Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet10/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Faqir va bu faqir sо‘zlari Navoiy, Abulg‘ozi Bahodirxon, Ogahiy, Muqimiy asarlarida qо‘llangan: F a q i r alar sari barurg‘a muvaffaq boldum (Navoiy MN). Faqir taraf tutub yalg‘an aytg‘an bolg‘ay-men (SH turk)
XV asrdan boshlab men olmoshi о‘rnida faqiri-haqir, faqiru-haqir sо‘zlari birikmasi ham qо‘llana boshlangan, ba’zan bu olmoshini faqiri haqir sо‘zlardan oldin kо‘llash Navoiy hamda Ogahiy asarlarida uchraydi: Faqiri-haqir yad tuttum kim... (Navoiy MN). B u f a q i r i-h a q i r ham kim bu ulug‘ xānadānniң, qadimiy bandasi va bu baland āstanniң samimiy sarafkәndәsidүr-men (Ogahiy).
XVIII — XIX asrlarga oid yozma manbalarda faqiri-haqir kәminә, kәminә, bu kәminә, men kәminә birikmalari ham men olmoshi о‘rnida iste’mol qilingan: Faqiri-haqir kәminә tag‘aңiz Muhammad Aminxoja Muqimiy (Muqimiy). Kәminә ham өz kөzүm bilәn kөrdүm (Furqat).
II shaxs birligi: sen. Kishilik olmoshining sen formasi sinu yo nun bilan yozilgan, sen olmoshi tarkibidagi yo asosan old qator lablanmagan о‘rta keng e unlisining belgisini ifodalaydi.
XV—XVI asrlar yozma manbalarida sen olmoshi kelishik affikslari bilan turlanganda, yo harfi yozilmaydi: seniңdek (Lutfiy); seniң(Amiriy).
Sen olmoshi sinu nun yo orqali hamda yo belgisini tushirib yozilsa ham, eski о‘zbek tili yozma manbalarida sәn emas, sen shaklida talaffuz etilgan.
III shaxs birligi: ul, ba’zan u, an shakli qо‘llangan. XV— XIX asr yozma manbalarida asosan ul varianti qо‘llangan. Ul olmoshi tarkibidagi -l undoshining tushib qolishi orqali ba’zan u shakli vujudga kelgan. U kishilik olmoshi «Boburnoma» hamda Huvaydo asarlarida ba’zi о‘rinlarda uchraydi: Har kim ne kim uniң yerigә olturdi (BN). Uni kim saqladi xallaq (Huvaydo).
III shaxs kishilik olmoshi birligining an varianti (ul>al>an) ba’zan Furqat asarlarida uchraydi: An hama begānalarg‘a āshnāliq shunchalar;
I shaxs kо‘pligi: biz.
Biz olmoshi XV—XIX asr yozma manbalari uchun umumiy xarakterga ega, yumshoq talaffuz etilgan, kо‘plik, birlik ma’nolarida qо‘llangan.
Biz olmoshi kо‘plik ma’nosida: Biz ham kishi yibәrdүk (BN).Biz ikki bolәk elmiz (SH turk.). Biz ikkimizgә musulmān bol tedi (SH tar.).
Biz olmoshi birlik ma’nosida ham qо‘llangan: B i z i ң bilә bolg‘an beglәrini ham faraxorlarig‘a yarasha berib shafqat qildim (BN). Bizni rasvai jahan etti yad әylәmәdiң (Nodira).
Kо‘plik ifodalash xususiyatini yanada oshirish uchun biz olmoshiga –lәr affiksi qо‘shilgan: Mavlānā Kabuliy bizlәrni tilәb vasiyat qildi kim, bu kechә ālamdin barur-men (Navoiy MN).Gul g‘unchasidur goya bizlәrgә achilmaydur (Bobur).
II shaxs kо‘pligi: siz.
Siz olmoshi kо‘plik ma’noda qо‘llangan: Biz siziң uchun savrulduqq (SHN). Biz bu saridin yetkәch, siz ichkәridin chiqib elikiңizdin kelurini taqsir qqilmaңlar (BN).
Siz olmoshining kо‘plik ma’nosini kuchaytirish uchun –lәr affiksi qо‘shilgan: S i z l ә r kim qarindashlar turur-siz biziң birlә ittifāq qiliң (SH tar). SHādmān sizlәrdin-u өlgүnchә minnatdār-men (Furqat).
III shaxs kо‘pligi: alar, ular, anlar, ba’zan unlar shakli qо‘llanilgan.
Alar olmoshi XV—XIX asrlarda yozilgan kо‘pchilik yozma manbalarda keng qо‘llangan: Alarniң ikisin өltүrүb (Navoiy). Alar aydilarki, өzbәkni bir masali bardur (Gulxaniy).
Ular varianti Lutfiy, Bobur, Abulg‘ozi Bahodurxon asarlarida uchraydi: Ular mendin yashurub (BN). Ularniң kөңli (SH.tar.).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling