөrtүnchi, altinchi, onunchi. Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: yigirmi birinchi fasl (Navoiy MQ); birinchi maqalat (Navoiy HA). -lanchi (la-\-nchi),-lәnchi(lә-\-nchi) affiksi sanoq sonlarning qattiq, yumshoqligiga kо‘ra qо‘shilib, tartib sonlar hosil qilingan, bu affiks bilan tartib son hosil qilish Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida uchraydi, XVII asrdan boshlab -lanchi, -lәnchi affiksi orqali tartib son hosil qilish kengaygan: altilanchi fasl (MQ), sekizlәnchi fasl (MQ), yetilәnchi arqada (SH tar.), beshlәnchi oqli (SH. tar). Avval sо‘zi birinchi tartib soni ma’nosida qо‘llangan: Ul avval qildi Gul vasfini āg‘āz (Lutfiy ), Avval ayag‘ig‘a tүshүb pәst bol (Navoiy HA). Qadimgi turkiy yozma manbalarida ham tartib sonlar -nch, -inch, -inch, -unch, -үnch hamda -nti, -nti, -ndi, -ndi affiksi variantlari orqali ifodalangan; -nti, -ndi formasi ikki soniga qо‘shilgan. Birinchi tartib soni о‘rnida ilk, ilki/ iliki sо‘zi ham qо‘llangan: Ilki sү: birinchi askar. «Devonu lug‘otit turk» yozma obidasida tartib sonlar asosan -nch, -inch, -inch, -unch, -үnch hamda -ndi affikslari bilan ifodalangan. Jamlovchi sonlar. Jamlovchi sonlar о‘ziga xos xususiyatlarga ega, shuningdek, jamlovchi sonlarda umumturkiy tillarga xos belgilar ham mavjud. Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga -av,-әv,-la,-lә,-ala,-әlә,-avla,-әvlә,-avlan,-әvlәn, ba’zan -lay, -lәy; -ag‘u, -әgү affikslari qо‘shilishi orqali ifodalangan. -ag‘u,-әgү/ әgүn affiksi orqali jamlovchi sonlar hosil qilish XIV asr yodgorliklarida faolroqdir: Bir anchalari aydilarkim, beshәgү tarur, altinchi it birlә (Taf.). Ular yetәgү, men yalg‘uz (Rabg‘.), ...үchәgүsi tүn sarig‘a bardilar (О‘N). Ikәgүn namāz qilalim (Taf.). -av/-әv(-әvlәn) affiksi orqali jamlovchi sonlar yasalishi XV—XIX asrlar yozma obidalarida xarakterli bо‘lgan: ikәv (Navoiy SS); uchәv (Navoiy FSH); cherikdә bir ikәv (SHN); Shul ārzu: ikәvlәn qilsun ekәn tamāshā (Furqat). -lәy(-lәgү/-layu/-lәy) affiksi «Sab’ai Sayyor», «Boburnoma» asarlarida ayrim о‘rinlarda iki soniga qо‘shilib, jamlovchi sonlar yasagan: bәribәn ul nuqudni ikәlәy (Navoiy SS); ikәlәy qorg‘an yavig‘ig‘ә (BN). -ala,-әlә affiksi Navoiy, Bobur asarlarida sanoq sonlarga qо‘shilib jamlovchi sonlar yasagan: tөrtәlәsi( Navoiy MN), bu uchәlәsi (BN). -(ә)vlәn (әgүlәn}әvlәn) affiksi ba’zi sanoq sonlarga qо‘shilib jamlovchi sonlar yasagan: ikәvlәn qachtilar (Lutfiy). Chama sonlar. XV— XIX asrlarda bitilgan yozma manbalarda chama sonlar analitik, sintaktik usullar bilan hosil qilingan. -cha, -chә affiksi sanoq sonlarga qо‘shilib, chama sonlar hosil qilingan: yuz iki yuzchә kishi (Navoiy HA); yana besh miңcha kishi (SHN). Sanoq sonlarning juft holda qо‘llanishi orqali ham chama sonlar hosil bо‘lgan; kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin qо‘llangan: yuz-yuz elik өzbәkni kishisi bilәn (BN); tөrt-besh miң kishi birlә (SHN). Sanoq sonlardan keyin chag‘liq, chag‘li, chaqliq sо‘zlari qо‘llanib, chama son ma’nosini anglatgan: on yig‘ach chag‘liq masāfat (Navoiy FSH); yigirmә chag‘liq kishilәri өldi (SH tar.). Sanoq sonlar aycha, yilcha, yavuq, yaqin,artuq, artuqraq, ziyāda, kөprәk,azraq kabi sо‘zlar bilan kelib, chama son ma’nosini ifodalagan: otuz yilcha yaqin bar (Navoiy MN), iki yүzdin kөprәk uch yүzdin azraq bolg‘ay edi (BN). Download 96.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling