Referati tekshirdi: Odinayeva N. N. 2 023-o’quv yili


Muskullarning guruhma-guruh bo'linishi


Download 0.71 Mb.
bet2/8
Sana18.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1707440
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muskularning turkumlari. Muskular ishi

Muskullarning guruhma-guruh bo'linishi


  • Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.

Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari

    • Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo‘yin, gavda, qo‘l va oyoq muskullari.

    • Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko‘ra, chaynash va mimika muskullariga bo‘linadi.

    • Chaynash muskullariga chakka, chaynash muskullari kiradi. Mimika muskullariga ko‘zning aylana muskuli, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, og‘izning aylana muskuli kabilar kiradi.

    • Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holat- larini ifodalashda ishtirok etadi. Ular, ayniqsa, qiziqchilarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi, chunki ular bu muskullarni maxsus mashq qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.

Bo‘yin va tana muskullari. Bo‘yin muskullariga bo‘yinning teriosti muskuli, to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskuli kabilar kirib, ular boshning turli harakatlarini ta’minlaydi.
Tana muskullari joylashishiga qarab ko‘krak, qorin va orqa muskullaridan iborat.
Ko‘krak qafasi muskullariga ko‘krakning katta va kichik mus- kullari, o‘mrovosti muskuli, qovurg‘alararo (tashqi va ichki) muskullar hamda ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i o‘rtasida joy- lashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo‘llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling