P a r a z I t o L o g I ya


YaSSI ChUVALChANGLAR (PLATHELMINTHES


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

YaSSI ChUVALChANGLAR (PLATHELMINTHES) tipiga 12500 ga 
yaqin tur kiradi. MDX mamlakatlari xududlarida yassi chuvalchanglarning 2300 dan 
ortiq turi uchraydi. Ular gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va xatto 
ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan 
tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) boradi.
Bu tipning vakillari quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: 
1. Yassi chuvalchanglar tipiga eng tuban tuzilgan uch qavatli billaterial - 
simmetriyali hayvonlar kiradi. 


25 
2. Nomidan ma’lumki, yassi chuvalchanglarning ko’pchiligini gavdasi elka-
qorin tomonga qarab yassilangan, uzun tasmasimon yoki bargsimon 
ko’rinishda bo’ladi. 
3. Yassi chuvalchanglarda tana bo’shlig’i bo’lmaydi. Organlar orasidagi 
bo’shliqlarni parenxima hujayralari to’ldirib turadi. SHuning uchun ham 
ularni bo’shliqsiz parenximali hayvonlar ham deyiladi. 
4. Yassi chuvalchanglarning ovqat xazm qilish organlari faqat ikki bo’limdan 
iborat, ya’ni ko’pincha tomoq deb ataladigan oldingi ichakdan hamda 
endodermadan xosil bo’lgan ko’pincha shoxlanadigan va uchlari berk o’rta 
ichakdan iborat. Ularda orqa ichak va chiqaruv teshigi bo’lmaydi. 
Tasmasimon chuvalchanglarda esa ovqat xazm qilish sistemasi butunlay 
reduksiyalangan. 
5. Yassi chuvalchanglarda bo’shliqichlilarda bo’lmagan yangi organ-ayiruv 
organlar sistemasi paydo bo’lgan. 
6. Ayiruv organlari sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan. Bu sistema 
murakkab shoxlangan naylardan iborat bo’lib, nay bitta amyobasimon yoki 
yulduzsimon hujayradan boshlanadi. SHuning uchun uni bitta hujayradan 
boshlanadigan, ya’ni protonefridiy sistemasi deb ataladi. 
7. Tana qoplami erkin yashovchilarida kiprikli epiteliy hisoblansa, parazitlik 
qilib yashaydiganlarida yadrosiz qavatli botiq epiteliy bilan qoplanadi. 
8. qon aylanish va nafas olish organlari yo’q. 
9. Parazit turlarida odatda tanasining oldingi yoki orqa qismida yopishuvchi 
organlari: ilmoqli so’rg’ichlari, klapanlari va so’ruvchi o’simtalari bo’ladi. 
10. Nerv sistemasi bir juft bosh miya nerv tugunidan (gangliyadan) va tananing 
ikki yon tomoni bo’ylab ketuvchi 2 ta nerv ustunlaridan iborat. Erkin xolda 
yashovchilarida muvozanat organi, ko’zchalari kabi sezuvchi organlari ham 
rivojlangan. 
11. Yassi chuvalchanglar asosan germafrodit hayvonlar bo’lib, jinsiy organlar 
sistemasi murakkab tuzilgan. SHuni ham aytib o’tish kerak-ki, yassi 
chuvalchanglar tipining so’rg’ichlilar, ya’ni trematodalar sinfiga kiruvchi 
ayrim vakillari ayrim jinsli (shistosomalar) hisoblanadi. 
Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o’rtasida dengiz va 
chuchuk suv xavzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki 
turbellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida 
parazitlik qiluvchi juda ko’plab turlari mavjud. 
Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va 
biologiyasida bu hayvonlarning yashash sharoiti ta’sirida vujudga kelgan juda ko’p 
o’ziga xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab 
kechadi. 
Yassi chuvalchanglar tipi o’z navbatida 5 ta sinfga bo’linadi: 1.Kiprikli 
chuvalchanglar 
yoki 
turbellariyalar 
(Turbellaria) 
sinfi. 
2.Monogeniyalar 
(Monogenoidea) sinfi. 3.So’rg’ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 
4.Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5.Sestodasimonlar 
(Cestodaria) sinfi. 


26 
Kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin xolda dengizlarda, chuchuk 
suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirtqichlar bo’lib, bir hujayrali 
hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va xasharotlar bilan 
oziqlanadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling