Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari
Download 96.78 Kb.
|
4-ma`ruza 4
Bu olmoshi XVIII-XIX asrlarda bul variantida ham qо‘llangan. Uning tafsiloti quyiroqda beriladi.
Ul olmoshi sо‘zlovchiga masofa jihatdan uzoqroq bо‘lgan predmet va uning belgisini kо‘rsatish uchun qо‘llangan va bu jihatdan bu olmoshi bilan zidlanishni (oppozitsiyani) hosil qilgan: G‘amza birlә tөkti qanim ul sanam (Lutfiy). Ul olmoshining u varianti ham iste’molda bо‘lgan: Mahsharda g‘ālibākim, u kүn kөrmәgәy azāb (Lutfiy). Ilmiy adabiyotlarda ul (u) olmoshining ān varianti haqida fikr yuritiladi, aslida ān olmoshi fors tilidan о‘zlashgan bо‘lib, fonetik jihatdan ul olmoshiga aloqasi yо‘q. Ul olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari ul kishilik olmoshi bilan aynandir. Ush sо‘zi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu sо‘z olmoshlar tarkibiga kiritiladi, lekin uning matndagi qо‘llanish xususiyatlari boshqa olmoshlarga quyiladigan morfologik talablarga javob bermaydi, ya’ni u kelishik va kо‘plik affikslarini qabul qilmaydi, lekin kо‘rsatish olmoshi semantikasiga mos kela oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya’ni kategorial belgilarni qabul qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara mavjud. Ush sо‘zi hozirgi о‘zbek tilidagi mana1 sо‘ziga ekvivalentdir. Ma’lum bо‘ladiki, mana sо‘zi olmosh deb e’tirof etilmayotgan ekan, ush sо‘zini ham olmosh deb qarash mumkin emas, lekin bu sо‘z XIII-XIV asr yodgorliklarda faol qо‘llangan: Qadah yevrүldi ush bostān ichindә (MN). Zulfuң dag‘i ul kāfur ush imān aladur-la (Lutfiy). Lekin bu sо‘z ushbu, oshul, oshal, shul olmoshlarining hosil bо‘lishida qatnashgan. Ushbu (ush+bu) olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini kо‘rsatadi: Ushbu dam erүr jānniң futuhi (MN). Lekin bu sо‘z о‘zgarishlar yuz bergan, orttirma -n paydo bо‘lgan, b tovush -m sonoriga о‘tgan: Lutfiy — munda; Yaqiniy — munuң-dek. Oshul (ush//osh+ul) kо‘rsatish olmoshi XV—XIX asrlar yozma manbalarida iste’molda bо‘lgan, tinglovchiga oldindan ma’lum shaxs, narsa hodisalarni kо‘rsatadi: Faryādim oshul yergә yetibtur (Lutfiy). Oshul yerdә yattuq (SH. tar.). Oshal (ush//osh+ul//al) olmoshi oshul olmoshining variantidir: Oshal kүnkim meni yazdān(olloh) yaratti (MN). Oshal suvlarniң aralarinda oltururlar erdi (SH.tar.). Osha, oshu olmoshlari ushbu, oshul, oshal olmoshlarining qisqargan shaklidir: Oshu sөz birlә (SHN). Osha үstүndә toң birlә muz bar turur (О‘N). Shul (ush/osh/sh+ul) olmoshi bu, u, oshul, oshal olmoshlarining fonetik о‘zgargan va qisqargan shaklidir: Shul yerүr aybim Muqimiy, mardumi Farg‘āna-men (Muq.). Shul zamānkim alur Urgәnchni ol/ salur, albatta, Xurāsān sari yol (SHN). Shul olmoshi bu olmoshining bul shaklida shakllanishiga ham sabab bо‘lag, chunki shul-bul analogiyasi va oppozitsiyasi uchun u qulaylik tug‘dirgan. Aksincha, bu olmoshi shul olmoshiga oppozitsiyada turib, uning ta’sirida shu variantini yuzaga keltirgan. о‘nә, mәnә, muna sо‘zlari ham semantik jihatdan olmosh funksiyasiga yaqin turadi, lekin ular aslida kо‘rsatuv undovlaridir. о‘ne qaddu, әnә husnu, әnә xulq (Furqat). Muna sөziniң jāvabi tedi (SH.turk.). Eski о‘zbek tilida fors tilidan о‘zlashgan va ulardan yarim kalka qilingan olmoshlar ham qо‘llangan. Ular quyidagilar: Hamin olmoshi. U ham (ta’kid yuklamasi)+in (bu) tarkibidan iborat bо‘lgan va ushbu olmoshi ma’nosiga ekvivalent bо‘lgan: Bale, yalg‘uz hamin ālamda sen-sen (Lutf.). Meniң haqimda qilur-sen hamin jafā havasin (Atoiy). Hamān olmoshi ham ham+an(u) sо‘zlaridan tarkib topgan va eski о‘zbek tilida hamin olmoshi kabi ushbu olmoshiga ekvivalnt bо‘lgan, ayni zamonda, uning hamun varianti ham qо‘llangan: Tag‘ hamān allida hamun-hamun (Navoiy). Lekin keyinchalik hamun varianti iste’moldan chiqib ketdi, hamān sо‘zi esa semantik о‘zgarishga uchrab, ravish sо‘z turkumiga о‘tgan. Fors tilidan о‘zlashgan yuqoridagi olmoshlar eski о‘zbek tilida yarim kalkalanib, hamul variantida (ham+ul) ham qо‘llangan: Qoyar yerdi hamul vādiy sari yүz// Qilib qat’ allida tag‘ olsa, gar tүz (Nav.Xamsa). Bu olmoshlar ham keyinchalik iste’moldan chiqib ketdi. Download 96.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling