Mundarija Kirish I. Bob. Gazlarni tozalash


Gazlarni filtrlarda tozalash


Download 1.39 Mb.
bet3/7
Sana08.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1341459
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xojiev kurs ishi

1.2 Gazlarni filtrlarda tozalash
Siklonlaming asosiy konstruksiyalari quyida keltirilgan: siklonga gazni berish usuliga qarab ular spiralsimon, tangensial, vintsimon va o‘qqa yo'nalgan ko‘rinishda gaz berish siklonlariga bo'linadi. Bulaming ichida o'qqa yo'nalgan ko‘rinishda gaz berish rejimida ishlovchi siklonlaming tozalash samarasi yuqori emas, lekin gidravlik qarshiligi kamroq. Sanoatda keng qoMlaniladigan siklonlar turkumiga spiral ko'rinishda gaz berish rejimida ishlovchi siklonlar kiradi. Lekin amalda hammasi ham bir xil darajada ishlatilishi mumkin. Siklonning ishlash prinsipi quyidagi chizmada .

Ushbu apparatlarda changli gazni tozalash jarayoni tozalanuvchi gazni g‘ovaksimon materialdan o‘tkazish va bunda gaz o‘tib ketib, uning tarkibidagi chang zarralari esa materialda ushlanib qolinishiga asoslangandir. Filtr materiallari turli strukturaga ega bo‘lib, ular asosan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) G'ovaksimon egiluvchan to'siqlar: — tabiiy, sintetik yoki mineral tolalardan to‘qilgan matolar; to ‘qilmagan tolali materialdan tayyorlangan — kigizlar, qog'ozlar, kartonlar, tolali bordonlar, tolali о ‘ramlar; sergbvak listlar —g ‘alvirak rezina, penopoliuretan, membranali filtrlar. 2) Yarim qattiq g'ovaksimon to‘siqlar. — tayanch moslamalarga yoki ikki tayanch orasiga siqilgan tolalar, qirindilar qatlami, to ‘qilgan setkalar. 3) Qattiq g'ovaksimon to‘siqlar: — donasimon materiallar — keramika, plastmassa, presslangan yoki yaxlitlangan metall poroshoklari, g ‘ovaksimon shishalar yoki plastmassalar, uglegrafit materiallari va shu kabilar; tolasimon materiallar — metall va shisha tolalardan shakllangan qatlamlar, metall setkalar, teshilgan listlar. Gazlarni tozalash jarayonida chang zarralari filtr materialiga yaqinlashadi va u bilan to ‘qnashadi. Shunda chang zarralari materialning g'ovakliklarida ushlanib qoladi, gaz esa o‘tib ketadi. Tozalash jarayoni davomida zarralar qatlami qalinlashib boradi va qalinlashgan zarralar qatlamining o‘zi ham filtrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qatlam qalinlashgan sari filtming qarshiligi ortib boradi, ya’ni havoning o‘tishi qiyinlashadi. Buning natijasida filtming g‘ovakligi kamayib, uning qarshiligi ortib boradi. Shunda uni almashtirish yoki regeneratsiya qilish lozim bo‘ladi. Filtrlar qaysi maqsadda ishlatilishiga, hamda gazlarni chiqish va kirish konsentratsiyasiga qarab, ularshartli ravishda 3 sinfga bo'linadi: 1. Chuqur tozalovchi filtrlar (yuqori samaradorli yoki absolut filtrlar), ulaming tozalash darajasi 99% ni tashkil etadi. Tozalanuvchi gaz konsentratsiyasi — lmg/m3 dan yuqori bo'lmasligi lozim. Bunday filtrlar ishlab chiqarishda ajralib chiquvchi o‘ta zaharli zarralami 43 www.ziyouz.com kutubxonasi tozalashda ishlatiladi, shuning uchun filtrlar ishlatilgandan so‘ng regeneratsiya (qayta tiklanmaydi) qilinmaydi. 2. Havo filtrlari — ventilatsiya (shamollatish) va sovitish tizimlarida qo‘llanadi. Filtrlash jarayoni gaz tezligi yuqori — 2,5 — 3 m/sek va tozalanuvchi gaz konsentratsiyasi — 50 mg/m3 gacha boMganda qo'llaniladi. Filtrlar ishlatilgandan so‘ng regeneratsiya qilinishi yoki qilinmasligi mumkin. 3. Sanoat filtrlari - sanoatda ko'plab ajraluvchi changli gazlarni tozalashda va changlaming konsentratsiyasi — 60 g/m3 gacha bo'lganda ishlatiladi. Filtrlar ishlatilgandan keyin regeneratsiya qilinadi. Matoli filtrlar. Sanoatda bunday filtrlar keng tarqalgan.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling