Mavzu: Turkiy tillarda undosh tovushlar tizimi reja: Turkiy tillarda undosh tovushlar tizimi Turkiy tillarda undosh tovushlarning farqlanishi


Download 0.87 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1176149
Bog'liq
undoshlar slayd

MAVZU: Turkiy tillarda undosh tovushlar tizimi

REJA: 1. Turkiy tillarda undosh tovushlar tizimi 2. Turkiy tillarda undosh tovushlarning farqlanishi

.


Turkiy tillarning undoshlari, ularning xususiyatlarini eksperimental va tasviriy, shuningdek, qiyosiy metodlar asosida o‘rganish natijasida yirik tadqiqotlar yaratildi. V.ABogoroditskiy, E.D. Polivanov, V.V. Reshetov, A.M. SHcherbak, A.Mahmudov, I.Batmanov kabi olimlarning ishlari bu sohada e’tiborlyadir
Turkiy tillar konsonantlarining mosligi masalasida yana bir muxim hodisa rotatsizm va lambdaizm sanaladi. YO tovushining r ga mosligi rotatsizm, sh undoshining l tovushiga mosligi lambdaizm deyiladi. Bu hodisalarni chuvash tili bilan boshqa turkiy tillarni solishtirganda yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan: yuz—sar, ez—ip, qozon— xuran, ko‘z—ler, eshit—ilt, etmish—sshpshel kabi
Turkiy tillar fonetikasiga oid ishlarida undoshlar miqdori 20 — 30 ta orasida qayd etiladi. Undoshlarning har bir turkiy tilda o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi bilan birga, o‘zaro o‘xshash, mushtarak jihatlari ham anchadir. Bu hodisalarni undoshlarning bobotil davridan hozirgi holatiga bo‘lgan taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish orqali ravshan kuzatish mumkin
Turkiy tillar konsonantlariga xos yana bir fonetik xususiyat so‘z o‘rtasidagi jarangsiz undoshlarning intervokal pozitsiyada jaranglashuvidir. Bu xususiyatiga ko‘ra ham turkiy tillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin
Birinchi guruhga kiruvchi xakas, tuva, qozoq, tatar tillarida bir bo‘g‘inli o‘zaklarga unli bilan boshlanuvchi affiks qo‘shilganda o‘zak oxiridagi jarangsiz undosh jaranglilashadi: at—adi (xakas), as-az’sh (osib-tuva), shk—shg‘ib (qozoq) kabi.
Ikkinchi guruh tillarda bir bo‘g‘inli o‘zaklarda har qanday holatda ham jarangsiz undosh saklanib qoladi. Faqat ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda jaranglilashuv sodir bo‘ladi, boshqa hollarda esa jarangsizligicha qoladi: ayas-ayig‘im (uyg‘ur), bilak-bilagi (o‘zbek), o‘ynotsi, ko‘nikib, sishloqi kabilarda o‘zgarishsiz qoladi.
Turkiy tillar fonetik jihatdan o‘zaro yaqin bo‘lsa ham, har bir guruh yoki muayyan bir turkiy til o‘ziga xos fonetik taraqqiyot jarayoniga ega. SHunga ko‘ra, bobotil davrida umumiy undoshlar bo‘lgani holda, keyinchalik ayrim —ayrim undosh tovushlar ba’zi tillarning o‘ziga xos tovushiga aylandi. Xususan, turkiy tillarda y,j,d,ch undoshlari farqli ravishda qo‘llanishi bilan alohida ajralib turadi.
Turk tilida 25 undosh bo‘lib, ayrim shevalarida ng,h,q,g‘,d,j tovushlari qo‘llanmaydi, g‘ va l undoshlarining qattiq va yumshoq variantlari farqlaydi. Boshqird tilida x,n,v,g‘,z,ch tovushlari boshqa turkiy tillarnikidan farqli talaffuz qilinadi. Xususan, z va s undoshlari tishlar orasida va labning tishga zich tegishi tufayli portlab chiqadi.
Arabcha so‘zlardagi f>p undoshiga o‘tadi: zafar>zapar, afandi>ependi kabi. Turkiy tillardagi undoshlar mosligi masalasini qiyosiy metodda o‘rganish undosh tovushlar taraqqiyotidagi o‘zgarishlarni to‘laroq ochib berishga xizmat qiladi.
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling