Mundarija Kirish I. Bob. Gazlarni tozalash
Download 1.39 Mb.
|
Xojiev kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Bob Gazlarni yuqori haroratda tozalash
Mundarija Kirish……………………………………………………………………3 I. Bob. Gazlarni tozalash. 1.1. Chiqindi gazlarni tozalash usullari………………………………6 1.2. Gazlarni filtrlarda tozalash………………………………………10 1.3.Gazlarni siklon usulida tozalash…………………………………16 II.Bob Gazlarni yuqori haroratda tozalash 2.1. Gazlarni yuqori haroratda zararsizlantirish (Termik usul)……..18 2.2.Gazlarni demerkurizatsiya usulida tozalashni avtamatlashtirish….24 2.3.Gazlarni absorbsion usulda tozalash……………………………..26 KIRISH Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatnmg taraqqiy etib borishi, fan va texnikaning rivojlanishi, moddiy turmushning yaxshilanishi parallel ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Insoniyat doimo yaxshi yashashga harakat qilib kelgan, lekin shu yashash tarzi hozirgi kunda m a’lum muammolarni vujudga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Yerdagi barcha ma’danlar, suvlar va ularda yashab turgan jonzotlar barcha-barchasi inson uchun, uning shu dunyoda yashashi uchun xizmat qiladi. Buni anglab yetgan insonlar tabiatga bo'lgan o‘z mehrini oshirishga, uni asrab-avaylashga va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda yashashga harakat qilishi lozim. Lekin, ming afsuski bunga javoban ko‘pchilik tabiatni qadrlamaydi, uni asrabavaylamaydi. Yer ularning barcha «nomaqbulchiligini», «erkaligini» ko‘taradi, deb fikr yuritadilar. Shuning uchun hozirgi kunda atrof-muhit muhofazasi muammosi har bir davlatning asosiy masalalaridan biriga aylanishiga olib keldi. Chunki, yer planetasi aholisi o‘tgan asr boshidan 1,5 milharddan yigirma birinchi asrning shu kunigacha 8-8,5 milliardgacha o‘sdi. Bu esa o‘z yo‘lida yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularni ta’minlash uchun yerlar, tabiiy resurslar, energiyaning shiddat bilan ko‘proq ishlatilishiga olib keldi. Shu kunlarda yerdan 100 milliard tonnadan ortiq tabiiy boyliklar qazib chiqarilmoqda, 800 milliard tonna metall eritilmoqda, 60 million tonna turli sintetik materiallar ishlab chiqarilmoqda, har yili yerga 500 million tonna mineral o‘g‘itlar, 3 million tonna zaharli ximikatlar solinmoqda. Tabiiy suv havzalariga 700 milliard m3 miqdorda sanoat va maishiy oqova suvlari tashlanmoqda. Atmosferada to'plangan zaharli birikmalar yomg'ir va qor orqali yerga qaytadi va natijada unumdor tuproq qatlamini, hamda suv havzalarini zararlaydi. Hozirgi kunda suv havzalari sanoat korxonalarining oqova suvlari bilan ham keskin ifloslanmoqda. Sanoatda ajralayotgan oqova suvlar tarkibida asosan turli og'ir metall ionlari va tuzlari, yuvuvchi vositalar, yog'lar, neft mahsulotlari, radioaktiv birikmalari ko‘plab uchraydi. Hisoblarga ko‘ra suv havzalariga 500 mingdan ortiq turli xildagi birikmalar tashlanar ekan. Og‘ir metallar — Pb, Hg, Cu, Zn, Cd suvga tushib, hayvon va baliqlar organizmlariga o'tadi. Ulardan esa iste’mol orqali inson oiganizmiga ham o'tishi mumkin. Demak, har qanday chiqindi qaysi sanoat tarm og'idan tashlanishidan qat’i nazar, albatta ushlab qolinishi, tozalanishi va zararsizlantirilishi lozim. Ushbu darslikni yozishdan asosiy maqsad ham talabalarga hozirgi kunda sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan turli chiqindiiarni ushlab qolish, zararsizlantirish, tozalash va qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini tanishtirishdan iboratdir. Darslik katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, unda bo'lajak mutaxassislarni har bir korxonada ajralayotgan chiqindiiarni alohida ко'rib chiqmoqlikka va ularni zarar keltirish darajasidan qat’i nazar, albatta ushlab qolinishiga hamda qayta ishlanib kerakli mahsulotga aylantirishga e’tiborini qaratishga undaydi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling