Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning turlari Askaridoz


Ankilostomidozlar (ancylostomidoses)


Download 96.3 Kb.
bet4/9
Sana15.06.2023
Hajmi96.3 Kb.
#1487451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.3 Ankilostomidozlar (ancylostomidoses)
ANKILOSTOMIDOZ — odam ichagida parazitlik qiladigan yumaloq chuvalchanglar — ankilostomidlar qo’zg’atadigan gijja kasalligi. Issiq iqlim kasalliklaridan. Ankilostomidoz belgilari kasallik yuqqanidan 2-3 oy keyin namoyon bo’ladi. Asosan me’da-ichak faoliyati buzilib, darmonsizlik, mehnatga layoqatsizlik, ba’zan og’ir shakldagi kamqonlik, bosh aylanishi, bosh og’rig’i, bolalarda jismoniy va aqliy jihatdan o’sishning orqada qolishi va boshqalar kuzatiladi. Bemor kasalxonada davolanadi.
Qo‘zg‘atuvchilari — ikki turdagi yumaloq chuvalchanglardir: Ancylostoma duodenale (egri bosh) va Necator americanus (nekator yoki Amerika egri boshi). Bu nematodalarning o‘lchami 1—2 sm ga teng. Ular tuzilishiga ko‘ra juda o‘xshash. Bosh qismi og‘iz kaðsulasiga ega. Erkak ðarazitlarning dum qismida qo‘ng‘iroqsimon (jomsimon) kengayish yoki sumkacha mavjud. Ankilostomalar va nekatorlar tuxumi tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qilmaydi. Ular ovalsimon shaklda bo‘lib, yuðqa tiniq qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Najasda bir sutka ichida tuxumlarda lichinkalar rivojlanadi. Ankilostomidozlar — geogelmintozlardir. Invaziya manbai bemor odam hisoblanadi. Ankilostoma va nekator odamning ingichka ichagida ðarazitlik qiladi. Òuxumlari najas bilan ajraladi. Òuxumlar iliq, nam tuðroqqa tushgandan keyin 10—15 kun davomida lichinkalar rivojlanadi va ular bir necha oy tuðroqda yashashi mumkin. Ankilostomalar lichinkasi sabzavot va mevalar yoki iflos qo‘llar bilan og‘izga tushadi. Nekatorlar lichinkasi, ba’zida ankilostomalar oyoqyalang yurganda yoki o‘tlar ustida yalang‘och yotganda organizmga teri orqali kiradi. Lichinkalar organizmga kirgach, qon oqimi bilan o‘ðkaga migratsiya qiladi. U yerdan alveolalar hamda bronxlar orqali halqumga tushadi va yutib yuboriladi. Oshqozondan ingichka ichakka o‘tib, u yerda kattalashadi. Invaziya yuqqan vaqtdan tuxum qo‘yadigan davrgacha rivojlanish davri 2 oyni tashkil etadi. Ankilostomalar organizmda 5—15 yil ðarazitlik qiladi. Kasallikka moyillik umumiy. Qishloq xo‘jalik va shaxta ishchilari, yerda ishlovchilar hamda bolalar ko‘ðroq invaziya yuqtirib, kasallanadilar. Patogenezining dastlabki bosqichlarida ðarazitar metabolitlarning toksik-allergik ta’siri, surunkali bosqichi ðatogenezida esa — ankilostomidalar oziqlanishining xususiyatlari tufayli temir yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan anemiya asosiy rol o‘ynaydi. Ankilostomidalar og‘iz kaðsulalari yordamida 1—3 minut davomida shilliq ðardalarga yoðishib, ichak shilliq ðardalarini zararlaydi va bunda ajralib chiqqan qon bilan oziqlanadi. Sutkada bitta ankilostom 0,3 ml, bitta nekator — 0,1 ml qon so‘radi. Ular tez-tez yoðishish joyini o‘zgartirib turadi va natijada o‘sha joylarda uzoq vaqt davomida qonab turadigan yaralar hosil bo‘ladi. Bular ham anemiya rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Òeri orqali zararlanganda kasallikning dastlabki kunlari (soatlari) lichinkalar kirgan joyda dermatit rivojlanadi, qayta zararlanganda bu yanada og‘ir o‘tadi. Òurli toshmalar, teri qichishishi, ba’zida mahalliy shishlar kuzatiladi. Òerining qashlangan joylariga ikkilamchi infeksiyalar tushishi juda xarakterlidir. Keyinchalik ankilostomidlar lichinkalari migratsiyasi va ularning almashinuv mahsulotlari ta’siri natijasida organizmda sensibilizatsiya rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘ðkani zararlab, bronxit va laringit kabi jarayonlarni yuzaga keltiradi. Invaziyaning dastlabki bosqichi yuqori eozinofiliya, ba’zan yuqori isitma bilan kechadi. Peroral zararlanganda bu belgilar kuzatilmaydi. Ankilostomidozlarning surunkali bosqichida kasallikning asosiy ko‘rinishlari gelmintning o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda ðarazitlik qilishiga bog‘liq. Bemorni ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish va qabziyatga moyillik bezovta qiladi. Bemorni ba’zan eðigastral sohadagi juda kuchli, ya’ni o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini eslatadigan og‘riq bezovta qiladi. Bora-bora temir yetishmasligi tufayli kelib chiqadigan anemiya rivojlanadi va bunda tegishli klinik hamda laboratoriya belgilari namoyon bo‘ladi. Òashxis najasda toðilgan ankilostomidalar tuxumlariga qarab qo‘- yiladi. Najas boyitish usulida tekshiriladi. Ankilostomidalar differensiatsiyasi lichinkalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Bemorlarni davolashning asosi degelmintizatsiya hisoblanadi. Bunda ko‘ðincha quyidagi antigelmint ðreðaratlar qo‘llanadi: 1) kombantrin (ðirantel ðamoat) bir kursga 10—20 mg/kg, ovqat vaqtida; 2) mebendazol (vermoks) 100 mg dan kuniga 2 mahal 3 kun davomida; 3) levamizol (dekaris) 2,5 mg/kg dan (bir martalik va kurs bo‘yicha miqdori) uxlashdan oldin; 4) tiabendazol (mintezol) 25 mg/dan sutkasiga 2 mahal ovqatdan keyin 2 kun davomida; 5) naftamon (alkoðar) bir martalik (kurs bo‘yicha) miqdori saharlab 5 g. Kuchli anemiyada temir ðreðaratlari va folat kislota tayinlanadi. Davolashdan keyin 2—3 hafta o‘tgach, najasni nazorat uchun tekshiriladi. Profilaktikasi ankilostomidalar bilan invaziyalanganlarni aniqlash va davolash bo‘yicha komðleks tadbirlar, shaxta va yer osti inshootlarini tozalash hamda najaslar bilan ifloslantirmaslik bo‘yicha sanitar-eðidemiologik tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Download 96.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling