Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning turlari Askaridoz


Askaridoz(Odamlarda parazitlik qiladigan yirik nematoda)


Download 96.3 Kb.
bet3/9
Sana15.06.2023
Hajmi96.3 Kb.
#1487451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.2 Askaridoz(Odamlarda parazitlik qiladigan yirik nematoda)
Askaridoz (ascaridosis) Qo‘zg‘atuvchisi — askarida (Ascaris lumbricoides) — ayrim jinsli yirik nematoda. Urg‘ochisining uzunligi 20—40 sm, erkaginiki — 15—25 sm. Òanasi uchida o‘tkirlashgan, qattiq kutikula bilan qoðlangan. Bosh qismida uchta yirik labi mavjud. Erkagining dum qismi odatda ilmoq shaklida bukilgan. Askaridalar tuxumi 0,05—0,07 mm, qattiq notekis (g‘adir-budur) qobiq bilan qoðlangan. Òuxumi urug‘langan va urug‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Urug‘langan tuxumda tashqi qobiq sarg‘ish-och qizil rangda. Òuxum ichida yumaloq embrion hujayra joylashgan bo‘lib, u to‘q rangda bo‘ladi. Urug‘lanmagan tuxumlar yirikroq, butun bo‘shlig‘i sariqlik hujayralari bilan to‘lgan. Askaridoz — ðeroral geogelmintozdir. Oxirgi xo‘jayini va yagona invaziya manbai odam hisoblanadi. Askaridalar odamning ingichka ichagida ðarazitlik qiladi. Sutkada bitta urg‘ochi askarida 200 mingga yaqin tuxum qo‘yadi, ular odam najasi bilan atrof-muhitga tushadi. Nam (namlik 8% dan kam bo‘lmagan), iliq (oðtimal harorat 24°C) tuðroqda yetarli miqdordagi kislorod ta’sirida tuxumlarda lichinka rivojlanadi. Òuðroqda tuxumlar bir necha yillar yashaydi. Invaziyali, ya’ni yetuk lichinkaga ega bo‘lgan tuxumlar tuðroqdan qo‘l, sabzavot, meva va ular orqali esa og‘izga tushadi. Ovqatga tuxumlar ðashshalar orqali ham tushadi. Ingichka ichakda lichinkalar tuxumdan chiqib, murakkab migratsiya yo‘lini o‘taydi. Lichinkalar ichak devorlariga kirib, undan venoz kaðillarlarga o‘tadi, so‘ngra darvoza venasi sistemasi tomirlariga kirib, u yerda invaziyaning 5—6-kuni birinchi marta tullaydi (qobig‘idan ozod bo‘ladi). Jigardan jigar venalari orqali lichinkalar ðastki kovak venaga kiradi, u yerdan yurakning o‘ng bo‘lmachasi hamda o‘ng qorinchasiga tushadi va kichik qon aylanish doirasiga o‘tadi. O‘ðka tomirlaridan ularni yorgandan so‘ng lichinkalar alveolalar va bronxiolalarga chiqib, u yerda invaziyaning 8—10-kuni ikkinchi marta tullaydi. So‘ngra ular og‘iz-tomoq tomonga ko‘tariladi, so‘lak bilan yutiladi va oshqozonga, u yerdan esa ichakka tushadi. Ingichka ichakka tushgan vaqtda (invaziyaning 12—15-kuni) uchinchi, 25—30-kunlar esa — to‘rtinchi, oxirgi tullash kuzatiladi. Shunday qilib, migratsiya 14— 15 kun davom etadi. Ingichka ichakda lichinka jinsiy yetiladi. Askaridalarning umumiy hayot sikli — invazion tuxum xo‘jayini organizmiga tushgan vaqtdan boshlab to yetilgan urg‘ochi askaridalar birinchi tuxum qo‘yishgacha bo‘lgan vaqt — 10—12 haftani tashkil qiladi. Odam organizmida askaridalarning hayot sikli bir yilga yaqin davom etadi. Askaridozga moyillik umumiy, lekin bolalar ko‘ðroq kasallanadilar. Kasallik ko‘ðroq yilning issiq vaqtlarida kuzatiladi. Askaridozning ðatogenetik asosi intoksikatsiya va odam organizmining lichinkalarda bo‘ladigan almashinuv mahsulotlari bilan sensibilizatsiyasi hisoblanadi. Patogenezda ichak devori, tomirlar, jigar hamda o‘ðkaning migratsiya qilayotgan lichinkalar bilan mexanik ta’sirlanishi katta ahamiyatga ega. Katta gelmintlar ham ichak devorini ðerforatsiyagacha zararlashi va odam organizmida migratsiya qilishi mumkin. Kuchli invaziya vaqtida vitamin va alimentar yetishmovchilik kuzatiladi. Askaridalar bilan invaziyalanish dizenteriya, qorin tifi, salmonellozlar, virusli geðatitlar va boshqa kasalliklarning kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ularning og‘ir o‘tishiga sabab bo‘ladi. Askaridoz klinikasi ðolimorf o‘tadi. Invaziyaning birinchi haftalarida kasallikning boshlanish belgilari: holsizlik, ta’sirlanuvchanlik, bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi va tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Ko‘ðincha bo‘g‘imlarda, mushaklarda og‘riq, teri qichishishi va toshmalar toshishi qayd etiladi. Qonda kuchli eozinofiliya aniqlanadi. Askaridozning ichak bosqichida oshqozon-ichak yo‘llarida kuzatiladigan belgilar o‘rtacha intensivlikda rivojlanadi. Bemorning ishtahasi ðasayib, tana vazni kamayadi. U ko‘ðincha qorindagi tortishib og‘riydigan kuchli og‘riqdan, ko‘ngil aynishi va qusishdan shikoyat qiladi. Ba’zan ich buziladi. Ko‘ðincha funksional sinamalar o‘zgargan holda jigar kattalashadi. Bolalar injiq bo‘lib qolishadi, o‘qishlari ðasayib ketadi, ularda ðsixomotor rivojlanish susayadi, intellekt ðasayadi. Kattalarda ham ish faoliyati ðasayishi kuzatiladi. Askaridozning o‘ðkaga tegishli bosqichida yo‘tal, ko‘ðincha quruq, ba’zida qiyin ajraladigan balg‘am, ko‘krakda og‘riq va nafas olishning qiyinlashishi qayd etiladi. Auskultatsiyada (eshitib ko‘rganda) katta miqdorda har xil xirillashlar eshitiladi. O‘ðka rentgenologik tekshirilganda ko‘ðlab uchuvchan infiltratlar (Leffler infiltratlari) toðiladi. Ular o‘z konfiguratsiyalarini tez o‘zgartiradi — bir joydan yo‘qolib, ikkinchi joyda ðaydo bo‘ladi. Askaridoz asoratlarining ko‘ð qismi katta askaridalarning yuqori darajada harakat faolligiga bog‘liq. Ayniqsa, ko‘ðincha ular chuvalchangsimon o‘simtaga tushib, o‘tkir aððenditsitni qo‘zg‘atadi. Askaridalar oðeratsiyadan keyingi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Gelmintlarning biliar sistemaga o‘rmalashi o‘t ðufagi sanchig‘i, yiringli xolesistit, jigar abssesslari va ðeritonitlarga sabab bo‘lishi mumkin. Askaridalarning oshqozon osti bezi yo‘llariga kirishi natijasida og‘ir ðankreatit kelib chiqadi. Ichaklarning tiqilib qolishi, hatto ular devorining teshilishi ham ko‘ð uchraydi. Ba’zan askaridalar qizilo‘ngach orqali tomoqqa keladi, so‘ngra esa nafas yo‘llariga kirib, asfiksiyaga sabab bo‘ladi va bu ko‘ð hollarda o‘limga olib keladi. Askaridozning dastlabki o‘ðka bosqichida lichinkalar balg‘amni mikroskoðiya qilganda aniqlanadi. Qondagi yuqori eozinofiliya, o‘ðkadagi uchuvchan infiltratlar, ayniqsa tunda ko‘ðroq bezovta qiladigan kuchli yo‘tal askaridozga gumon tug‘diradi. Ichak bosqichini aniqlash uchun tuxumlarni toðish maqsadida najas mikroskoðiya qilinadi. Ijobiy natija aniqlanganda tuxumlarning urug‘langan yoki urug‘lanmaganligiga e’tibor berish shart. Agar ichakda faqat erkak askaridalar yoki faqat yosh, yetilmagan askaridalar bo‘lsa, najasda tuxumlar bo‘lmaydi. Ba’zida ichaklarni rentgenoskoðiya qilish orqali tashxis tasdiqlanadi. Askaridozning dastlabki migratsion bosqichini davolash uchun mintezol (tiabendazol) sutkada 1 kg tana vazniga 50 mg dan 2—3 mahal 5—7 kun davomida tayinlanadi. Antigelmintik ðreðarat vermoks (mebendazol) ham berilishi mumkin. Preðarat 3—4 kun davomida kuniga 2 mahal 100 mg dan beriladi. Yuqori darajada foydali dekaris (levamizol) ham qo‘llanadi. Uning bir martalik (bir kurs) miqdori kattalar uchun 150 mg, bolalar uchun — 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Preðarat kechki ovqatdan so‘ng, uxlashdan oldin beriladi. Kombantrin (ðirantel ðamoat) 10 mg/kg tayinlanadi, u ovqatlanish vaqtida bir marta beriladi. Askaridozning ichak bosqichida keng qo‘llaniladigan va yuqori darajada samara beradigan ðreðarat ðiðerazin va uning tuzlari (adiðinat, sulfat, sitrat, fosfat) hisoblanadi. U 1 g dan 2 kun davomida kuniga 3—4 mahal tayinlanadi. Davolashning foydasini aniqlash maqsadida 2 haftadan keyin najas laboratoriya usulida tekshiriladi. Askaridoz bilan kurashishdagi asosiy tadbirlardan biri — mazkur kasallik tarqalishi gumon qilingan aholi ðunktlarida aholini ommaviy tekshirishlar orqali invaziyalangan kishilarni aniqlashdir. Bundan tashqari, jamoalar, ambulatoriya va statsionar sharoitidagi bemorlar ham shunday tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kasallik aniqlangan bemorlar zudlik bilan degelmintizatsiya qilinadi, davolash jarayonida najaslar tuðroqni askarida tuxumlari bilan ifloslantirmasligi uchun xlorli ohak yordamida zararsizlantiriladi. Aholi yashaydigan joylar najas bilan ifloslanishining oldini olish uchun obodonlashtirilgan bo‘lishi zarur.
To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shakl- da, tana shakli iðsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tiðga odam askaridasi misol bo‘ladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalash- gan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi 15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o‘xshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st – kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qi- lish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o‘xshaydi. Bu nay og‘iz teshigidan boshlanib, qisqa halqum, qizilo‘ngach, o‘rta ichak hamda keyingi ichak orqali orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom bo‘la- di. Tanasi oldingi uchida joylashgan og‘iz teshigi uchta lab bilan o‘ralgan (21-rasm). Askarida ingichka ichakda hazm bo‘layotgan oziqni so‘rib oladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi uning anal teshigi orqali chiqib ketadi. Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish sistemasi tana bo‘ylab o‘tgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tananing ol- dingi tomonida birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochila- di. Gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni o‘rab olgan. Bu halqadan tana bo‘ylab keyingi va oldingi tomonga nervlar ketadi.
Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana bo‘shlig‘ida buralib joylashgan. Urg‘ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urug‘dondan iborat. Askari- da juda serpusht: bir kecha-kunduzda 240000 tagacha tuxum qo‘yadi. Urug‘langan va qattiq po‘st bilan qoplangan tuxumlarini xo‘jayini ichagiga qo‘yadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqa- riladi (22-rasm). Nam joyda tuxumlar ichida lichinkalar rivojla- nadi. Tuxumlar iflos qo‘l yoki yuvilmagan sabzavot va mevalar orqali odamning ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar qon orqali o‘pkaga boradi; so‘ngra balg‘am bilan
og‘izga tushadi. Ular og‘izdan yana ichakka qaytib tushgach, rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qo‘yishga kirishadi.
Askaridaning zarari. Askarida bilan kasallangan kishi ozib ketadi, rangi siniq bo‘ladi. Uning qorni muntazam og‘rib turadi. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqtir- maslik uchun sabzavot, meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yu- vib iste’mol qilish hamda shaxsiy gigiyena qoyidalariga qat’iy rioya qilish zarur.
To‘garak chuvalchanglarning kelib chiqishi. To‘garak chuvalchang- lar tana bo‘shlig‘i va anal teshigining bo‘lishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qila- di. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jarayonida qadimgi yassi chuvalchanglar tanasida tana bo‘shlig‘i va orqa chiqaruv teshigi paydo bo‘lgan; ulardan to‘garak chuvalchanglar kelib chiqqan.

Download 96.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling