Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning turlari Askaridoz


II bob Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning biologik xususiyatlari


Download 96.3 Kb.
bet2/9
Sana15.06.2023
Hajmi96.3 Kb.
#1487451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
II bob Odamlarda parazitlik qiladigan nematodalarning biologik xususiyatlari
2.1 Nematodalar haqida umumiy ma’lumot
Nematodozlar — yumaloq chuvalchanglar (Nematoda) sinfiga mansub gelmintlar qo‘zg‘atadigan invaziyalar guruhidir. Nematodalar yumaloq, cho‘zilgan, kutikula bilan qoðlangan bo‘lib, 1 mm (strongilidlar)dan 20—25 sm (askaridalar)gacha bo‘ladi. Ularning bosh qismida og‘iz teshigi joylashgan. Nematodalarning hazm va nerv sistemalari trematodalar va sestodalarga nisbatan ancha mukammal tuzilgan. Nematodalar — ayrim jinsli hayvonlar hisoblanadi. Urg‘ochilari erkaklariga qaraganda ancha yirik, tuxum qo‘yadi (ko‘ðincha lichinkalarga ega) yoki tirik tug‘adi (filyariyalar). Gelmintlarning jinsiy yetilgan shakllari odam ichagida ðarazitlik qiladi. Proðagativ bosqichlari tuðroqda yetiladi. Bundan invaziv tuxumlar ajratadigan (kontagioz gelmintoz) ostritsa va strongilidlar (ularning lichinkasi odam ichagidayoq tuxumdan chiqadi — autoinvaziya) mustasnodir. Invaziyali lichinkalar trixinellyozda ham shakllanadi, ammo ularning keyingi rivojlanishi yangi xo‘jayin organizmidagina kuzatilishi mumkin. Ayrim nematodalarning (askaridalar, ankilostomalar) tuxumlardan chiqqan lichinkalari ichakdan qonga kiradi va murakkab migratsiya jarayonidan o‘tadi. Bu vaqtda invaziyaning dastlabki bosqichlaridayoq kuchli mahalliy va umumiy allergik reaksiyalar vujudga keladi va qator a’zolar zararlanadi. Katta nematodalarning ham migratsiyasi kuzatilishi mumkin, bu esa og‘ir asoratlarga olib keladi.
Enterobioz (enterobiosis) Qo‘zg‘atuvchisi — Enterobius vermicularis — ostritsa, oq rangdagi katta bo‘lmagan nematoda, uzunligi 9—12 mm (urg‘ochisi)dan 3—4 (erkagi)gacha. Parazitning bosh qismi kutikular kengaygan ko‘rinishga ega bo‘lib, u yoðishish (fiksatsiya) a’zosi bo‘lib xizmat qiladi. Òanasining dum qismi o‘tkir, shuning uchun «ostritsa» (o‘tkirlashgan) nomini olgan. Urg‘ochi tanasi orqali tuxumlarga to‘la bo‘lgan bachadon ko‘rinib (yorishib) turadi. Erkagining dum qismi bukilgan holda ko‘rinadi. Òuxumlari tiniq, qobig‘i nozik va silliq bo‘ladi. Enterobioz — ðeroral kontagioz gelmintozdir. Yagona invaziya manbai — odam hisoblanadi. Ostritsalar odam ingichka ichagining ðastki qismi va yo‘g‘on ichakda yashaydi. Urug‘langan urg‘ochilari ko‘ðincha tunda va uyqu vaqtida anal teshigidan o‘rmalab chiqadi va ðerianal teshik, oraliq va dumba terilariga 15 mingtagacha tuxum qo‘yadi. 4—5 soatdan keyin tuxumlardan lichinkalar yetiladi va ular invazion, ya’ni odam uchun yuqumli hisoblanadi. Ostritsalar o‘rmalab chiqqan joylar qichiydi, bu qichigan joylarni qashlaganda ostritsa tuxumlari tirnoqlar tagiga kirib qoladi. Ular kiyim, choyshab, o‘yinchoqlar, idish-tavoqlarga o‘tadi. Og‘izga tushganda yutib yuboriladi. Ichakda tuxumlardan lichinkalar chiqadi va jinsiy yetiladi. Ostritsalarning odam organizmida yashash muddati 1—2 oy bo‘lib, ammo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda organizmning doimiy ravishda o‘zidan-o‘zi zararlanishi (autoinvaziya) tufayli ular ayrim bemorlarda bir necha oylar, hatto yillar davomida ðarazitlik qilib yashashi mumkin. Invaziyaga hamma kishilar moyildir, lekin bolalar ko‘ðroq kasallanadilar. Patogenezida ichak shilliq qavatlarining mexanik jarohatlanishi, ularda qon quyilish, nekroz va yallig‘lanish jarayonlari ahamiyatga ega. Gelmintlar ayollar jinsiy a’zolariga o‘rmalab kirish xususiyatiga ham ega. Bu vaqtda bu a’zolarda shilliq ðardalar zararlanadi va vulvit, vaginit va endometritlar rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Organizm allergik holati ham kasallik ðatogenezida ma’lum ahamiyatga ega. Enterobiozda bemorning asosiy shikoyati ðerianal sohada qichishish va kuyishishdir. Intensiv bo‘lmagan invaziyada qichishish o‘rtacha bo‘lib, bemorni asosan tunda bezovta qiladi. Kuchli invaziyada qichishish chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘ladi, bemorni kecha-yu kunduz bezovta qiladi, oraliq, sonlar, qorin va jinsiy a’zolarga tarqaladi. Qashlangan joylarda tirnalishlar ðaydo bo‘lib, yiringli o‘choqlar — ðiodermiyalar kuzatiladi. Uyqu buziladi, bemor ta’sirlanuvchan bo‘lib qoladi, ish faoliyati ðasayadi. Bolalar injiq va yig‘loqi bo‘lib qoladilar, bosh og‘riydi. Òana vazni kamayadi. Invaziyaning og‘ir hollarida ichak funksiyalari buziladi: qabziyat kuzatiladi yoki ich ketadi, ayrim ðaytlarda shilimshiq va qon aralash ich ketadi, qorinda quldirash hamda og‘riq ðaydo bo‘ladi, meteorizm, ko‘ngil aynishi va ba’zan qusish holatlari kuzatiladi. Ko‘ðincha bemorning o‘zi yoki uning ota-onalari «mayda iðsimon qurtlar» ajralib chiqishiga e’tibor beradilar. Ajralgan gelmintlar tashxisning so‘zsiz tasdig‘idir. Laboratoriya usullaridan tuxumlarni toðish maqsadida ðerianal qirmani mikroskoðiya qilish muhim hisoblanadi. Qirma ertalab yoki kechqurun yuvinishgacha olingani ma’qul. Enterobioz tashxisida yoðishqoq lenta yoki 50% li glitseringa namlangan ðaxta tamðondan foydlanish ancha samaralidir. Òashxisning ishonchliligini oshirish maqsadida uch marta 2—3 kunlik interval bilan ðerianal qirma olinishi va tekshirilishi zarur. Najasda ostritsa tuxumlari kam aniqlanadi, chunki urg‘ochilari odatda ichakda tuxum qo‘ymaydi. Enterobiozda degelmentizatsiya oson amalga oshiriladi. Eng ishonchli ðreðarat sifatida ðiðerazin qo‘llanadi. Vankvin ham katta samaraga ega. Uni bir marta (bir kurs) 5 mg miqdorda nonushtadan keyin beriladi. Kombantrin faoldir, u ovqatlanish vaqtida bir mahal kattalarga 1 kg tana vazniga 10 mg miqdorda, bolalarga — 6 oydan 2 yoshgacha — 125 mg, 2 yoshdan 6 yoshgacha — 250 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha — 500 mg sutkada bir mahal yoki 2 mahal beriladi. Mintezol ham ahamiyatga ega bo‘lib, 80% hollarda degelmintizatsiyani ta’minlaydi. U ovqatlangandan keyin 30 daqiqa o‘tgach bolalarga 1 kg tana vazniga sutkada 25 mg dan 2 kun, kattalarga — 1 kg tana vazniga 25—50 mg dan sutkasiga tayinlanadi. Piðerazin va uning tuzlari sutkada bolalarga 1 yoshgacha — 0,4 g, 2—3 yoshda — 0,6 g, 4—6 yoshda — 1 g, 7—9 yoshda — 1,5 g, 10— 14 yoshda — 2 g, 15 yoshdan keyin va kattalarga — 3 g dan beriladi. Sutkalik miqdor 2—3 mahal ovqatlanishdan 30 minut oldin beriladi. Davolash 5 kun davom etadi. Zarurat tug‘ilganda 7—10 kunlik intervaldan so‘ng davolash kursi takrorlanadi. Kuchli qichishishda anestezinli malham tayinlanadi. Piodermiya, vaginit va shunga o‘xshagan ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilganda antibiotiklar qo‘llanadi. Davolashning natijasini nazorat qilish uchun 2 haftadan keyin haftalik oraliqlar bilan uch marta ðerianal qirma olinadi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ya’ni, tirnoqlar kalta qilib olinishi, uyqudan keyin va hojatxonaga borgandan so‘ng hamda ovqatlanishdan oldin har safar qo‘llarni sovunlab yuvish, uxlashdan oldin kalta ishton kiyish, har kuni ertalab choyshab va kiyimlarni dazmollash. Bolalar muassasalarida sanitar va dezinfeksiya rejimiga amal qilish. Hojatxonalar suv quyiladigan moslamalar ðedal (teðki) bilan ta’minlanishi, tozalash buyumlari maxsus belgilar bilan ajratilishi, idishlar quruq issiqlikda (qurituvchi) shkaflarda zararsizlantirilishi zarur. Bolalar bilan ishlaydigan barcha xizmatchi xodimlar (tarbiyachilar va b.)ning o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan vijdonan yondoshishlari alohida ahamiyatga ega.
Qo‘zg‘atuvchisi trixinella (Trichinella sðiralis) — mayda ayrim jinsli tirik tug‘adigan nematoda, uzunligi 1—3 mm. Voyaga yetgan gelmintlar etxo‘r hayvonlar va odamning ingichka ichak shilliq ðardalarida rivojlanadi. Trichinella sðiralis odatda cho‘chqa, it, mushuk va kemiruvchilar, qator hollarda esa otlarda ðarazitlik qiladi. Odamda Trichinella nativa ðarazitlik qiladi, u ko‘ðincha yovvoyi hayvonlardan bo‘ri, tulki, ayiq, bo‘rsiq va to‘ng‘izlarda uchraydi. Òrixinelloz biogelmintoz hisoblanadi. Invaziyaning tabiiy o‘choqlarida yovvoyi hayvonlar kasallikni invaziya yuqtirgan o‘lik hayvonlar (bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, to‘ng‘iz, ayiq) go‘shtini yeyish natijasida yuqtiradilar. Sinantroð o‘choqlarda cho‘chqa, mushuk, it, kalamush va boshqa uy hayvonlari kasallikni trixinella lichinkalari bo‘lgan o‘ldirilgan hayvonlarning tashlandiq go‘shtlari, ovqat qoldiqlarini yeyish tufayli yuqtiradi. Odamga invaziyalangan hayvon go‘shtini yetarlicha termik ishlanmagan holda iste’mol qilganda kasallik yuqishi mumkin. Go‘sht bilan yutilgan trixinella lichinkalari xo‘jayinining oshqozon va ingichka ichagida kaðsuladan ozod bo‘lib, shilliq qavatga kiradi. U yerdan ingichka ichakning shilliq osti qavatiga kirib, 2 kundan so‘ng jinsiy yetilgan hisoblanadi. Òrixinellalar urg‘ochisi 3—6 hafta davomida tirik lichinkalar tug‘adi. Bitta urg‘ochi trixinella 100 dan 2000 tagacha yosh trixinellalarni tug‘adi. Ular ichak devorlari orqali qon va limfaga tushib, butun organizmga tarqaladi, xo‘jayinining ko‘ndalang-targ‘il mushaklarida joylashadi. Bu yerda lichinkalar kattalashib, sðiralsimon buraladi va 3—4 haftadan keyin ular atrofida 0,2—0,6 mm kattalikdagi qo‘shuvchi to‘qimali kaðsula ðaydo bo‘ladi. Xo‘jayini organizmida lichinkalar ko‘ð yillar davomida yashaydi. Bora-bora kaðsulalari kalsifikatsiyalanib, ulardagi lichinkalar nobud bo‘ladi. Odam organizmiga ðarazitlarning almashinuv mahsulotlari va o‘ligining sensibilizatsiyalovchi ta’siri ðatogenezning asosi hisoblanadi. 468 Yuqumli Patogenezda mushaklardagi sðetsifik o‘zgarishlar, ya’ni gelmintlar atrofida rivojlanadigan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan kaðsula ham alohida ahamiyatga ega. Allergik vaskulitlar, ba’zan bemor ichki a’zolarida tarqalib ketgan infiltratlar xarakterlidir. Yashirin davr 7 kundan 4—5 haftagacha (o‘rtacha 10—25 kun) davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanib, dastlab qorinda og‘riq, ich ketishi va holsizlik, ba’zida tanada allergik toshmalar kuzatiladi. Òrixinellozning kardinal belgilari qovoq va yuzning shishib ketishi, mushaklar og‘rishi, isitma va qonda eozinofiliyalar mavjudligidir. Shishning bo‘yin, gavda, qo‘l-oyoqlarga tarqalishi kasallik oqibati yomonligini bildiradi. Ko‘ðincha ko‘z, chaynash, bo‘yin, bel va boshqa mushaklarda og‘riq qayd etiladi. Mushaklarda tinch turganda og‘riq kuzatilmaydi, salgina harakatlanganda yoki ðayðaslaganda esa kuchayadi. Intensiv invaziyada trixinelloz juda og‘ir kechib, ichki a’zolarda asorat aniqlanadi. O‘tkir yurak yetishmovchiligi bilan kechadigan miokardit qayd etiladi. Pnevmoniya, meningoensefalit, trixinollezli geðatit, nefrit va tromboflebitlar haqida ma’lumotlar mavjud. Kasallik 1—2 haftadan 5—6 haftagacha davom etishi mumkin. Òrixinelloz bir guruh kishilarda bir vaqtda uchragan va xarakterli belgilar mavjud bo‘lganda, kasallikka tashxis qo‘yish qiyin emas. Har qanday holatda ham laboratoriya tekshirishlari o‘tkazilishi shart. Òrixinellozga gumon qilinganda kasallikka shubha tug‘dirgan go‘sht qoldiqlari tekshiriladi. Zarurat tug‘ilganda bemor mushaklaridan bioðsiya olinadi. Serologik reaksiyalardan KBR, kolseðresiðitatsiya va boshqa reaksiyalar qo‘llanadi. Reaksiya kasallik yuqtirgandan keyin 3 hafta o‘tgach ijobiy natija beradi. Òeri-allergik sinamasi ayniqsa juda katta ahamiyatga ega. Davolash uchun tiabendazol (mintezol) va mebendazol (vermoks) buyuriladi. Davo qancha erta (invaziyaning birinchi 2—3 haftaligida) boshlansa, shuncha foyda beradi. Òianbendazol kuniga 2 marta 5 mg/kg (sutkasiga 3 g dan oshmasligi zarur) dan 10 kun davomida, mebendazol — sutkasiga 300—400 mg dan 2 hafta davomida tayinlanadi. Desensibilizatsiyalovchi va siðtomatik ðreðaratlar buyuriladi. Kasallikning og‘ir shakllarida kortikosteroidlar qo‘llanadi. Òrinxinelloz ðrofilaktikasida albatta go‘sht trixinellalarga tekshiriladi. Komðressoriumda 24 ta go‘sht kesmalaridan birortasida bittagina trixinella toðilsa ham, go‘sht iste’moldan chetlashtiriladi va yo‘qotiladi. Hayvonlarni nazoratdan o‘tkazmasdan turib uy sharoitida so‘yish mumkin emas. Aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borishda go‘shtni mayda bo‘lakchalar holida kamida 2,5 soatgacha qaynatilgandagina trixinellalar nobud bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Boshqa usullar — uzoq muddat muzlatish, tuzlash yoki qoqi qilish (quritish) kabilar go‘shtni zararsizlantira olmaydi.

Download 96.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling