Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning turlari Askaridoz


Download 96.3 Kb.
bet1/9
Sana15.06.2023
Hajmi96.3 Kb.
#1487451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mavzu: Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning biologik xususiyatlari, qoʻzgʻatadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari.
Reja:
I bob Kirish
II bob Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning biologik xususiyatlari
2.1 Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning turlari
2.2 Askaridoz(Odamlarda parazitlik qiladigan yirik nematoda)
2.3 Ankilostomidozlar (ancylostomidoses)
III bob Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning qoʻzgʻatadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari.

3.1 Odamlarda Parazit Nematodaning Belgilari

3.2 Odamlarda Parazit Nematoda qo’zg’atgan kasallik ALOMATLARi


3.3 Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning qoʻzgʻatadigan kasalliklari diagnostikasi va davolash
IV bob Xulosa
V bob Foydalanilgan adabiyotlar



I bob Kirish
Aholining parazitlik qiladigan nematodalar bilan kasallanish holatlari alohida ahamiyatga ega. parazitlik qiladigan nematodalar bilan kasallanish holatlarini turli jihatlarini o‘rganish borasida ko‘pgina ma’lumotlar to‘plangan. Bugungi kunda olimlar bu sohada hali yechimini toðmagan muammolar ustida astoydil ish olib bormoqdalar. Ko‘pgina parazitlik qiladigan nematodalar bilan kasallanish holatlarini tugatilishi yoki kamayishida erishilgan yutuqlarga qaramasdan, bu kasalliklar hanuzgacha aholi sog‘ligiga katta ziyon yetkazib kelmoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olishdir. Yuqumli kasalliklarning o‘ziga xos qonuniyatlari mavjud bo‘lib, bular yuqumli kasalliklarning ma’lum vaqt o‘tishi bilan eðidemiyaga sabab bo‘lishi yoki ba’zi kasalliklarning tugatilishi arafasida yangi yuqumli kasalliklarning ðaydo bo‘lishidir. Bu qonuniyatlar tibbiyot xodimlaridan turli eðidemiologik holatlarda shay turish, kechiktirmasdan tashxis qo‘yish, shoshilinch yordam ko‘rsatish va o‘z vaqtida ðrofilaktik chora-tadbirlar o‘tkazishdek jonbozlikni talab qiladi. Yuqumli kasalliklar bilan kurashish va ularning oldini olishda o‘rta tibbiyot xodimlarining ham roli katta bo‘lib, bu ularning bilim va amaliy tayyorgarlik darajasiga bevosita bog‘liq. O‘quvchilarni yuqumli kasalliklar etiologiyasi, eðidemiologiyasi, klinikasi, laboratoriya tashxisi, davolash va ðrofilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan chuqur tanishtirish bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini ham yaxshilaydi. O‘quvchilar ayrim yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni ðarvarish qilishda bemorga kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini bilgan holda yondashishlari kerak. Bundan tashqari o‘rta tibbiyot xodimlari uchun yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish usullarini o‘rganish, laboratoriya tekshiruvlari va amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ri bajarish alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga ular bemorlarning tezda sog‘ayishi uchun ularning ovqatlanishi hamda ularni to‘g‘ri ðarvarish qilish qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilishlari zarur. Mazkur o‘quv qo‘llanmada yuqumli kasalliklar, umumiy eðidemiologiya va tibbiy ðarazitologiya masalalari yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma umumiy va maxsus qismlardan iborat. Umumiy qismda fanning qisqacha tarixiy rivojlanishi va hozirgi zamon nuqtai nazaridan yuqumli va ðarazitar kasalliklar haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Yuqumli va ðarazitar kasalliklar xususiyatlari, umumiy eðidemiologik jihatlari, bemorlarga tashxis qo‘yish, davolash usullari va bemorlarning ovqatlanishi masalalari keng yoritilgan. Shuningdek «Xavfsiz inyeksiyalar» dasturining qoidalari, o‘ta xavfli (karantin) infeksiyalar (O‘XI) va bu infeksiyalarda kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Maxsus qism kasalliklarni alohida ta’riflashga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda materiallar ma’lum ketma-ketlik (kasallikning umumiy ta’rifi, etiologiyasi, eðidemiologiyasi, ðatogenezi va ðatologik anatomiyasi, klinikasi, tashxisi, davolash, ðrofilaktikasi va kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar) asosida yoritilgan. Materiallar hozirgi zamon tibbiyot fani va amaliyotidagi qo‘lga kiritilgan yutuqlar asosida yoritilgan. Mualliflar materiallarni o‘quvchilarga tushunarli ravishda yetkazishga harakat qilganlar. O‘quv qo‘llanmadan jadvallar va ko‘ðgina rasmlar o‘rin olgan. Mavzular bo‘yicha nazorat savollari, testlar, vaziyatli masalalar, o‘quv qo‘llanmaning oxirida esa testlarning javoblari keltirilgan. Bu esa o‘quvchilarga o‘zlashtirilgan bilimni yanada mustahkamlash va o‘z ustida mustaqil ishlashlari uchun imkon yaratadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot kollejlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u umumir va maxsus qismlardan iborat. Yuqumli kasalliklar haqidagi ta’limot asrlar davomida o‘rganib kelingan. Bu ma’lumotlarni eng qadimgi yozmalarda ham uchratish mumkin. Yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalishi inson hayotining barcha tarixiy davrlariga xos bo‘lgan. Qadimgi yunon tarixchisi Fukididning ta’kidlashicha, eramizgacha bo‘lgan 435– 430-yillardagi yirik eðidemiya Afina iqtisodiyotining inqirozga uchrashiga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda buni toshmali tif eðidemiyasi bilan bog‘lashmoqda. XIV asrda Yevroðada o‘lat («qora o‘lim») dan 25 mln kishi o‘lgan. XVII asrda Yer sharida faqatgina chechak kasalligidan 60 mln kishi nobud bo‘lgan. Uzoq yillar davomida yuqumli kasalliklar tabiati haqida hech narsa aniq bo‘lmagan. O‘z davrining yetuk olimi Giððokrat (eramizgacha 460–377-yillar) eðidemiyalar kelib chiqishini alohida «miazmalar» – havoning yuqumli bug‘lanishi bilan bog‘liq deb tushuntirgan. Uning «havo, suv va joy (yer) lar haqida» va «Eðidemiyalar haqida yetti kitob» nomli asarlarida o‘z aksini toðgan kuzatuvlari hozirgi kunda ham ma’lum tarixiy ahamiyatga ega. Qadimgi sharqning buyuk olimi Abu Bakr ar-Roziy (864–925) moxov, quturish, bezgak (botqoq isitmasi), sil, chechak va qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni o‘rgandi va ularning belgilari haqida yozdi. U har bir kasallikning o‘z sababchisi – etiologiyasi mavjudligini isbotladi. O‘zining kuzatuvlari natijasida chechak bilan og‘rigan kishilar bu kasallik bilan boshqa og‘rimaydilar, degan xulosaga keldi. Uning «Chechak va qizamiq haqida» nomli kitobi katta eðidemiologik ahamiyatga ega. Bu chechak va qizamiqni aniqlash va davolash bo‘yicha birinchi monografiya hisoblanadi. Bu kitob arab va lotin tillarida choð etilgan bo‘lib, keyinchalik ko‘ðgina yevroða tillariga tarjima qilingan. Abu Ali ibn Sino (980–1037) bizga katta meros qoldirgan. Uning «Òib qonunlari» nomli asarida yuqumli kasalliklarning yuqumlilik xususiyati haqida qarashlar mavjud. U dunyoda birinchi bo‘lib «isitmalar» haqidagi ta’limotni ma’lum bir sistemaga soldi va ularning davriyligini ko‘rsatdi. Chechak, o‘lat, vabo, qizamiq va kuydirgi eðidemiyalarini, ularning vujudga kelishi va tarqalishi uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lishi kerakligi bilan bog‘ladi. Bundan tashqari u kasallik tarqalishida suv, oziq-ovqat, havo, turar joy, hasharotlar va sut emizuvchilar hamda yuqumli kasallikka chalingan bemorlar bilan bevosita aloqada bo‘lish (hozirgi kunda kasallik manbai deb yuritiladi) kabi omillarga alohida ahamiyat berdi. U kasallik tarqalishini hasharotlar sonining ko‘ðayishi bilan bevosita bog‘ladi, masalan, pashhsalar ko‘p bo‘lgan joyda vabo eðidemiyasi, chivinlar ko‘paygan botqoq joylarda bezgak tarqalishiga alohida e’tibor berdi. Bezgak kasalligi klinikasini batafsil yozib qoldirgan.Quturish kasalligi bo‘ri, it, tulki, shoqol va boshqa hayvonlar tishlashi tufayli vujudga keladi, degan fikrni aytgan. Ibn Sino gelmintlarni to‘rt xil ko‘rinishda ta’riflaydi: katta uzun, yumaloq, yassi («kadi urug‘i») va mayda. Yuqumli kasalliklarning atrofdagilar uchun xavfliligini e’tirof etib, bunday bemorlarni sog‘lom kishilardan ajratish zarurligini ta’kidlaydi. U ichak va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun sifatli mahsulotlar iste’mol qilishni tavsiya etadi. Bunda toza suv va havoning ahamiyatiga alohida to‘xtaladi. Yuqumli kasalliklarga chalinganda suv bilan birga sirka, sarimsoq ðiyoz, ðiyoz, nordon (achchiq) quyultirilgan sharbatlar, ya’ni kislotalar va fitonsid ta’sirga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi. Burgalarni yo‘qotish uchun har xil o‘t va mevalar damlamasi hamda qaynatmalari, oltingugurt va boshqa moddalar, bitlar bilan kurashish uchun esa simobli ðastalar, mishyak va lavlagi sharbatlarini ishlatishni tavsiya etgan. Kemiruvchilarni cho‘chitib haydash va yo‘qotish uchun dengiz ðiyozi, mishyak va karam ildizini ishlatish zarur, deb hisoblaydi. XVI asr o‘rtalarida italiyalik ðrofessor Jirolamo Frokastoro (1478–1553) o‘zining «Kontagiyalar va kontagioz kasalliklar haqida» (1546) kitobida kasallik kontagiyalari (ko‘rinmas tirik organizmlar) va ularning yuqish yo‘llari haqida to‘liq ma’lumot berdi. Bu kontagiyalarni u uch guruhga ajratadi: a) bevosita aloqa orqali tarqaladigan kontagiyalar; b) kiyim-kechaklar, buyumlar va boshqa obyektlar orqali ham tarqaladigan kontagiyalar; d) havo orqali tarqaladigan kontagiyalar. Gollandiyalik tabiatshunos Antoni van Levenguk (1632–1723) XVII asrning oxirlarida ko‘zga ko‘rinmas mikroorganizmlar dunyosini ochdi. Lekin Yevroðaning turli mamlakatlarida bir necha bor yuqumli kasalliklar eðidemiyalari rivojlanishiga qaramay yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar haqidagi g‘oya uzoq yillar davomida o‘z isbotini toða olmadi. Ingliz olimi Eduard Jenner (1749–1823) ishlab chiqqan chinchechakka qarshi emlashning samarali usuli katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1796-yili Jenner ilk bor sakkiz yoshli bolani chechakka qarshi emladi. Bola kasallanmay qoldi. Shunday qilib, chechakka qarshi ommaviy emlash usuliga asos solindi. Buyuk rus vrachi D.S.Samoylovich (1744–1805) o‘lat kasalligining yuqumliligini isbotladi va bu kasallik ðaytida dezinfeksiyaning eng oddiy usullarini ishlab chiqdi. 1829-yilda Sharl Lui qorin tifi klinikasini batafsil yoritdi. 1856- yilda «isitmalar» guruhidan toshmali tif, 1865-yilda esa qaytalama tif alohida kasalliklar sifatida ajratib olindi. Fransuz olimi Lui Paster (1822–1895)ning buyuk kashfiyotlari natijasida achish va chirish jarayonlarida mikroorganizmlarning bevosita ishtiroki isbotlandi. Nemis olimi Robert Kox (1843–1910)ning tekshiruvlari vabo va kuydirgi qo‘zg‘atuvchilarining morfologik belgilarini o‘rganishga imkon berdi. Keyinchalik ko‘ðgina yuqumli kasalliklar – qaytalama tif (1868), qorin tifi (1880), sil (1882), qoqshol (1884), dizenteriya (1891), leyshmanioz (1898) va boshqa kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari aniqlandi. D.I. Ivanovskiy (1864–1920)ning izlanishlari asosida viruslar mavjudligi isbotlandi (1892). V.Ya. Danilovskiy (1852–1939) tomonidan umurtqali hayvonlar qonida ðarazitlarning toðilishi bezgak qo‘zg‘atuvchilarining ðatogenligi va ular kasallik tarqatishida chivinlarning roli isbotlovchi dalillardan biri ekanligini bildirdi. Yirik gematolog va malyariolog D.L.Romanovskiy (1861–1921) qon ðreðaratlðarini bo‘yash usulini taklif etdi va bu usul bugungi kungacha o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.

Download 96.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling