Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet6/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Vosita kelishigi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid bо‘lgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi: Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Ani kishilәr kөzin kөrgәn bar-mu?
Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan bо‘lib, ma’nosi ham toraygan. Misollar: Faryad etәrәm tүshkәli men yalg‘uzun andin// hech oldi tanim, qaldi hamin yalg‘uz үn andin (Lutfiy). Kerәkmәs sensizin, vaallah, maңa jān minnati (Atoiy).
Vosita kelishigi formasidagi sо‘zlarning bir qismi ravish kategoriyasiga о‘tgan. Ravish kategoriyasiga о‘tish, asosan, payt bildiruvchi sо‘zlar doirasida bо‘lgan: qishin, yazin, erten, kechin, tunun kabi. Bu sо‘zlar tarkibidagi –in,-in,-un,-үn,-n vosita kelishigi affiksi bо‘lib, keyinchalik sо‘zning tarkibiy qismiga aylangan va bunday sо‘zlar ravish sifatida shakllangan.
Sifatlar
XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar ham umuman turkiy tillardagi, xususan, о‘zbek tilidagi sifatlarga xos barcha xususiyatlarga ega bо‘lib, bulardan asosiylari quyidagilar:
Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub (asliy) va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi о‘zgachaliklarga egadir:

  • tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ma’nosidan anglashiladigan rang, tus, tur, tam, maza, hajm, vazn, meyor,sath, miqyos kabi doimiy sifatiy belgilar bilan bog‘liq bо‘ladi, bu doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt xarakterda bо‘lishi mumkin: aq alma, aq kөңүl, achchiq dānәk, achchiq dard kabi;

  • nisbiy sifatda esa bslgi tushunchasi shu yasama sifatga asos bо‘lgan sо‘zdan anglashiladigan narsa-prsdmet yoki hodisa ma’nosi bilan bog‘liq bо‘lib, uning belgi xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli darajada nisbat berilishi orqali ifodalanadi.

Turkiy tillarda, jumladan, о‘zbek tilida sifat tarixan morfologik kо‘rsatkichi uncha taraqqiy etmagan sо‘z turkumi sanaladi. Tadqiqotchilarning fikriga kо‘ra sifat dastavval mustaqil sо‘z turkumi sifatida mavjud bо‘lmagan, u sо‘ngroq ot turkumidan о‘sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.
E.V.Sevortyanning ta’kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiyalanish jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bо‘lgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq kammahsul bо‘lgan, ayrimlari esa о‘z sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak bо‘lgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli bо‘lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan (Sevortyan 1963, 58).
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bо‘lib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan keyin bu turkum tarkibiga yangidan qо‘shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama sо‘zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas.

Sifat darajalari. Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavjud.


Hozirgi va о‘tmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma darajalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib chiqilgan. О‘zbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraja, belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi – kuchaytiruv darajasini farqlash imkoniyatini beradi.
Oddiy daraja. Boshqa darajalarning hosil bо‘lishi uchun negiz vazifasini bajaradi va belgi neytral darajada bо‘ladi. Bu shakl “nol” shakl bо‘lib, unda affiks qatnashmaydi.
Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:
-raq/-rәk.
Kim ki ulug‘raq, aңa xidmat kerәk
Ul ki kichikrәk, aңa shafqat kerәk.
(Xamsa).
-mtul. Qizimtul, qaramtul, yashimtul (Maboinul-lug‘at).
Belgining kamligi darajasida sifatga xos bо‘lgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavjudligini anglatadi.
Belgining ortiqligi va kuchliligi darajasi. Bu daraja sifatlarni tо‘liq va tо‘liqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi.
Tо‘la takror: Meңizlәri gүl-gүl, qabag‘lari keң-keң (Navoiy). Ba’zan bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi: Zāhirim avqāti yamandin-yaman (Navoiy).
Tо‘liqsiz takror. Bunda birinchi bо‘g‘in p, m undoshlari ishtirokida takrorlanadi: ap-achig‘, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yәm-yәshil (Navoiy ML.).
Sifat oldidan ravish sо‘zlari keltiriladi: Bag‘ayat biyik kishi (Navoiy), asru keң (Bobir).
Ta’kidlash zarurki, -raq/-rәk affiksli shakllarda qiyos ma’nosi yо‘q emas, balki belgining kamligi ma’nosi bosh ma’nodir.



Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling