10-ma’ruza. Tabiiy gazlarni oltingugurtli qo‘shimchalardan adsorbsiya usulida tozalash. Reja


Download 39.85 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi39.85 Kb.
#1544884
  1   2
Bog'liq
10-Ma\'ruza


10-MA’RUZA.
Tabiiy gazlarni oltingugurtli qo‘shimchalardan adsorbsiya usulida tozalash.
Reja:
10.1. Gazlarni oltingugurtli birikmalardan tozalash jarayonlarini yutuvchilarini va texnologik sxemalarni tanlab olish.
10.2. Vodorod sulfidni (H2S) zararsizlantirish usullari.


Tayanch iboralar: H2S, COS, CO2, RSH, MEA(monoetanolamin), DGA (diglikolamin), DEA (dietanolamin), DIPA (diizopropanol amin), TEA (trietanolamin), TEA (trietanolamin).
Tabiiy gazni H2S, COS, CO2, RSH lardan tozalashda yutuvchini to‘g‘ri tanlab olish asosiy vazifadir. Yutuvchini to‘g‘ri tanlab olish tovar gaz sifatini oshirishdan tashqari qurilmalarni energiya va metallar sarfini kamaytiradi, hamda gazni qayta ishlash korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi.
Gaz tozalash usullarining turlicha bo‘lishiga qaramasdan yutgich barqaror umumiy talablarga javob berishi kerak:
Yutuvchi nordon komponentlarni ularni gazdagi miqdori katta interval oralig‘ida bo‘lishiga qaramasdan yuqori yutuvchanlik qobiliyati bo‘lishi kerak.
Yutuvchini parsial bosimi past bo‘lishi kerak, chunki jarayonda uni yo‘qotish kamayadi.
Gaz bilan kontakt yaxshi bo‘lishi uchun yutuvchini qovushqoqligi past bo‘lishi kerak.
Uglevodorodlarda erimasligi kerak.
Uglevodorod va ingibitorlarga neytral bo‘lishi kerak.
Korroziyaga aktivligi past.
Oksidlanish va termik parchalanishga mustahkam.
Har-xil aralashmalar bilan reaksiyaga kirishmaslik
Ko‘pik hosil bo‘lishiga barqaror.
Yutuvchini qaynash harorati barcha komponentlarga nisbatan past bo‘lishi kerak.
Oddiy sharoitda DGA va MDEA dan tashqari barcha to‘rtta aminlar qattiq moddalardir. Aminlarga suv qo‘shilsa ularni qovushqoqligi pasayadi, eritmani qaynash harorati ham pasayadi va jarayon nisbatan past haroratda olib boriladi.

Download 39.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling