Operatsion Tizimlar Mavzu: Cmd buyruqlari bilan tanishib chiqish. Bajardi


Download 478.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2023
Hajmi478.01 Kb.
#1142401
Bog'liq
Bozorboyev Dostonbek CMD



Operatsion Tizimlar
Mavzu: Cmd buyruqlari bilan tanishib chiqish.
Bajardi: Dostonbek Bozorboyev 011-20
CMD ni ochish uchun klaviaturadagi “Pusk” + “R” tugmalarini qo’shib
bosib, burchakda chiqqan kichik oynachaga cmd buyrug'ini kiritib, Enter
klavishini bosiladi. CMD da buyruqlarni bosh harfda yozilsa ham, kichik
harflarda yozilsa ham, hatto bularni aralashtirib yozganda ham
ishlayveradi (qaysi registrda yozishning farqi yo'q).
CMD buyruqlari xaqida ma’lumot:
Avval kerakli papkaga kirib olishingiz lozim:
Agar siz boshqa path dagi filelar bilan ishlash kerak bo’lsa. cd kalit so’zi
bilan file joylashuvi yoziladi. Masalan:


cd .. buyrug’I bilan bittadan directory(papka) ortga qaytaradi:
CMD ning oddiy foydalanuvchi uchun kodlari:
• Color all - cmd textini rangini o’zgartiradi.
• Shutdown –s –f –t 100 - Kompyuteringizni 100 sekundan keyin
o’chiradi.
• Shutdown – a - o’chirish buyrug’ini bekor qiladi.
• Help - sizga asosiy kodlarni ta’rifi bilan chiqarib beradi.
• Explorer - Yo'lboshlovchi (проводник) oynasini ochib beradi.
• Tree - kataloglarni grafik ko'rinishda ko'rsatish imkoniyatini beradi.
Odatiy bo'lib, displey psevdo-grafika orqali amalga oshiriladi.
• Ver - operatsion sistemangizning versiyasini ko’rsatadi.
• Systeminfo - ushbu buyruq sizga kompyuteringiz konfiguratsiyasi
haqida batafsil ma’lumot beradi. Ro’yxat operatsion tizimingiz va
uskunangizni mutlaqo qamrab oladi. Masalan “Windows” ning o’rnatilgan
sanasi, oxirgi yuklash vaqti, BIOS versiya, umumiy va mavjud xotira,
o'rnatilgan tuzatishlar, tarmoq kartasi konfiguratsiyasi va boshqalarni
qidirishingiz mumkin.
• MD


Albatta cmd dagi path (manzilingizni o’zgartirib kerakli joyga ochish
lozim), aks holda default o’zi turgan joyga ochib qo’yadi.
• Date va Time - bu buyruqlarni alohida yozmadim. Date buyrugida siz
hozirgi sanani ko’rish va o’zgartirish imkoniga ega bo’lasiz, Time
komandasida esa hozirgi soat, minut va sekunni o’zgartishingiz mumkin
bo’ladi.
• Exit - Ushbu buyruq sizga ommaviy ma'lumotlarni yopish yoki hatto
buyruq qatorini yopish imkonini beradi. (Cmd dan ham chiqib ketishi
mumkin).
• Title - ya’ni sarlavha bu bilan siz cmd oynasining nomini
o’zgartirishingiz mumkin.
• Prompt - Bu ham juda ham qiziqarli buyruqlardan biri. har safar buyruq
oldidan chiqib turadigan so'zlarni o'zimizga belgilash imkoniyatini beradi.
Bu rejimdan chiqib ketish uchun qaytadan prompt


• Echo - bunda siz huddi promptdagidek, lekin echo off yozsangiz
umuman bo’sh oynada buyruq yozish imkonini beradi keyin, echo on
buyrug’i bilan yana tiklashingiz mumkin kerak bo’lganda.
• Mode - Tizim qurilmalarini sozlashda yoki ko’rishni imkonini beradi.
• Start - Alohida oynada dastur yoki buyruqlarni ishga tushiradi.
Masalan, start mspaint
Wi-fi va IP da kerak bo’ladigan buyruqlarga kelsak:
Bunda sizga wi-fi ni parolini o’zgartirish va IP bilan bog’liq qiziqarli
ma’lumotlar bermoqchimiz. O’qib chiqib foydali ma’lumotlarga ega
bo’ling)
• netsh wlan show profiles - bunda siz oldin ulangan barcha wi-fi
tarmoqlarini ko’rishingiz mumkin bo’ladi.
Netsh wlan show profiles name=”wi-fi nomi” key=clear - bunda siz
shu kiritgan wi-fi tarmog’ining parolini va boshqa ma’lumotlarni bilishingiz
mumkin.
• Ipconfig
• Ping - tarmoqga ping yuboradi ya’ni biron bir saytga so’rov
yuborishingiz mumkin yoki uning ishlayotgan tarzini ko’rishingiz mumkin
va yana ba'zan, paketlar ma'lum bir tarmoqqa ulangan qurilmaga


ulanadimi yoki yo'qligini bilishingiz kerak. Bu yerda bizga ping yordam
beradi.
• Arp –a - bizga barcha biz bilan bir tarmoqda bo’lgan
foydalanuvchilarning IP larini ko’rsatadi. Albatta bir wi-fi da bo’lsangiz.
• Ipconfig/all - bunda siz ip address, mac address xullas adresslar
haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
• Getmac - buyrug’I bizga tarmoq adapterlarining aparat manzillari
haqida ma'lumot beradi. Bunday holda siz mahalliy va uzoq manzillarni
topishingiz mumkin.
CMD orqa fonini o’zgartirish textni o’zingiz hohlagandek qilish uchun
”Administrator” ustiga sichqonchaning o’ng tomonini bosasiz va eng
pastidagi “Properties” tugmasini bosasiz. Hackerlar kinolaridek qilib
olishingiz ham mumkin )
CMD oynasida har xil kodlar yozib adashib qoldingizmi? Yoki u kodlarni
sizga endi keragi yo’qmi? Endi sizga oxirgi eng kerakli(ko’p
ishlatiladigan) buyruqni ko’rsatamiz:
• cls
Bu CMD buyruqlaridan na’munalar va ular juda xam ko’p va foydali.

Download 478.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling