Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari
Download 96.78 Kb.
|
4-ma`ruza 4
Har ne eski о‘zbek tilida olmoshlik xususiyatini saqlab qolgan: Meniң har ne hālimni bilmish yediң (Munis). Har ne desәm qabul qilg‘aymu-sen (Navoiy).
Har ne olmoshi hozirgi о‘zbek tilida semantik о‘zgarishga uchragan va modal sо‘zlar turkumiga о‘tgan. Tekmә asl turkiy belgilash olmoshidir. Bu olmosh ham XIV asr boshlariga qadar mustaqil qо‘llana olgan: Chiqqay hazār halqa kөңүl tekmә sachtin (Lutfiy). Bu olmosh kelishik qо‘shimchalarini ham olgan: Suchulmish tekmәlәrgә tan libāsin (Xisr. va SH.). Tekmә olmoshi hozirgi turk tilida hamon qо‘llanmoqda. Tо‘dani bildiruvchi olmoshlar. Barcha (bar+cha) birgalik olmoshi kishi, narsa va hodisalarning mavjud yig‘indisi ma’nosini anglatgan: Barcha tapilur bizgә vale yār tapilmas (Lutfiy). Tүgәndi barcha sөz (Navoiy FSH). Barcha bir yoli ypyshqa kirdi (SHN). Bari (bar+i) olmoshi barcha, hamma sо‘zlari kabi birgalik ma’no anglatgan: B a r i alamga tāj (Navoiy XA).Bari pari misāli (SHN) . Qamuq// qamug‘ olmoshi eski о‘zbek tilinning XV asrlarga oid yozma manbalarida iste’molda bо‘lgan. Shuningdek, XVII — XIX asrlsrda bitilgal ayrim yozma manbalarda uchraydi va barcha olmoshi kabi ma’no anglatadi: Qa m u q elgә berib (Lutfiy). Bizgә boldi qamug‘ eliң orni (SH tar.). Hama (hamma} birgalik olmoshi XV asrdan keyin yozilgan yozma manbalarda qо‘llangan: Hama atvāri hikmatg‘a muvāfiq (SHN). H a m a aytur Huvayda nechүn yig‘lar-sen (Huvaydo). Hama olmoshi ayrim adabiyotlarda qamuq olmoshining fonetik о‘zgarishi deb izohlanadi. Bu fikr yanglish bо‘lib, aslida arab tilidagi hum (ular) va fors tilidagi hama (barcha) olmoshlarining о‘zbek tiliga о‘zlashishi deb qarash о‘rinli bо‘ladi. Jumla birgalik olmoshi arab tilidan о‘zlashgan barcha, hamma olmoshlariga ekvivalentdir: J u m l a ālamga ishi qahr olub (Navoiy HA). J u m l a jahān ahlig‘a rāhat yetүrүb (Nodira). Ba’zi olmoshi arab tilidan о‘zlashgan, guruh, tо‘da ma’nosini ifodalaydi, kelishik, egalik, kо‘plik affikslarini ham qabul qilgan: Ba’zidin gahi birәr yaxshi bayt vaqe’ bolur (Navoiy MQ). B a ‘ z i n i muңә keltүrgәndүr (Navoiy MN). Ba’zilarg‘a orun berdi (SH tar.). Tamām (tamāmiy, tamāmat) olmoshi arab tilidan о‘zlashgan barcha, hamma olmoshlari ma’nosida qо‘llangan: Stunlari t a m ā m i y tashtin (BN). Tamām mog‘ul va tatar elini lәshkәrini jam qilib (SH tar.). Jam’, jam’i olmoshi arab tilidan о‘zlashgan: Hindustanniң jam’i rudlariniң bu xāsiyati bar (Boburnoma). Jam’ vilāyatlarni musaxxar qilib...(SH.turk). Majmu’ olmoshi ham arab tilidan о‘zlashgan: Majmu’in aniң qashig‘a qoydi (Xamsa). Qildi yag‘mā kөzlәriң majmu’i Turkistānni (Sakkokiy). Gumon olmoshlari. Eski о‘zbek tiliga oid yozma manbalarda kimsә(>kim+ersәr), nemәrsә(>ne+mә+er-sә), neersә (>ne+ersә), birәv(>birәgү), falān gumon olmoshlari qо‘llangan, ba’zan ayrim о‘rinlarda birәgү (bir+әgү), birәvlәn (bir+әv+lәn) formalari ham uchraydi. Ular kishi, narsa va hodisalarning taxminlash, tusmol qilish kabi ma’nolarini bildirgan. Kimsә, kimәrsә, nemәrsә va neersә, falan, birәv,birәgү gumon olmoshlari tusmol qilingan kishilarga nisbatan qо‘llangan. Nemәrsә va neersә olmoshlari predmet va hodisalarga nisbatan ishlatilgan. Kimsә gumon olmoshi eski о‘zbek tilining barcha davrlarida keng qо‘llangan: Kimsә tazallum etmәgәy (Lutfiy). Kimsә kim әylәmәs ashuqmag‘ni xayāl (Navoiy MQ). Download 96.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling