Saraton (Rak) belgilari. Kasallikning ta ilk alomatlari


Download 20.73 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi20.73 Kb.
#1715637
Bog'liq
Immunologiya

REJA:


1.Saraton (Rak) belgilari. Kasallikning 5 ta ilk alomatlari.
2.Saraton kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan kundalik odatlar
3.Saratonga qarshi vaksinalar odamlarda ishlatilishi.
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar.

Saraton (boshqa nomlari: kanser (lotincha: cancer — „qisqichbaqa“), rak (ruscha: рак)) deb hujayralarning atipik oʻsishi aytiladi. Atipik oʻsish bunday hujayralar qarishi yoki jarohatlanishiga qaramay cheksiz koʻpayishi bilan ifodalanadi. Sogʻlom hujayradan farqli oʻlaroq, bunday hujayralarda tabiy oʻlim mexanizmi oʻchirilgan, yaʼni ular toʻxtovsiz boʻlinish jarayonida boʻladi.


Saraton mutatsiyaga uchragan hujayralarga qarab asosiy 4 guruhga boʻlinadi. Karsinoma — epitelial toʻqimalarda, sarkoma — mezenxemal toʻqimalarda, leykemiya — qon ishlab chiqaruvchi ilikda, limfoma va miyeloma — immunitet tizimi hujayralarida va miya va bosh miya hujayralarida atipik rivojlanishni anglatadi. Tabiyki, saratonning „suyuq“ turlari oʻsma paydo qilmaydi.
Saraton badanda joylashishiga qarab ham tasniflanishi mumkin, yaʼni koʻkrak bezi saratoni, oʻpka saratoni va hokazo.
Saraton (Rak) belgilari. Kasallikning 5 ta ilk alomatlari.
Ko’pchilikka rak kasalligining bu belgilari umuman ahamiyatga ega emasdek, hech narsani bildirmaydigandek tuyiladi. Lekin afsuski, ular adashishadi. Kasallik turli a’zolar va to’qimalarda rivojlanadi, shuning uchun ham ilk saraton belgilari juda ham xilma-xil bo’lishi mumkin. Ammo saraton alomatlari orasida kasallikning barcha turlari uchun umumiy bo’lgan simptomlar ham mavjud. To’g’ri bu belgilari saratonga umuman aloqasi bo’lmasligi, boshqa kasalliklarga tegishli bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun ular asosida tashxis qo’yish, yoki havotirga tushish kerak emas. Lekin ularga e’tibor berish va shifokor bilan maslaxatlashib ko’rish to’g’ri bo’ladi.
Saraton kasalligi belgilari
1. Og’riq va noqulaylik.
Ko’pchilik kasallikning oxirgi bosqichdagi bemorlar, kasallik avj olmasdan bir necha oylar va yillar oldin o’smaning o’rnida kuchsiz og’riq yoki noqulaylik sezishganini aytishadi. Bu noqulaylik xuddi odam badanida yot tana bordek sezgini eslatadi. Yot jism ichkaridan bosim o’tkazayotgandek tuyiladi.
2. Tezda ozib ketib, tana vaznini yo’qotish.
Ko’pchilik onkologlar buni saratonning eng birinchi yashirin alomatlaridan biri deb hisoblashadi. Bunda bemor 2-3 oy tezda ozib ketadi. Chunki saraton to’qimalari bu davrda tez o’sib ko’payish uchun, organizmdan ozuqa moddalar va foydali elementlarni tortib ola boshlaydi. O’sma o’zidan biologik aktiv zaharli moddalar sintez qilib moddalar almashinuvi jarayonini buzadi.
3. Doimiy holsizlik va charchoq
Saraton o’smasi organizmga o’zining hayot faoliyati chiqindalarini ajratadi. Bu esa intoksikatsiya chaqiradi, ko’ngil aynish, tez charchash, ortib borayotgan holsizlik bilan yuzaga chiqadi. Undan tashqari o’simta qon tomirlariga o’sib kiradi va anemiya – kam qonlik chaqiradi. Bu ham holsizlikning bir sababi.
4. Tana haroratini ko’tarilish.
Ko’pincha saraton kasalligi belgilari sifatida, o’z-o’zidan ko’rinarli sabablarsiz tana harorati ko’tarilishi xizmat qiladi. Bunga sabab o’simta immun tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Immunitet esa hararot ko’tarilishi bilan javob beradi.

5. Teri, soch holati o’zgarishi va shishlar paydo bo’lishi.


Jigar saratonida teri sariq ranga, buyrak usti bezlari saratonida teri qora rangga kiradi. Qalqonsimon bez o’smasida esa tirnoqlar sinuvchan, sochlar esa to’kiluvchan bo’lib qoladi. Teridagi xollarning o’chamlari yoki rangi o’zgarishi ham saraton belgilari qatoriga kiradi.
Jarahotlanmagan joyda shish paydo bo’lishi odamni darrov sezgir tortishga majbur qilish kerak.
Saraton kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan kundalik odatlar
Kun bir qator takrorlanadigan harakatlardan iborat bo‘lib, ularning aksariyatini inson o‘ylamay amalga oshiradi. Ma’lum bo‘lishicha, eng oddiy bo‘lib ko‘rinadigan ba’zi odatlar kutilganidek zararsiz emas. Ularni tark etish orqali inson o‘z salomatligini asrab qolishi mumkin.
Albatta, chekish va spirtli ichimliklarning zararini hamma yaxshi biladi, bu yomon odatlar saraton bilan ham bog‘liq. Chekish o‘pka saratoni ehtimolini sezilarli darajada oshiradi va spirtli ichimliklar ko‘krak saratoni rivojlanish ehtimolini 15 foizga oshiradi.
Ammo quyidagi muhokama umuman ular haqida bo‘lmaydi. Bir qarashda mutlaqo normal ko‘rinadigan turmush tarzi odatlari saraton kasalligini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

O‘tirib ishlash


Aksariyat ofisda ishlaydigan xodimlarning kuni o‘tirgan holatda o‘tadi. Hamma ofislar ham shunday zamonaviy emaski, ular o‘z xodimlariga tik turgan stol va boshqa variantlarni taklif qilishadi. Biroq ofisda ishlaydiganlar ham, uyda ishlaydiganlar ham, harakatsiz turmush tarzi saraton uchun jiddiy xavf omili ekanini unutmasliklari kerak. Mutaxassislar, iloji bo‘lsa, ish kuni davomida kamida yarim soatni jismoniy faoliyatga bag‘ishlashni tavsiya qiladi.
O‘troq turmush tarzi o‘pka endometrial va yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfi uchun, ayniqsa yomon ekani ko‘rsatilgan. Turmush tarzi qanchalik harakatsiz bo‘lsa, saratonning ushbu shakllarini yuzaga kelish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Gazlangan ichimliklar
Amerika kashf qilmaymiz, chindan ham gazlangan ichimlik hech qachon foydali bo‘lmagan va yaqinda bu kabi ichimlik qutilari ham sog‘liq uchun juda xavfli deb hisoblana boshladi. Biroq ko‘pchilik gazli ichimliklarning zararini uning tarkibida shakarda deb biladi, ya’ni u tish va shaklga zarar yetkazadi. Ammo salbiy jihat bu bilan yakunlanmaydi. Bunday ichimliklar shirin va yuqori kaloriyali, glisemik indeksi ancha yuqori bo‘lib, endometrial saratoni rivojlanish xavfini oshirishi ko‘rsatilgan.
Gap shundaki, bunday mahsulotlarni ko‘p miqdorda ichish qondagi qand miqdorining oshishiga va insulin ishlab chiqarishning ko‘payishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida, bachadonni qoplaydigan endometrial hujayralarning faol bo‘linishiga olib keladi. Bundan tashqari, ortiqcha gazli ichimlik saratonning boshqa shakllarini, masalan, oshqozon osti bezi, ko‘krak va tuxumdon saratonini keltirib chiqarishi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, ratsionda shirinlik va gazlangan ichimlik kamroq bo‘lishi kerak.
Issiq ichimliklar
Albatta, choy ham, qahva ham gazli yoki spirtli ichimlikka qaraganda organizm uchun ancha foydali. Qahva odatda saratonga qarshi ajoyib xususiyatlarni namoyish etadi va turli saraton kasalliklari xavfini kamaytiradi. Biroq juda issiq ichimliklar organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Qaynoq ichimliklar ichadiganlarda, ichimlikning biroz sovishini kutishga tayyor bo‘lganlarga qaraganda, qizilo‘ngach va tomoq saratoni bilan kasallanish ehtimoli ko‘proq.
Tishlarni yuvmaslik
Belgilangan ikki daqiqada tishlarni yuvishga, keyin esa tish ipi bilan tozalashga vaqt yo‘qmi? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kamdan kam odam tishlarini cho‘tkalash jarayoniga jiddiy yondashadi. Biroq mumkin bo‘lgan kariyes va davolanishdan keyin qo‘shimcha ravishda, boshqa muammolar xavfi mavjud.

Ma’lum bo‘lishicha, tish va milklar sog‘lig‘ining yomonligi saraton rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin: periodontal kasallik bilan og‘rigan odamlarda o‘pka va yo‘g‘on ichak saratoni xavfi 24 foizga oshadi. Olimlarning ta’kidlashicha, sabab immunitetning pasayishi bo‘lishi mumkin


AQSHda saratonga qarshi vaksina odamlarda sinala boshlandi

Kun.uz nashrining xabar berishicha, AQSHning Ohayo shtati universiteti olimlari saratonga qarshi PD1-Vaxx vaksinasini odamlarda sinashni boshlashdi.



PD-1 ingibitorlari yangi sinfdagi dori vositasi bo‘lib, “qotil” hujayralarga saraton hujayralari ortidan samaraliroq “ov qilish”ga imkon beradi. PD1-Vaxx vaksinasi ham V-, ham T-hujayralar funksiyalarini faollashtiradi va o‘simtaning kichrayishiga yordam beradi. Vaksina bilan davolash saraton hujayralari immun tizimi hujumlaridan qochish uchun qo‘llaydigan mexanizmni bloklashga qaratilgan. Olimlar ushbu vaksinani immunoterapevtik dori vositasi bilan birgalikda qo‘llab, immun tizimini saraton hujayralarini o‘ldirishga yo‘naltirgan holda “qayta yuklashga” erishishgan.
Olimlarning maʼlum qilishicha, ushbu kombinatsiyalangan davolash usuli yo‘g‘on ichak saratoni bilan kasallangan hayvonlarda sinovdan o‘tkazilgan va 10ta hayvondan 9tasida to‘liq immun javobi hosil qilgan. Sinovlar vaksinaning samaradorligi va xavfsiz ekanini ko‘rsatgan.
Endilikda esa vaksinani AQSHda odamlarda sinashga ruxsat olindi. Vaksina mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonidan aziyat chekuvchi bemorlarda sinaladi.
Xulosa.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, eng avvalo sog'lom turmush tarziga rioya qilish zarur. Har xil dudlangan achchiq, sho'r, spirtlik ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilish ham oshqozon ichak tizimi, shilliq qavati norma holatidan buzilishga olib keladi va uzoq ta'sir qilsa hujayralarning patalogik parchalanishiga salbiy ta'sir etib tuzalishi qiyin bo'lgan kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risidagi (PF-4947) farmoni".

2. Saraton kasalligi "Muharrir nashriyoti" A.Samad 2012 - yil.



3. www.pedagog.uz-o'qituvchilar sayti.
Download 20.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling